|
|
Ekoharakat
|
«Ishonch telefoni»ga ishonch ortmoqda
02.02.2012 21:58 / 9 marta o`qilgan
Aytish joizki, atrof-muhit
muhofazasi davlat, jamiyat va har bir
fuqaroning vazifasiga aylanishiga
erishish
O'zbekiston ekologik harakatining doimiy
diqqat-markazida. Xususan, jamiyatning barcha bo'g'ini bilan doimiy
aloqada bo'lish uchun Ekoharakat qoshida «Ishonch telefoni» tashkil etilgani
ana shu ezgu maqsadga erishishda juda qo'l kelmoqda. Ta`kidlash o'rinliki, 2009
yilning iyun oyida tashkil etilgan mazkur tarmoqqa shu kungacha 700 dan ortiq
murojaat kelib tushgan. Shulardan
300 dan ortig'i 2011 yil hissasiga to'g'ri keladi. Ekologik nazorat borasida
ayniqsa, Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi faol ishtirok etmoqda.
to`liq
| |
Jonli olam makoni
02.02.2012 21:46 / 10 marta o`qilgan
Joriy yilning 2 fevrali Ramsar konvensiyasi
uchun muhim sana: ayni shu kuni dunyo «Asosan suvda yashovchi qushlar uchun
qo'nim hisoblangan xalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq hududlar to'g'risida»gi
konvensiyaning 41 yilligini nishonladi.
to`liq
|
E'tirof
Bag'rikenglik ko'p millatli O'zbekiston xalqi
uchun muqaddas tushuncha. U asrlar davomida shakllanib, sayqallanib, ayni
paytda takomillashib kelmoqda.
to`liq
|
Mustaqil taraqqiyot yo'limizning yigirma yillik davri mobaynida jamiyat hayotining barcha jabhasida bir qator yutuq va muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritib, jahon hamjamiyatida
tobora mustahkamlanib borayotgan o'z o'rnimizga ega bo'ldik. Bugun mamlakatimizda qaror topgan barqaror tinchlik-osoyishtalik, xalqimiz turmush farovonligi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy sohalardagi yuksalish zamirida amaldagi
milliy qonunchilik tizimi, xususan, Konstitutsiyamiz muhim omillardan biri sanaladi.
to`liq
|
Munosabat
|
Yuksak ishonch
30.01.2012 15:26 / 11 marta o`qilgan
dadil qadam tashlashga undaydi
Har sohada taraqqiyotga erishishda
tegishli faoliyatni chuqur tahlil qilish, ertangi ishlarni oldindan
pishiq-puxta qilib rejalashtirish eng muhim omillardan biri sanaladi. Bunday
holatni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda, puxta o'ylab olib
borilayotgan siyosat mazmun-mohiyatida, uzoqni ko'zlab ishlab chiqiladigan
dasturlarda yaqqol ko'rishimiz mumkin. Prezidentimiz Islom Karimovning joriy
yilning 19 yanvarida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yilda
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2012 yilda
iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalariga
bag'ishlangan majlisidagi «2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga
ko'taradigan yil bo'ladi» mavzuidagi ma`ruzasi ana shunday mushohadaga
chorladi.
to`liq
| |
Farog'at qasri
03.01.2012 17:18 / 29 marta o`qilgan
Bola
ulg'aya borgani sari Vatan tushunchasini yanada kengroq anglay boshlaydi. Oila,
o'zi voyaga yetayotgan xonadon uning uchun eng qadrdon go'sha. U ana shu
muqaddas dargohda mehrni taniydi, oqibatni, diyonatni anglaydi. Uning qalbida
elu yurtga muhabbat tuyg'usi jo'sh uradi.
to`liq
|
Jarayon
|
Osuda hayotning munavvar manzili
02.02.2012 22:16 / 4 marta o`qilgan
Ma`lumki, oilada
mustahkam qaror topgan o'zaro mehr-oqibat, hurmat-e`tibor, bahamjihatlik va
farovonlik kabi azaliy qadriyatlar
jamiyat hayotining osoyishtaligi va rivojini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb
etadi.
to`liq
| |
Malaka va mahorat uyg'unligi
02.02.2012 22:12 / 6 marta o`qilgan
Ma`lumki, bugungi
kunda mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash borasida
samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbarining 2011 yil
30 dekabrda imzolagan «Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun
qo'shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to'g'risida»gi Qarori milliy
matbuotimiz rivojiga bo'lgan ulkan e`tibor va g'amxo'rlikning amaldagi yana bir
ifodasi bo'ldi.
to`liq
|
Tafakkur
|
«Olam ahli, bilingizkim...»
02.02.2012 22:08 / 4 marta o`qilgan
Davlatimiz
rahbari «Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch» asarida g'azal mulkining sultoni
Alisher Navoiy siymosi xususida to'xtalib, «Agar bu ulug' zotni avliyo desak, u
avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir
desak, shoirlarning sultonidir» deya ta`kidlaydi. Bu bejiz emas, albatta. Zotan, hazrat
Navoiyning bebaho va betakror merosi milliy va umuminsoniy mezonlar silsilasida
hech mubolag'asiz noyob hodisadir.
to`liq
| |
«Naf`ing agar xalqqa beshakdurur»
02.02.2012 22:04 / 4 marta o`qilgan
Yana
bir necha kundan so'ng buyuk mutafakkir, g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud kunini keng
nishonlaymiz. Aytish joizki, o'lmas asarlari orqali insonga,
hayotga cheksiz muhabbat bilan to'lib-toshgan falsafiy o'gitlarini meros
qoldirgan bu ulug' zot ijodi haqida juda ko'p so'z yuritilgan bo'lsa-da, unga
nisbatan qiziqish aslo so'ngani yo'q. Zotan,
ulug' bobomizning ijodi ummon
qadar bepoyon bo'lib,
har bayti
hikmatli bir
kitob.
to`liq
|
Muhokama uchun mavzu
|
Dildagi dardlar mulohazaga undaydi
18.12.2011 19:23 / 24 marta o`qilgan
«Jamiyat» ijtimoiy-siyosiy gazetasining 2011 yil 2 dekabr sonida «Dildagi dardlar» sarlavhasi bilan e`lon qilingan maqola bizda katta taassurot qoldirdi. Qo'shiqchilik, xususan, milliy estradamizning yutuq-kamchiliklari haqida atroflicha so'z yuritilgan ushbu maqolada muallif to'g'ri ta`kidlaganidek, bugungi kunda jamiyat va munosabatlar ichra yashayotgan barchamiz, istaymizmi yo'qmi, «qo'shiq» mikroolamining fuqarolarimiz. Bu fikrlarda jon bor, albatta. Zero, texnologiyalar tobora taraqqiy etayotgan hozirgi zamonda har bir joyda va vaqtda qo'shiq tinglash imkoniyati tobora oshib bormoqda. to`liq
| |
Dildagi dardlar
18.12.2011 18:41 / 24 marta o`qilgan
So'zdirki nishon berur o'lukka jondin, So'zdirki berur jong'a xabar jonondin. Insonni so'z ayladi judo hayvondin, Bilkim, guhari sharifroq yo'q ondin. Hazrat Alisher Navoiyning «Nazm-ul javohir» («Nazm javohirlari») asaridan olingan bu to'rtlik - ruboiy so'zning qadri haqida, o'rni va ahamiyati xususida mukammal tushuncha beradi. Ha, so'z o'likka jon, jonga esa jonondan nishon-belgi, xabar berib, insonning tirikligini ayon etadi. So'z insonni maxluqot dunyosidan ayirib, eng ulug' ne`mat - ongga, tafakkurga, mushohadaga qodir etuvchi, sezgi-instinktlar emas, balki his-tuyg'u, ehtiroslar bag'ishlovchi ne`mati, dunyodagi barcha sharif-e`zozli, mo'`tabar hodisalardan sharifroq asl gavhar deydi so'z mulkining sultoni ulug' bobomiz. Bu ta`rifdan o'tkazib, hech bir boshqa ijodkor balandroq sifatlar berolmagan bo'lsa-da, biroq so'z san`ati paydo bo'lgan zamonlardan beri barcha ulug' mutafakkirlar so'z haqida noyob fikrlar qoldirganlar. to`liq
|
Jahon ayvoni
|
Muammoning o'ziga xos yechimi
02.02.2012 22:29 / 5 marta o`qilgan
Ma`lumki, bugungi
kunda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda
fuqarolik jamiyatining muhim bo'g'inlaridan hisoblangan nodavlat notijorat tashkilotlarning
o'rni beqiyos bo'lib, ular hozirda ijtimoiy hayotning qariyb barcha sohalarida
samarali faoliyat ko'rsatmoqda. Shu bois ko'plab mamlakatlarda «uchinchi
sektor» vakillariga davlat tomonidan moddiy-moliyaviy ko'mak berish
masalalariga alohida e`tibor berilmoqda.
to`liq
| |
Savodxonlik - global masala
02.02.2012 22:22 / 5 marta o`qilgan
Hozirgi kunda
dunyoning bir qator mamlakatlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
(AKT) rivojlantirishga ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning strategik
yo'nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Bu borada, ayniqsa, ijtimoiy
hayotning barcha sohasiga yangi innovatsion loyihalarni joriy etish muhim
ahamiyat kasb etadi.
to`liq
|
|