![]() |
![]() |
![]() |
Islohot
Iqtisodiy o'sish - farovonlik garovi
03.01.2012 17:14
Davlatimiz rahbari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasida alohida ta`kidlaganidek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz taraqqiyotida, avvalambor, xalqimiz uchun munosib hayot barpo etish, oldimizda turgan murakkab va mas`uliyatli vazifalarni amalga oshirish borasida qanday hal qiluvchi o'rin va ta`sirga ega bo'lib borayotganiga bugun amaliy hayotimizda har qadamda guvoh bo'lmoqdamiz. Bunga Navoiy viloyatida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishib yana bir bor ishonch hosil qildik. Qayd etish o'rinliki, «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturi doirasida mamlakatimizning barcha hududlarida bo'lgani kabi ushbu viloyatda ham keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Buning samarasi o'laroq, joriy yil kichik biznes sub`ektlarining soni olti mingdan oshib, viloyat iqtisodiyotini yuksaltirish bilan aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta`minlashda ham muhim ahamiyat kasb etdi. Viloyatda, shuningdek, sanoat korxonalari modernizatsiya qilinib, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarining jalb etilayotgani o'z samarasini berayapti. Viloyatda mavjud 1035 ta sanoat korxonalari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish hajmi tobora oshib borayotgani ham fikrimiz isbotidir. Ma`lumki, bugungi kunda mamlakatimizda qishloq xo'jaligi sohasini jadal rivojlantirish jarayonida fermer xo'jaliklarining tashkil qilinishi va fermerlar yetishtirilgan mahsulotlar bo'yicha davlat shartnomaviy rejasini bajaribgina qolmay, balki ortib qolgan qismini o'z tasarrufiga qoldirishi hosildorlikning oshishidan manfaatdorlik hissining kuchayishiga imkon yaratdi. Fermerlik harakati va yerga bo'lgan munosabat tubdan ijobiy o'zgarishi natijasida viloyatda hozirda 159004 ta dehqon xo'jaligi, 1826 ta fermer xo'jaligi faoliyat yuritmoqda. Mazkur dehqon va fermer xo'jaliklari paxtachilik, g'allachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan bo'lib, ularning mahsulot yetishtirish sur`ati yildan yilga oshib bormoqda. Zikrilla RAHMATULLAYEV, «Jamiyat» muxbiri 38 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Ðàçðàáîòêà è õîñòèíã UZINFOCOM. Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER |
|