Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

E'tirof
Taraqqiyotning mustahkam poydevori
24.11.2011 23:21

Mustaqil taraqqiyot yo'limizning yigirma yillik davri mobaynida jamiyat hayotining barcha jabhasida bir qator yutuq va muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritib, jahon hamjamiyatida  tobora mustahkamlanib borayotgan o'z o'rnimizga ega bo'ldik. Bugun mamlakatimizda qaror topgan barqaror tinchlik-osoyishtalik, xalqimiz turmush farovonligi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy sohalardagi yuksalish zamirida amaldagi  milliy qonunchilik tizimi, xususan, Konstitutsiyamiz muhim omillardan biri sanaladi.

Aytish joiz, davlatimiz va jamiyatimizning nafaqat bugungi qiyofasi, balki buyuk kelajagini belgilab, ezgu maqsadlarimizga muhim huquqiy asos bo'lib xizmat qilayotgan Bosh Qomusimiz o'tgan davr  mobaynida har tomonlama sinovdan o'tdi. Taraqqiyotning «o'zbek modeli» asosida  milliy o'zligimizni  anglash, qadriyat va an`analarimizni qayta tiklash, ularni munosib tarzda davom ettirish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari himoyasini mustahkamlash, shuningdek, iqtisodiyotni bozor munosabatlariga asoslangan holda barqaror shakllantirishda o'z maqomini oqladi. Bugun Konstitutsiyamizda belgilangan me`yorlar asosida yurtimizda tinch, erkin va obod hayot barpo etish, xalqimiz farovonligini yanada  yuksaltirish, ezgu maqsad-muddaolarimizga erishish yo'lida azmu shijoat, kuch-g'ayrat va fidoyilik bilan dadil odimlab bormoqdamiz.  Shu ma`noda, ayni paytda jamiyatimizda, har qaysi oila va fuqarolarimiz hayotida sodir bo'layotgan ijobiy o'zgarishlarni bevosita milliy qonunchiligimizga mustahkam asos bo'layotgan Konstitutsiyamizdagi inson manfaatlari himoyasini ko'zda tutuvchi  huquq va erkinliklar bilan bog'lash o'rinlidir.

Aytish joizki, bugun mamlakatimizda ta`lim-tarbiya sifatini yuksaltirish orqali milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida  tafakkuri boy, salohiyati yuksak yoshlarni voyaga yetkazish va bu yo'lda, eng avvalo, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasiga katta e`tibor, g'amxo'rlik ko'rsatilayotir. Bu boradagi ezgu maqsad-muddaolarimizga erishishda oilaning ahamiyati beqiyosdir. Boisi oila azaliy urf-odat va qadriyatlarimizni munosib davom ettiruvchi, insoniy fazilatlarni o'rgatuvchi eng muhim tarbiya o'chog'i sanaladi. Oiladagi sog'lom muhit, tinch va osoyishta hayot bevosita jamiyat  farovonligini ta`minlaydi. Shu ma`noda, Bosh Qomusimizda oilani mustahkamlash, uning jamiyat hayotidagi o'rni va mavqeini yanada yuksaltirish masalasiga alohida e`tibor qaratilgan. Xususan, Konstitutsiyamizning XIV bobi oila va uning jamiyat hayotidagi ahamiyatiga bag'ishlangan. 63-moddada «Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega», ekanligi qayd etilib,  oilaning ijtimoiy maqomi, uning buguni ham ertasi ham davlat va jamiyatning doimiy diqqat – e`tiboridaligi ifodalangan. Shuningdek, Bosh Qomusimizdagi tegishli moddalarda belgilangan ota-onalar farzandlarining voyaga yetguniga qadar boqishi va tarbiyalashi, o'z navbatida, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o'z ota-onasi haqida g'amxo'rlik qilishi majburiyat sifatida belgilab qo'yilgan bo'lib, bu boshqa davlatlar qonunchiligida uchramasligi bilan ham e`tiborlidir.

Bu kabi me`yorlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, Bosh Qomusimiz huquqiy davlat, erkin jamiyat va farovon hayot barpo etish, inson haq-huquqlarini ta`minlashning asosiy manbaidir. Inson manfaatlarini yuksak qadrlagan, adolat va tenglik hukm surgan davlat esa taraqqiyot va yangilanishlar sari yuz tutib boraveradi.

Arofat NURIDDINOVA     

Qibray tumani Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo'limi xodimi

 

 

40 marta o`qilgan