|
|
Islohot
|
Sara urug' - barqaror hosil omili
15.04.2009 16:47 / 275 marta o`qilgan
Yurtimiz istiqlolga erishib, o'z paxtamizga egalik qilish, jahon bozorida iste`molchilarni o'zimiz tanlash, yetishtirilgan paxta tolasini xorijga haqiqiy qiymatida sotish huquqiga ega bo'ldik. Bugunga kelib, O'zbekiston tamg'asi tushirilgan paxta tolasi dun±dagi eng yetakchi Liverpul, Nyu-York, Bremen, Gdansk birjalarida munosib o'rin egalladi. to`liq
| |
Korxona faoliyati kengaymoqda
15.04.2009 16:34 / 252 marta o`qilgan
Mamlakatimizning barcha joylarida bo'lgani kabi Qoraqalpog'iston Respublikasida ham tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish, kichik korxonalar faoliyatini rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Bu esa olis ovullarda ham aholining ish bilan bandligini ta`minlab, oilalar farovonligini ta`minlashda muhim omil bo'layapti. to`liq
| |
Xivalik fermerlar
15.04.2009 16:32 / 269 marta o`qilgan
bugun mamlakatimizda fermerlik harakati qanday kuchga ega ekanini namoyon etmoqda Xiva tumani ko'hna Xorazm vohasining tarixiy obidalarga, qadimiy madaniyat yodgorliklariga boy hududlaridan biri. Shuningdek, bu manzil odamlari qadim-qadimdan dehqonchilik qilib, ona zamindan halol rizq-nasiba undirib, el-yurtga nasiba ulashib kelgan. Istiqlol yillarida barcha yurtdoshlarimiz qatori bu tuman aholisida ham yerga egalik, bunyodkorlik, hamjihatlik, o'zaro mehr-oqibat tuyg'ulari o'z o'zaniga qaytib, yanada mustahkamlandi. Biz quyida ana shunday yaratuvchilik ishqi bilan yashayotgan to'rt nafar fermer faoliyati, ularning xo'jalikda amalga oshirayotgan ishlari haqida so'z yuritmoqqa jazm etdik. to`liq
| |
Yorug' manzil shukuhi
15.04.2009 16:29 / 256 marta o`qilgan
Istiqlol yillarida barcha jabhalarda bo'lgani kabi, ta`lim, xususan, o'rta maxsus kasb-hunar ta`limi tizimida ham muayyan islohotlar olib borilayapti. Xususan, bilim yurtlarining tarkibiy qismi va o'quv dasturlari yangilangan holda, ularga kollej maqomining berilishi, yoshlarimizning zamonaviy bilim olishida o'ziga xos omil hisoblanayotir. to`liq
| |
Ko'ngilga orzular solgan kollej
15.04.2009 16:27 / 204 marta o`qilgan
Albatta, inson oilam, bola-chaqam, deb yashaydi. Farzandlari baxtini ko'rish - har bir ota-onaning orzu-havasi. Shunday bo'lgach, qaysi bir oila o'g'il-qizlari ilmli, sog'lom va barkamol bo'lishini istamaydi, deysiz? Ulug' mutafakkir Abu Nasr Forobiy: «Har kimki ilm-hikmatni o'rganaman desa, uni yoshligidan boshlasin, sog'ligi haqida qayg'ursin», deb ta`kidlaydi. to`liq
| |
Ertangi kun umidlari
27.02.2009 23:39 / 260 marta o`qilgan
O'zbekiston mustaqillikka erishgach, ta`lim-tarbiya sohasida ham orziqib kutilgan islohotlar amalga oshirildi. Yangi yo'nalishdagi oliy o'quv yurtlari, yanada keng, mukammal ish dasturlariga ega bo'lgan ziyo maskanlari o'z faoliyatini boshladi. to`liq
| |
Yoshlar va soliq madaniyati
27.02.2009 23:37 / 244 marta o`qilgan
25 fevral kuni Davlat soliq qo'mitasida ana shu mavzudagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda Davlat soliq qo'mitasi, Oliy va o'rta maxsus, Xalq ta`limi vazirliklari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. to`liq
| |
Qarzi yo'qning arzi yo'q
27.02.2009 23:35 / 245 marta o`qilgan
Ko'p qavatli uyda yashaymiz. Kunduz kunlari, odatda, aksariyat uylarda hech kim bo'lmaydi. Elektr-hisoblagichlar kirish yo'laklaridan xonadon ichiga olib kirilgani, ayrim iste`molchilar to'lovdan qochib eshikni ochmasligi nazoratchilarga elektr energiyasi haqini undirishda qator qiyinchiliklar tug'diradi. Shuning uchun, bu borada joylarda qator tadbirlar ishlab chiqilgan. to`liq
| |
Ulkan maqsadlar yo'lidagi marralar
27.02.2009 23:28 / 294 marta o`qilgan
yurt obodligi, xalq farovonligi uchun xizmat qiladi Olamning barhayotligi - islohotlar tantanasi. Odamzod bu haqiqatni anglaganidan buyon tinib-tinchimaydi. Isloh yo'li esa murakkab. Qurmoq oson, tuzatmoq qiyin, deydi xalqimiz. O'zbekiston tuzish, barpo etish yo'lidan bordi, borini asrab-avaylash, yo'g'ini yaratish yo'lidan bordi. O'tgan vaqt davomida mamlakatimiz hayotida jamiyatning ijtimoiy holatini o'zgartirish, bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida erishgan tajribamiz va eng muhimi, qo'lga kiritgan ijobiy natijalarimiz, xususan, jahondagi bugungi jarayon O'zbekistonning o'ziga xos va o'ziga mos taraqqiyot yo'li borligini tasdiqlaydi. to`liq
| |
Tashabbuslar ko'rigi
27.02.2009 22:46 / 268 marta o`qilgan
yoxud ishning ko'zini bilganlar bellashuvi Bir necha yildan buyon mamlakatimizda Prezident Islom Karimov sovrini uchun har yili «Tashabbus» ko'rik-tanlovi o'tkazib kelinmoqda. Ushbu tanlov yurtimizda tadbirkorlikni rag'batlantirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, ishbilarmonlarning faolligini oshirish, shuningdek, ilg'or tadbirkorlarning yutuqlarini targ'ib etish, bilim va kasb ko'nikmasini yuksaltirish, o'zaro tajriba almashishini yo'lga qo'yish, bir so'z bilan aytganda, O'zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. to`liq
|
|