![]() |
![]() |
![]() |
Iqtisod
Tadbirkorlarning ishonchli hamkori
21.10.2011 03:13
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda jamiyatimizdagi
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizni taraqqiyot
yo'lidagi faol harakatlantiruvchi kuchga aylanib bormoqda. Shu bois
mamlakatimizda iqtisodiyotning muhim yo'nalishi bo'lgan bu bo'g'inni
rivojlantirish, uni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishga alohida e`tibor
qaratilayapti. Darhaqiqat, «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» munosabati bilan respublikamizdagi bank faoliyatining sub`ektlari «Banklar - tadbirkorlarning hamkori va ishonchli tayanchi!» shiori ostida faoliyat ko'rsatmoqda. Xususan, «AMIRBANK» xususiy ochiq aksiyadorlik tijorat banki ham joriy yilda asosiy e`tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlashga, shuningdek, ularga bank xizmatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratishga qaratdi. Jumladan, 2011 yil boshidan bankda «Tadbirkorlar xonasi» tashkil etilib, u yerda malakali mutaxassislar tomonidan tadbirkorlarga biznesni yo'lga qo'yish va yanada rivojlantirish yuzasidan zarur bo'lgan maslahatlar berib borilmoqda. Kreditlardan oqilona foydalanish bo'yicha joriy yilda Samarqand viloyati Samarqand tumanining 35 ta mahallasida soha vakillari ishtirokida turkum seminarlar tashkil etildi. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, taklif etilayotgan yangi bank xizmatlari to'g'risida doimiy ravishda axborot berish borilishini ta`minlash maqsadida bankda «Tadbirkorlar burchagi» tashkil etildi. Aytish joizki, «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili»da «AMIRBANK» xususiy ochiq aksiyadorlik tijorat banki tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga 4 milliard 653 million so'm miqdorida kreditlar ajratildi va 2011 yil 1 oktyabr holatiga ko'ra ularning bank kredit portfelidagi salmog'i 90,7 foizni tashkil etdi. Ajratilgan kreditlar hisobiga 147 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. Bankning 2011 yil 9 oylik faoliyati yakunlariga ko'ra bankning kredit portfelida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga investitsion maqsadlarda ajratilgan kreditlar salmoqli o'rinni egalladi. Xususan, joriy yilda bank tomonidan 3 827,5 million so'm miqdorida investitsion kreditlar ajratildi. Bank tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi «Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to'ldirish yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi Qarorining ijrosi bo'yicha joriy yilda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirishga 555,0 million so'm miqdorida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 28 yanvardagi «Mahalliy nooziq-ovqat iste`mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi Qarorining ijrosi yuzasidan 180 million so'm miqdorida sement buyumlar hamda polietilen quvurlar ishlab chiqarishga kreditlar ajratildi, ularning hisobiga esa mazkur kichik biznes sub`ektlarida ishlab chiqarish hajmlari kengaytirildi. Bundan tashqari, joriy yilda «TARGET PLUS» mas`uliyati cheklangan jamiyatiga yo'lka plitkalarini va beton buyumlarini ishlab chiqarish maqsadida 400 million so'm miqdorida kredit ajratish uchun shartnoma tuzilgan bo'lib, mazkur kredit hisobiga korxonada yangi 21 ta ish o'rinlari yaratildi va ishlab chiqarish hajmi 59,7 foizga oshdi. Qolaversa, bank tomonidan xizmat ko'rsatish va servis sohasini ravnaq topishiga ham alohida e`tibor qaratilib, ushbu yo'nalishda 3 milliard 575 million so'm miqdorida tadbirkorlik sub`ektlariga kreditlar ajratildi. Xususan, bank tomonidan tadbirkor ayollarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash bo'yicha samarali ishlar amalga oshirildi. Birgina «Saloxiddinova M.I.» yakka tartibdagi tadbirkorga nooziq-ovqat xalq iste`mol mollarini savdosini tashkillashtirish uchun 200 million so'm miqdorida kredit ajratildi. «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» va Mustaqilligimizning 20 yilligi munosabati bilan bank tomonidan «Yil mijozi» tanlovi o'tkazildi. Tanlov yakuni natijalariga ko'ra, «Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish» loyihasi uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ekti bo'lmish «PERFECT PRODUCT» mas`uliyati cheklangan jamiyati g'olib deb topildi va qimmatbaho sovrin bilan taqdirlandi. (t) Bank matbuot xizmati.
77 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Ðàçðàáîòêà è õîñòèíã UZINFOCOM. Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER |
|