Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

E'tirof
AQShdagi ko'rgazma: O'zbekistonning mustaqillik davrida erishgan yutuqlari haqida so'zlaydi
12.08.2011 11:58

Yaqinda AQShning Nyu-York shahrida mamlakatimiz mustaqilligining 20 yilligiga bag'ishlangan «O'zbekiston - bizning umumiy uyimiz» nomli suratlar ko'rgazmasi ochildi. Tadbir «O'zbekiston madaniyati va san`ati forumi» jamg'armasining AQShdagi vakolatxonasi, mamlakatimizning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulligi tomonidan tashkil etildi.

Ko'rgazmada O'zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini aks ettiruvchi yorqin ranglardagi suratlar hamda mustaqillik yillarida mamlakatimizning taraqqiyot yo'liga bag'ishlangan asarlar taqdim etildi.

Fotoko'rgazma ochilishida 100 dan ziyod rasmiy doiralar mutasaddilari, Nyu-Yorkdagi jamoat tashkilotlari xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Fotoko'rgazma keng jamoatchilikda katta qiziqish uyg'otdi. Har bir suratga alohida mehr bilan yondashilganligi, ular orqali serquyosh O'zbekiston, qadimiy shaharlarimiz va tarixiy obidalarimizning bor go'zalligi, o'ziga xosligi va rang-barangligini, o'zbek xalqining ko'ngli ochiqlik, mehmondo'stlik kabi fazilatlarini ifoda etgan.

Ko'rgazma ishtirokchilarining fikr-mulohazalari:

Jon Lu,

Nyu-York shahar meri o'rinbosari:

- O'zbekiston mustaqilligiga bag'ishlangan ushbu ko'rgazmaning ochilishida ishtirok etishdan bag'oyatda xursandman. Suratlarni tomosha qilar ekanman, O'zbekiston qadimiy boy tarixga, madaniyatga egaligi, turli urf-odat va an`analarini uzoq asrlar mobaynida saqlab qolishga erishganiga amin bo'ldim. 20 yillik mustaqillik davrida mamlakatda katta o'zgarishlar yuz berib, iqtisodiy yuksalishga yuz tutganligi e`tirofga loyiq.

 

Tobi Staviski,

Nyu-York shtati Assambleyasi senatori:

- Turli din va millat vakillari o'rtasida o'zaro hurmat va do'stlik ruhi hukmron bu tadbirda ishtirok etish menga zavq baxsh etmoqda. Garchi men O'zbekistonda bo'lmagan esam-da, bu ajoyib suratlarga qarab, yurtingizning naqadar go'zal tabiatga egaligini his qilayapman. Yaqin kelajakda O'zbekistonga tashrif buyurishni dilimga tugib qo'ydim.

Zarrina RAHMATULLAYEVA

 

20 marta o`qilgan