Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

Hayot va qonun
Odam savdosiga qarshi kurash: butun insoniyatni jiddiy o'ylantirayotgan masaladir
24.12.2011 13:59 / 23 marta o`qilgan

Bugungi kunda odam savdosi eng katta va jiddiy muammolardan biri bo'lib qolmoqda. Bu illat, eng avvalo, inson huquqlari hamda erkinligini poymol qilish deganidir. Zero, mazkur jinoyat insonni eng asosiy huquqlaridan mosuvo qilish bilan barobardir. 

to`liq
Bolalar fazlu kamolini ifoda etadi
24.12.2011 13:58 / 16 marta o`qilgan

Inson va uning manfaatlari ustuvor sanalgan mamlakatimizda fuqarolar huquq va manfaatlarini ta`minlashga jiddiy e`tibor qaratilmoqda. Bu borada, avvalo 1992 yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining alohida o'rni bor. Bosh Qonunimiz asosida qabul qilingan inson huquq va manfaatlarini muhofaza qilishga qaratilgan qonunlar ichida kelajagimizga bevosita daxldor bo'lgan huquqiy hujjat bor, bu - 2008 yil 8 yanvarda qabul qilingan «Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni. Darvoqe, O'zbekiston mustaqillikka erishgach qo'shilgan dastlabki xalqaro hujjatlardan biri ham 1992 yil 9 dekabrda parlamentimiz tomonidan ratifikatsiya qilingan Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya bo'lgan edi.

to`liq
Kelajakka mustahkam poydevor
18.12.2011 19:44 / 26 marta o`qilgan

Bugun inson sha`ni va qadr-qimmati ulug'vorligi tobora mustahkam qaror topib borayotgan yurtimizda xalqimiz turmush farovonligi muttassil yuksalib, ulkan maqsad-muddaolar sari dadil odimlab bormoqdamiz. Bularning bari mamlakatimizda eng avvalo, inson huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan izchil islohotlarning samarasi demakdir. Kirib kelayotgan yangi - 2012 yilning davlatimiz rahbari tomonidan «Mustahkam oila yili» deb e`lon qilinishi ham bu boradagi ezgu maqsadlarimizning mantiqiy davomi bo'ldi.

to`liq
Soliq bilimdonlari safi kengaymoqda
18.12.2011 19:43 / 18 marta o`qilgan

Ma`lumki, bugungi kunda mamlakatimizda o'sib kelayotgan yosh avlodning yetarlicha ta`lim-tarbiya olishiga davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida alohida e`tibor qaratilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Zero, zamonaviy ta`lim makanlarida ta`lim-tarbiya olayotgan bugungi yoshlar mustaqil yurtimiz kelajagining ishonchli vorislaridir.

to`liq
Salomatlik yo'lida sifat va samara
18.12.2011 19:22 / 11 marta o`qilgan

Mamlakatimizda inson manfaatlari, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat sanaladi. Zero, jamiyatda inson manfaatlari ustuvorligi ta`minlanishi ijtimoiy hayotning barcha jabhasida taraqqiyot va yuksalish sari keng yo'l ochadi.

to`liq
Millat taqdiriga daxldor masala
18.12.2011 19:20 / 24 marta o`qilgan

Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mamlakatimizda oilaning jamiyatda tutgan o'rnini yanada oshirish, uni huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma`naviy-axloqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish, sog'lom oila vujudga kelishi uchun  barcha tashkiliy-huquqiy sharoitlarni yaratish, oila ma`naviyatini yuksaltirish borasida tizimli islohotlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan kirib kelayotgan yangi - 2012 yilga yurtimizda «Mustahkam oila yili» deb nom berilishi bu boradagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko'tarishi, shubhasiz. Aytish joizki, bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan yurtimizda oila qurayotgan yoshlarga mazkur islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, oila qonunchiligi asoslari, sog'lom turmush tarzi, farzandlar tarbiyasiga oid bilimlarni oshirish borasida targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

to`liq
Inson manfaatlarining ishonchli himoyasi
18.12.2011 19:08 / 18 marta o`qilgan

Mamlakatning taraqqiyot yo'li, xalq taqdiri va kelajagi uning milliy davlatchilik  barpo etish jarayonida yaratilgan huquqiy tizimning mustahkamligiga ko'p jihatdan bog'liqdir. Aytish joiz, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish har bir demokratik davlatning ustuvor vazifasi sanaladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ana shunday insonparvar huquqiy davlat barpo etish maqsadi belgilangan bo'lib, undagi me`yorlar orqali inson huquqlari, shuningdek, demokratiya va ijtimoiy adolat g'oyalariga sodiqlik, xalqaro huquqning umume`tirof etilgan qoidalari ustuvorligi ifodalangan.

to`liq
Sha`n va qadr-qimmat - oliy qadriyat
18.12.2011 19:07 / 13 marta o`qilgan

Mamlakatimiz istiqlolning dastlabki yillaridanoq inson huquqlari hamda erkinliklarini har tomonlama himoya qilish, bu huquqlarning ro'yobga chiqarilishini ta`minlashga qaratilgan kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish yo'lidan dadil odimlab bormoqda. Aytish joiz, yurtimizda inson huquqlari ustuvorligini ta`minlashda, davlat bilan fuqarolarning o'zaro siyosiy-huquqiy munosabatlarini tartibga solishda Konstitutsiyamiz muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.

to`liq
Xalqimiz zakosi va tafakkuri timsoli
18.12.2011 18:35 / 27 marta o`qilgan

Istiqlol tufayli ajdodlarimizning asriy orzu-niyatlari ro'yobga chiqdi. Mamlakatimiz o'zining yangi taraqqiyot bosqichida xalqimizning urf-odatlari, siyosiy va huquqiy boy merosiga, xorijiy mamlakatlarning ilg'or huquqiy tajribasiga va umume`tirof etilgan xalqaro huquq me`yorlariga asoslangan milliy huquq tizimiga ega bo'ldi.

to`liq
Sog'lom oila - jamiyat tayanchi
22.09.2011 22:25 / 116 marta o`qilgan

Xalqimizda «Oila muqaddas qo'rg'on» degan naql bor. Aytish joiz, ana shu qo'rg'onning mustahkam bo'lishida inson uchun bebaho boylik sanalgan salomatlikning ham o'rni katta. Zero, sog'lom va hamjihat bo'lgan oilada jismonan baquvvat, ma`naviy jihatdan yetuk va komil insonlar shakllanadi.

to`liq

Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8