![]() |
![]() |
![]() |
Ijtimoiy hayot
«Oltin gepard» ilk bor Toshkentda
14.10.2011 09:52
Joriy yilning 19-25 oktyabr kunlari yurtimizda ilk marotaba «Oltin gepard» Toshkent xalqaro forumi o'tkaziladi. Shu munosabat bilan yaqinda poytaxtimizda san`atshunos olimlar, taniqli rejissyorlar, prodyusserlar, aktyorlar, shuningdek, mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Anjumanda ta`kidlanganidek, «O'zbekiston madaniyati va san`ati forumi» jamg'armasi hamda «O'zbekkino» milliy agentligi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro kinoforumi milliy kino san`atimiz an`analarini munosib davom ettirish, yurtimiz hamda xorij kino ijodkorlari o'rtasida o'zaro tajriba almashish va mustahkam hamkorlik aloqalarini o'rnatish, shuningdek, o'zbek tomoshabinlarini zamonaviy kinematografiya olamidagi bugungi jarayonlar, jahon kinosining eng sara asarlari bilan yaqindan tanishtirish, qolaversa, milliy kinematografiyaning taraqqiyot bosqichlarini keng namoyish etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. — «Inson taqdiri — tuyg'ular falsafasi» shiori ostida tashkil etilayotgan mazkur loyihada Yaponiya, Litva, Rossiya kabi mamlakatlarning mohir kinorejissyorlari, prodyusserlari, akyotrlari, ssenariynavislari, kino tanqidchilari ishtirok etadi, — deydi O'zbekiston Fanlar akademiyasi San`atshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Nigora Karimova. — Xalqaro kinoforum dasturi to'liq metrajli badiiy filmlar, qisqa metrajli va animatsion filmlar kabi yo'nalishlar bo'yicha tanlovlarni o'z ichiga oladi. Aytish joiz, dunyoning 50 ga yaqin mamlakatlari kino ijodkorlarining tanlovda qatnishish istagini bildirgani mazkur tadbir kino san`atidagi muhim loyihalardan biri ekanining o'ziga xos ifodasidir. «XXI asr tamaddunlari: madaniyat muloqoti» mavzuidagi ushbu halqaro kinoforumga Germaniya, Ruminiya, Fransiya, Islandiya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Argentina, Tayvan, Polsha, Rossiya kabi bir qator mamlakatlar kinoijodkorlarining asarlari namoyish etiladi. Tadbirda qayd etilishicha, forum doirasida, shuningdek, zamonaviy fransuz, nemis animatsiyasi, «Muhrlangan vaqt», «Zamonaviy o'zbek kinosi panoramasi», «Tomoshabin bilan bab-barobar», «Non-stop» kabi dasturlar, tanlov faxriy mehmonlari bilan ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Tanlov doirasidagi bu kabi tadbirlar poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyi, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi, Toshkent Davlat san`at instituti hamda «Premier-Hall» kinoteatrida bo'lib o'tadi. Feruza KARIMOVA 33 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Ðàçðàáîòêà è õîñòèíã UZINFOCOM. Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER |
|