Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

E'tirof

Bag'rikenglik ko'p millatli O'zbekiston xalqi uchun muqaddas tushuncha. U asrlar davomida shakllanib, sayqallanib, ayni paytda takomillashib kelmoqda.

to`liq

Mustaqil taraqqiyot yo'limizning yigirma yillik davri mobaynida jamiyat hayotining barcha jabhasida bir qator yutuq va muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritib, jahon hamjamiyatida  tobora mustahkamlanib borayotgan o'z o'rnimizga ega bo'ldik. Bugun mamlakatimizda qaror topgan barqaror tinchlik-osoyishtalik, xalqimiz turmush farovonligi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy sohalardagi yuksalish zamirida amaldagi  milliy qonunchilik tizimi, xususan, Konstitutsiyamiz muhim omillardan biri sanaladi.

to`liq

Yaqinda mamlakatimiz tarixidagi muhim sanalardan biri — O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 19 yilligini keng miqyosda  nishonlaymiz. Aytish joiz, inson, uning hayoti, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari, manfaatlarini eng oliy qadriyat sifatida e`tirof etuvchi Bosh qomusimiz kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo'lidagi ezgu maqsadlarimizga sobitqadamlik bilan erishishimizda muhim huquqiy asos bo'lib kelmoqda.

to`liq

Bag'rikenglik, olijanoblik, samimiylik, bunyodkorlik, mehr-oqibat xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Bu xislatlar asrlar osha elni-elga, dilni-dilga bog'lab kelmoqda. O'zbekiston Qahramoni, xalq yozuvchisi Said Ahmad shunday yozadi: «O'zbek xalqi shunday tabiatga egaki, uning mehr daryosidan bir qatra suv ichgan odam bu xalqqa bir umr mehr qo'yadi. Bizning zaminimiz shunday muqaddas zaminki, bu tuproq taftidan bahramand bo'lgan kishi bir umr o'zini qarzdor sezadi, unga sadoqatli bo'lish burchini his qiladi».

to`liq

Paloma MARUGAN,

Komplyutense universitetining siyosiy va ijtimoiy fanlar Markazi direktori (Ispaniya):

— Ma`lumki, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishda partiyalar o'rtasidagi raqobat va fraksiyalararo kurashning ahamiyati juda muhim. Bu borada, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 12 noyabrdagi parlament palatalarining qo'shma majlisidagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»ga bag'ishlangan ma`ruzasi mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, davlat hokimiyati hamda boshqaruvini izchil demokratlashtirish, hokimiyatlar bo'linishining konstitutsiyaviy prinsipini amalga oshirish, shuningdek, demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishda yangi bosqichni belgilab bergan. 

O'zbekiston tanlagan yo'l umume`tirof etilgan demokratik tamoyillarga asoslanadi. Shu bilan birga u xalqingizning tarixiy, milliy, ma`naviy qadriyatlari va tafakkuri asosida ishlab chiqilgan. Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mazkur Konsepsiya, hech shubhasiz, O'zbekistonning zamonaviy rivojlangan, demokratik davlatlar qatoridan yanada mustahkam o'rin egallashi, eng asosiysi, xalqingiz uchun munosib turmush sharoitini ta`minlashga xizmat qiladi.

Aytish joizki, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o'tishda fuqarolik jamiyati institutlarining, xususan, siyosiy partiyalarning o'rni va roli beqiyos. Bu, o'z navbatida, partiya nashrlariga ham taalluqli omil. Boisi, siyosiy partiya bilan elektorat, deputat bilan saylovchi o'rtasidagi muloqotni, hamkorlik va hamfikrlilikni, muammolarga yechim izlashdagi hamjihatlikni, mazkur nashrlar ta`minlaydi, desak xato bo'lmaydi.     to`liq

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarga moddiy va ma`naviy yordam ko'rsatish, ularni yangidan-yangi ijodiy parvozlar sari da`vat etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar o'z samarasini bermoqda. Bu esa, o'z o'rnida ko'plab umidli yoshlarimizning nafaqat yurtimiz, balki xalqaro miqyosdagi nufuzli ko'rik-tanlovlarda muvaffaqiyat qozonishida ham o'zining yorqin ifodasini topmoqda.

to`liq

Yaqinda AQShning Nyu-York shahrida mamlakatimiz mustaqilligining 20 yilligiga bag'ishlangan «O'zbekiston - bizning umumiy uyimiz» nomli suratlar ko'rgazmasi ochildi. Tadbir «O'zbekiston madaniyati va san`ati forumi» jamg'armasining AQShdagi vakolatxonasi, mamlakatimizning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulligi tomonidan tashkil etildi.

to`liq

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar samarasi o'laroq O'zbekiston bugungi kunda jahon hamjamiyatida munosib o'rin egalladi. Davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan, «o'zbek modeli» deb nom olgan va dunyoda tan olingan O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'li, uning afzalliklari ko'plab xorijiy ekspertlar va xorij ommaviy axborot vositalari tomonidan e`tirof etilmoqda.

to`liq