![]() |
![]() |
![]() |
E'tirof
Islohotlar xorijlik ekspertlar nigohida
14.10.2011 09:27
Paloma MARUGAN, Komplyutense universitetining siyosiy va ijtimoiy fanlar Markazi direktori (Ispaniya): — Ma`lumki, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishda partiyalar o'rtasidagi raqobat va fraksiyalararo kurashning ahamiyati juda muhim. Bu borada, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 12 noyabrdagi parlament palatalarining qo'shma majlisidagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»ga bag'ishlangan ma`ruzasi mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, davlat hokimiyati hamda boshqaruvini izchil demokratlashtirish, hokimiyatlar bo'linishining konstitutsiyaviy prinsipini amalga oshirish, shuningdek, demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishda yangi bosqichni belgilab bergan. O'zbekiston tanlagan yo'l umume`tirof etilgan demokratik tamoyillarga asoslanadi. Shu bilan birga u xalqingizning tarixiy, milliy, ma`naviy qadriyatlari va tafakkuri asosida ishlab chiqilgan. Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mazkur Konsepsiya, hech shubhasiz, O'zbekistonning zamonaviy rivojlangan, demokratik davlatlar qatoridan yanada mustahkam o'rin egallashi, eng asosiysi, xalqingiz uchun munosib turmush sharoitini ta`minlashga xizmat qiladi. Aytish joizki, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o'tishda fuqarolik jamiyati institutlarining, xususan, siyosiy partiyalarning o'rni va roli beqiyos. Bu, o'z navbatida, partiya nashrlariga ham taalluqli omil. Boisi, siyosiy partiya bilan elektorat, deputat bilan saylovchi o'rtasidagi muloqotni, hamkorlik va hamfikrlilikni, muammolarga yechim izlashdagi hamjihatlikni, mazkur nashrlar ta`minlaydi, desak xato bo'lmaydi.Martin LIZARRAGA, Navarra universiteti professori (Ispaniya): — O'zbekistonda amalga oshirilayotgan jamiyat hayotini tubdan isloh qilish, iqtisodiy rivojlanish, jamiyatni demokratlashtirish, bosqichma-bosqich modernizatsiyalash modeli o'zini to'la oqlamoqda. Ayni paytda mamlakatda faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlari jadal davom etayotganiga guvoh bo'ldik. Bu jarayonda jamiyatning barqaror rivojlanishi, ijtimoiy-siyosiy hayotni, davlat va jamiyat qurilishini yanada isloh etish, xususan, parlamentarizm va ko'ppartiyaviylikning siyosiy hayotda to'liq joriy etilishi nihoyat muhim rol o'ynamoqda. Zero, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishda ko'ppartiyaviylik tizimining rivojlanishi, siyosiy partiyalar faolligining muntazam oshishi, ular o'rtasida sog'lom raqobatning kuchayishida muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston ekologik harakatining tashkil etilishi va uning O'zbekiston parlamenti quyi palatasida kvotalangan 15 ta deputatlik o'rniga ega bo'lishi jahon parlamentarizmi tarixida o'ziga xos yangilikdir. Ayni paytda Ekoharakat deputatlari va faollari atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarini o'rtaga qo'yish va nazorat qilish, insonni va mamlakat aholisini ekologik xavflardan himoya qilish uchun ko'plab ishlarni amalga oshirmoqda. Bu boradagi ishlar kelgusida yanada yuksak natijalar berishiga ishonaman.
28 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Ðàçðàáîòêà è õîñòèíã UZINFOCOM. Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER |
|