![]() |
![]() |
![]() |
Iqtisod
Tadbirkor izlanuvchan bo'lsa...
24.12.2011 12:59
imkoniyat topadi, oqilona ish yuritadi, fidokorona mehnat qiladi va albatta muvaffaqiyatga erishadi. Buni «Mannon ota» mas`uliyati cheklangan jamiyat misolida ko'rish mumkin. Yakuniga yetayotgan 2011 yil - «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» sifatida tarixda qolmoqda. Joriy yilda salmoqdor ishlar amalga oshirildi. Bu boradagi Davlat dasturi izchil hayotga tadbiq etildi. Uning samarasi o'laroq, joylarda aholi farovonligiga daxldor bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Jizzax viloyati Baxmal tumanida ham tadbirkorlik keng qo'llab-quvvatlanishi bilan xususiy sektor vakillariga katta imkoniyatlar yaratildi. Buning natijasida tadbirkor Yo'ldosh Faybullayev tomonidan tashkil etilgan «Mannon ota» ma`suliyati cheklangan jamiyati ham tuman iqtisodiyoti rivojiga munosib hissa qo'shdi. Tafakkuri o'zgargan odamlarAholi turmush darajasini oshirishda yangi tashkil etilayotgan bunday tadbirkorlik sub`ektlarining o'rni alohida. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida aholini ish bilan ta`minlash muhim masala hisoblanadi. Binobarin, «Mannon ota» ma`suliyati cheklangan jamiyati tashkil etilishi bilan yuzga yaqin yangi ish o'rinlar yaratildi. Jamiyat qisqa vaqt ichida to'la oyoqqa turdi. Ayni paytda jamiyat uch yo'nalish bo'yicha: intensiv bog'dorchilik, avtomobillarga metan gaz quyish, aholiga savdo xizmati ko'rsatish borasida faoliyat yuritmoqda. - Shukurki, bugun istiqlol sharofati bilan xususiy mulkka nisbatan qarashlar o'zgardi. Shunga monand odamlarda tafakkur o'zgardi. Iftixor bilan aytish mumkinki, mamlakatimizda mulkdorlarga, ularning sa`y-harakatiga katta e`tibor qaratilayapti, - deydi Yo'ldosh Faybullayev. - Bu o'z-o'zidan ma`lumki, olib berilayotgan siyosatning asl maqsadi el-yurtimizda rivojlangan davlatlardagidek to'kinlikni, farovonlikni ta`min etishdan iboratligiga dalolatdir. Olma pish, og’zimga tush emas... «Mannon ota» mas`uliyati cheklangan jamiyati jamoasi dastlab Baxmal tumanining qir-adirlaridan 10 gektar lalmi yerni tanlashdi. U yerda intensiv olma mevasini yetishtirish uchun Respublika «Xalq banki»ning tuman filialidan 200 million so'm miqdorida kredit olishdi. So'ng xorijdan 20 ming tup olma ko'chati olib kelib ekildi. Ko'chatlarni tomchilatib sug'orish yo'lga qo'yildi. Mutaxassislarning aytishicha, ushbu olma navi ikkinchi yildayoq hosil berib, olti yil davomida bu jarayon uzluksiz davom etadi. Har tup daraxtdan 40 kilogrammgacha olma hosili olinadi. Endi o'zingiz o'ylang, daraxtlar to'la hosilga kirganda ushbu yerdan kamida 550-600 tonna olma mevasi yetishtirib olinadi. Muhimi, bu sa`y-harakatlar xorijdan keltirilayotgan meva-chevalar o'rnini to'ldiradi, bozorlarimizning yanada arzon va sifatli mahsulotlar bilan to'lishiga hissa bo'ladi. Muhim masalaAvtomobillarni metan gazga moslashtirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri. Shu bois bunday arzon va ekologik toza yoqilg'i shoxobchasini ishga tushirish tadbirkor Yo'ldosh Faybullayevning ezgu maqsadiga aylandi. Tuman markaziga yaqin joydan yer tanlandi. Qurilish ishlari boshlandi. Smeta loyihasiga ko'ra 1,2 milliard so'mlik ish bajarilishi kutilmoqda. Erta-indin bu gaz quyish shoxobchasi ishga tushadi. Shuningdek, Baxmal tumani markazida 600 million so'm evaziga Germaniyadan 1000 tonna sig'imga ega sarxil mevalar saqlanadigan sovutgich barpo etilmoqda. Mazkur majmuaning afzal jihati, u faqatgina elektr tokidan quvvat olmasdan, ayni paytda metan gaz uskunasiga moslashtirilgan akkumlyator yordamida ham ishlaydi. Rejalar yanada ulug’vorAyni kunlarda mazkur jamoa yana bir xayrli ishning tashabbuskori va ijrochisiga aylandi. Baxmal tumanidagi 16 ta qishloq fuqarolar yig'inining har birida savdo do'konlari tarmog'ini ochishga erishildi. Hozirda har bir do'konda ishlar namunali tashkil etilib, aholiga sifatli savdo-sotiq xizmatlari ko'rsatilmoqda. - Hisob-kitob ishlari markazlashtirilgan holda olib borilayapti, - deydi jamiyat bosh hisobchisi Yaxshiboy Ergashev. - Bunda, avvalo, boshqaruv osonlashadi. Ishlab chiqarish tarmoqlari kompyuterlashtirilgach, barcha ma`lumotlar yagona bazaga jamlanadi. Axir, mukammal hisob-kitob orqali ko'p narsaga erishish mumkin. Ma`murjon QIYOMOV, Orifjon JUMANOV, «Jamiyat» muxbirlari
41 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Ðàçðàáîòêà è õîñòèíã UZINFOCOM. Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER |
|