Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

Iqtisod
Ishonchli xizmat - yuksak muvaffaqiyat
18.12.2011 18:54

Iqtisodchi olimlarning qayd etishicha, moliya-bank tizimiga kiruvchi muassasalarning keng iqtisodiy imkoniyatlarga egaligi ularning moliyaviy barqarorlik va iqtisodiyotning kelgusidagi rivojlanishini ta`minlashdagi ahamiyatini belgilab beruvchi muhim omil hisoblanadi.

Davlatimiz rahbari o'tgan yil 12 noyabrda parlamentimiz palatalarining qo'shma majlisidagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»ga bag'ishlangan ma`ruzasida alohida ta`kidlaganidek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida mamlakatimiz moliya-bank tizimi o'zining barqaror va ishonchli ekanini isbotladi. Shu bilan birga, bu tizimning yanada mustahkamlanishi xususiy banklar va xususiy mulkka asoslangan lizing, sug'urta kompaniyalari, kredit uyushmalari, mikromoliyaviy tashkilotlar kabi moliyaviy institutlarni tashkil etishning qonunchilik asoslarini shakllantirish hisobidan bank-moliya sohasiga xususiy kapitalni jalb qilish bilan ham bog'liq.

Mustaqillik yillarida yurtimizda moliya-bank tizimining bar­qaror va ishonchli faoliyat yuritishi uchun yaratib berilgan sharoitlar bu borada izchil yuqori o'sish sur`atlarini ta`minlamoqda. Amalga oshirilayotgan yangilanish va o'zgarishlar, umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo'lidagi islohotlar dunyo jamoatchiligi, shuningdek, Xalqaro valyuta jamg'armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki singari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e`tirof etilmoqda.

Aytish o'rinliki, moliya-bank tizimida bank muassasalari muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda bank­lar O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining rivojlanishida faol ishtirok etmoqdalar. Jumladan, 2010 yilda tijorat banklarining jami kapitali 36 foizga ortdi va banklarimiz erishgan 23 foiz miqdoridagi kapitalning yetarlilik darajasi dunyoda qabul qilingan xalqaro standartlardan 3 barobardan ko'pdir. Bugungi kunda mamlakatimizning ko'plab banklari «Fitch Reytings», «Mudis» va «Standart end Purs» kabi yetakchi xalqaro reyting agentliklarining «barqaror» degan reyting darajasiga egadir.

E`tiborli jihati shundaki, bugungi kunda banklarda mijoz manfaatiga alohida e`tibor qaratilib, mamlakatimizda jahon hamjamiyati tomonidan «o'zbek modeli» deb e`tirof etilgan taraqqiyot tamoyillari asosida aniq maqsadga yo'naltirilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Bu esa erishilayotgan muvaffaqiyatlarda muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda.

Kezi kelganda aytish lozimki, sanab o'tilgan yutuqlar bilan birga bugungi kunda moliya-bank sohasida qator dolzarb masalalar ham vujudga kelmoqda. Xususan, bugungi kunda moliya-bank tizimi sohasini tartibga solib turuvchi xususiy banklar va moliyaviy ins­titutlarning huquqiy asoslarini mustahkamlash, xususiy mulkka asoslangan raqobatni kengaytirish va bank hamda boshqa moliyaviy xizmatlar bozorini mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini yanada oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasining yanada rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish bilan bog'liq vazifalarni hal qilish muhim masalalardan biridir. Bu boradagi ishlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganini nazarda tutadigan bo'lsak, kelgusida bu vazifalar ham o'z yechimini topadi.

Saodat ZOKIROVA,

Toshkent bank kolleji o'qituvchisi

 

51 marta o`qilgan