![]() |
![]() |
![]() |
Ijtimoiy hayot
Aholiga qulaylik yaratildi
14.10.2011 09:54
Mamlakatimiz
mustaqilligining 20 yilligi arafasida Samarqand viloyat hokimligining
tashabbusi bilan Samarqand shahrining Cho'ponota mavzesida avtomobil ehtiyot
qismlari bilan savdo qilishga ixtisoslashtirilgan 690 o'rinlik yangi zamonaviy
savdo markazi qurib foydalanishga topshirilgan edi. Toshkent – Buxoro katta
yo'lining bo'yida joylashgan mazkur zamonaviy savdo markazida sotuvchi va
xaridorlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Aytish joizki, Samarqand shahrining Amir Temur ko'chasida faoliyat ko'rsatib kelgan oldingi avtomobil ehtiyot qismlar bozori joylashuviga ko'ra shahar me`morchiligiga ham mos kelmas, ayni paytda ko'chaning ushbu qismida transport qatnovida ham noqulaylik paydo bo'lgan edi. — Salkam 6 gektar maydonda joylashgan mazkur savdo markazi «Toshboshplan LITI» loyihalashtirish instituti xodimlari tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlangan loyiha asosida bunyod etildi, — deydi savdo markazi rahbari Ma`ruf Yusupov. — Qurilish jarayonida mavjud 43 ta binoda joylashgan do'konlar atrofida katta hajmdagi obodonlashtirish ishlari olib borildi. Markazda savdo do'konlarining keng va yorug'ligi, zamon talablari darajasidagi shart-sharoitlar, do'konlar oralig'idagi yo'laklarning kengligi, har bir savdo shoxobchalarida savdo terminallarining o'rnatilganligi barchaga manzur bo'lmoqda. Savdo markazi shahar chetida joylashganligi inobatga olinib viloyat hokimligi tomonidan turli yo'nalishlar bo'yicha avtobuslar qatnovi yo'lga qo'yildi. Shuhrat QARShIYEV, «Jamiyat» muxbiri
40 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Ðàçðàáîòêà è õîñòèíã UZINFOCOM. Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER |
|