|
|
Islohot
|
IJTIMOIY TENGLIK KO'ZGUSI
05.10.2007 16:27 / 407 marta o`qilgan
Ijtimoiy tenglik tushunchasi dunyo ahli turmush tarziga bamisoli zarrabin - «lupa» bilan qarab, uning darajasini chuqur tahlil qiladigan bir mezon. Shu tariqa odamlar tabiiy tarzda o'z-o'ziga: ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotda kimning vakolati ko'proq - erkaklarnikimi, ayollarnikimi yoki ular bularni teng bo'lishib olishganmi? - degan savollar berish imkoniga ega bo'ladilar. Shu nuqtai nazardan qaralganda, mazkur tushuncha erkaklar bilan ayollar o'rtasidagi o'zaro ijtimoiy munosabatlarni ham bildiradi. Soddaroq aytganda, hayot, turmush tarzi va jamiyat ularning har biriga ijtimoiy vazifalarni belgilab beradi. Madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy tafovutlar - erkaklar hamda ayollarning oiladagi, mehnat jarayonidagi va jamiyatdagi mavqeiga nechog'li ta`sir etishini esa ijtimoiy tahlil va tadqiqotlar natijalari ko'rsatadi. Ma`lumki, 2000 yilda BMT, qolaversa, butun jahon tarixida muhim hujjatlardan biri: «Mingyillik Sammit»ning «Mingyillik Deklaratsiya»si qabul qilindi. Sammitga asrimizning dolzarb, global muammolariga e`tibor qaratish uchun dunyoning 189 ta mamlakatlaridan rahbar vakillar tashrif buyurdilar. Deklaratsiya global kun tartibini, ya`ni Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari (MRM) sifatida sakkizta aniq maqsadlarga erishish vazifalarini, aniqrog'i, 2015 yilgacha bo'lgan davrning rivojlanish «yo'l xaritasi»ni belgiladi. to`liq
| |
QUVONCHLARGA AKS-SADO BERGAN TOG'LAR
05.10.2007 15:54 / 402 marta o`qilgan
Dehqonobod tumani - tevaragi tog'lar bilan o'ralgan, tabiati betakror, havosi musaffo go'sha. Oppoq qorlardan ko'rpa yopinib, zilol suvlarda chayilgan, oftobning oltin nurlarida toblangan bu marmar cho'qqilarga boqqan kishining dili yayraydi. Bir tarafi Hisor tog' tizmalari, buyog'i Langar tog'lariga tutashib ketgan Dehqonobod jannatmonand maskan, deya e`tirof etiladi. Rivoyat qilishlaricha, bu tog'larni aziz-avliyolar makon tutishgan, karomatlari ila minglab buloqlarning ko'zini ochishgan. to`liq
| |
INSON EHTIYOJLARI VA IJTIMOIY HIMOYA
05.10.2007 15:52 / 457 marta o`qilgan
Mamlakatimizda bozor munosabatlari hamda umumjahon andozalariga mos demokratik qadriyatlarni qaror toptirishga qaratilgan ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Bundan ko'zlangan bosh maqsad - fuqarolarimiz uchun boshqalardan kam bo'lmagan farovon hayotni ta`minlash, inson erki va huquqlari to'la ro'yobga chiqarilishi uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratishdir. to`liq
| |
BARKAMOLLIK MAKTABI
29.09.2007 15:41 / 643 marta o`qilgan
Qarshi bank kolleji yaqinda o'zining to'rtinchi o'quv yilini boshladi. Zamonaviy loyiha asosida qurilgan muhtasham binoda faoliyat olib borayotgan ilm dargohida bank, soliq va moliya xodimlari, hisobchilar yetishib chiqadi. Ularning malakali mutaxassis, ma`naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi yo'lida yaratilgan shart-sharoit va o'ziga xos muhit bugun ko'pchilikning e`tirofiga sazovor bo'layotir. Xo'sh, talabalar dunyoqarashini shakllantirish va ijodiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga qanday erishilmoqda? Bu boradagi tajribaning ibratli jihatlari nimada? Muxbirimizning kollej faoliyatiga doir suhbati shu xususda. to`liq
| |
KREDIT - BU YANGI ISH O'RINLARI HAM DEMAKDIR
29.09.2007 11:23 / 471 marta o`qilgan
Aksiyadorlik tijorat "Paxta bank"ning Andijon viloyatidagi Oltinko'l tumani bo'limida amalga oshirilayotgan ishlar xususida Bank bo'limining binosi odamlar bilan doim gavjum. Kimdir xususiy tadbirkorlikni yuritish uchun bankdan kredit olmoqchi. Kimdir fermer xo'jaligi faoliyatini yanada rivojlantirmoqchi. Yana kimdir ishlab chiqarishdan ko'rgan foydasi evaziga olgan kreditini qaytarish niyatida... to`liq
| |
"O'ZMILLIYBANK" MIJOZLARI
24.08.2007 15:25 / 558 marta o`qilgan
endilikda ular safiga minglab yosh oilalar ham qo'shilmoqda Mamlakat kelajagi - yoshlar qo'lida. Aynan ular yurtimizning istiqbolda o'sishi va gullab-yashnash yo'lidagi muhim omildir. Bugungi yoshlarimiz qurayotgan oilalar ham jamiyatimizning muhim bo'g'ini bo'lib shakllanib bormoqda... Ammo, sir emas, aynan yosh oilalarda, odatda, ko'plab muammolar tug'iladi. Ulardan eng asosiylari - uy-joy, uzoq muddat foydalaniladigan ro'zg'or buyumlari va barqaror daromad manbalari yaratish muammolari bo'lib, ayrim yosh oilalar bu masalalarda yechim topolmay, jiddiy qiyinchiliklarga duch keladilar... to`liq
| |
KASANACHILIK - KONI FOYDA
24.08.2007 12:16 / 667 marta o`qilgan
ham korxona yutadi, ham kasanachi... Pirovardida, jamiyat ravnaq topib, aholi turmushi farovonlashib boradi Mamlakatimiz Prezidentining 2006 yil 5 yanvardagi "Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o'rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni aholini ish bilan bandligini ta`minlash borasida katta imkoniyatlar eshigini ochdi. to`liq
| |
O'Z YERINING EGASI
24.08.2007 12:14 / 623 marta o`qilgan
O'shanda 1991 yil edi. Jizzax viloyatidan Rustam O'taboyevga "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan qishloq xo'jaligi xodimi" unvoni berildi. Ukasi Doston O'taboyev kechasi traktorda dalaga - akasi ±niga yo'l oldi. Traktorning chirog'ida gazetani o'qigan aka-uka quvonch ±shlari bilan bir-birini quchdilar. Chunki, 80-yillarda paxta mojarosi bilan qanchadan-qancha dehqonlar badnom bo'lgan edilar. Mana, mustaqillikning ilk qadamlaridanoq dehqon mehnati ulug'lanayapti. Mehnat qilgan kishi qadr topar ekan-ku! to`liq
|
|