![]() |
![]() |
![]() |
Ijtimoiy hayot
Ma`naviy hayot manzaralari
09.01.2012 10:12
Yaqinda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining «Akademiya» nashriyotida «Globallashuv va ma`naviy-axloqiy tarbiya», «Globallashuv va yoshlar tarbiyasi», Globallashuv sharoitida ma`naviy tarbiya muammolari» nomli o'quv-uslubiy qo'llanma va risolalari chop etildi. Ushbu asarlarning hammualliflaridan biri, «Akademiya» nashriyoti muharriri Shukur Jabborov bilan mazkur nashrlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati xususida atroflicha suhbatlashdik. - Bugun biz tez sur`atlar bilan o'zgarib borayotgan g'oyat murakkab va shiddatli zamonda yashayapmiz, - deydi suhbatdoshimiz. - Globallashuv deb e`tirof etilayotgan bu jarayon hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayapti. Aytish joiz, buni o'ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Davlatimiz rahbari o'zining «Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch» asarida bu borada so'z yuritar ekan, jumladan, shunday deydi: «....Mana shunday vaziyatda odam o'z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o'tayotgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog'lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo'lmasa, har turli ma`naviy tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko'rinishdagi ta`siriga bardosh berishi amrimahol». Darhaqiqat, bugungi kunda inson ma`naviyatiga qarshi yo'naltirilgan, bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina voqelik ham pirovardida jiddiy ma`naviy halokatni keltirib chiqarishi mumkin. Shu bois bugungi globallashuv jarayonida, ayniqsa, yoshlar ongi va ma`naviyatini turli illatlar, yot g'oya va qarashlar ta`siridan asrash tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. «Akademiya» nashriyoti bosh muharriri Bahodir Umarov bilan birgalikda yaratgan «Globallashuv va ma`naviy-axloqiy tarbiya», «Globallashuv va yoshlar tarbiyasi», «Globallashuv sharoitida ma`naviy tarbiya muammolari» kabi asarlarda ana shu jihatlarga alohida e`tibor qaratdik. Ularda, xususan, globallashuv jarayonining yoshlar tarbiyasiga ta`siri, «ommaviy madaniyat» va uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish usullari, shuningdek, madaniy transformatsiya yoxud inson ongini egallash uslublari, iqtisodiy tahdid: biznes tarmoq va to'rsimon bozor xavfi, musiqa va tarbiya, odam savdosi kabi bugungi kundagi dolzarb muammolar atroflicha yoritilgan. Bu esa, o'z navbatida, yoshlarimizning globallashuv jarayonining o'ziga xos ijobiy va salbiy jihatlarini to'g'ri anglashida, ularni turli ma`naviy tahdidlar ta`siridan asrashga munosib xizmat qiladi, deb o'ylayman. Aytish joiz, ayni paytda ana shunday dolzarb muammolardan yana biri - bu globallashuv jarayonida til sofligiga tahdid masalasidir. Shukur Jabborov o'zining «Germenevtika - tushuntirish ilmi» nomli asarida bu masalaga ham alohida e`tibor qaratgan bo'lib, ushbu asarda bugungi kunda til bilan bog'liq muammolar, ularni bartaraf etish yo'llari borasidagi aniq ilmiy xulosalar bilan birga muallifning shaxsiy fikr va mulohazalari o'rin olgan. - Ma`lumot o'rnida aytish joizki, XIX asrda nemis olimlari tomonidan ilgari surilgan «Germenevtika» ta`limoti «tushunish», «tushuntirish», «izohlash», «sharhlash» kabi ma`nolarni anglatadi, - deydi suhbatdoshimiz. - Ushbu asar orqali til, uning boyishi bilan bog'liq jarayonlar xususida atroflicha so'z yuritilgan. Aytish joiz, bugungi globallashuv jarayonida ona tiliga nisbatan e`tiborli bo'lish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Afsuski, bu borada ayni paytda biz bartaraf etishimiz lozim bo'lgan ayrim kamchiliklar bor. Masalan, bugun har qadamda do'kon yoki reklama bannerlarida xorijiy tildagi yozuvlarni uchratamiz. Ayniqsa, oxirgi paytlarda «shoop», «fast food», «M? otkr?lis!» kabi so'zlarga ko'p duch kelayapmiz. Aslini olganda bunday atama yoxud jumlalarni o'zbek tilidagi so'zlar bilan ifodalash har tomonlama to'g'ri va o'rinli bo'lardi. Bu eng avvalo, davlat tilga hurmat bo'lsa, boshqa tomondan bu so'zlarni barcha uchun sodda va tushunarli bo'lishini ta`minlaydi. Bir qarashda ko'zimiz o'rganib qolgan, endilikda oddiy bo'lib tuyulgan bunday holatlar aslida e`tiborsizlik va loqaydlik mahsulidir. Bu ayniqsa, o'sib kelayotgan yosh avlod ma`naviyati va ongiga salbiy ta`sir ko'rsatmasdan qolmaydi. Bugun ana shunday e`tiborsizlikka yo'l qo'ymaslik borasida olib borilayotgan chora-tadbirlarimiz ko'lamini yanada kengaytirishimiz, umuman, har birimiz yon-atrofimizda bo'layotgan ana shunday voqeliklarga befarq bo'lmasligimiz lozim. Shukur Jabborov nafaqat ilm-fan, balki badiiy ijodning mashaqqatli hamda sharafli yo'liga bilim, mahorat va iste`dodini baxshida etgan insonlardan biridir. U o'zining bir qator hikoya va she`rlari bilan adabiy jarayon rivojiga munosib hissasini qo'shib kelayapti. Uning ijodiy izlanishlari natijasida barchamizning sevimli qahramonimiz «Shum bola» yana yangi sarguzashtlarni boshdan kechirmoqda. - Akademik shoir, ustoz yozuvchi Fafur Fulomning «Shum bola» asari har bir o'zbek kitobxoni qalbidan chuqur o'rin olgan desak, yanglishmaymiz, - deydi Shukur Jabborov. - O'z davrining ijtimoiy muammolarini satira va yumor orqali mohirona ochib bergan bu asar hozir ham sevib o'qiladi. Shaxsan men mazkur asarni har safar mutolaa qilganimda ilk bor o'qiyotganday yangicha taassurot og'ushida qolaman. Ana shu taassurotlarimdan kelib chiqqan holda taniqli yozuvchimiz yaratgan ijodiy mahorat maktab saboqlaridan unumli foydalanib «Shum bola»ning yangi sarguzashtlarini yaratishga harakat qilyapman. Albatta bu nechog'li mas`ulyatli ish ekanini yaxshi anglayman. Shu bois taniqli adib mazkur asarning davomini yozish haqida mulohaza qilganligi, uning taxminan qanday tarzda bo'lishi lozimligi xususidagi fikr-mulohazalar zamondosh ijodkorlar bitiklarida aks etgan. Men ana shu ko'rsatmalarni ham sinchkovlik bilan o'rganib chiqdim. Asarning qay darajada muvaffaqiyatli davom ettirilayotganiga esa adabiyot ixlosmandlari o'z bahosini beradi, deb o'ylayman.
75 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Ðàçðàáîòêà è õîñòèíã UZINFOCOM. Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER |
|