![]() |
![]() |
![]() |
Islohot
Tajriba almashishga bag'ishlangan tadbir
14.10.2011 09:34
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyunda qabul qilingan «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish to'g'risida»gi Qarori, shuningdek, joriy yilning 14 aprelida kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasining «Axborot-kutubxona faoliyati to'g'risida»gi Qonuni zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yo'lga qo'yishda muhim qadam bo'ldi. Shuni alohida ta`kidlash o'rinliki, bu boradagi xalqaro tajriba ham yosh kadrlarga qo'l kelishi tabiiy.
Kuni kecha Toshkent Davlat madaniyat institutida Germaniyaning Keln shahri kutubxonasi direktori Fogt Xanneler ishtirokida mahorat darslari o'tkazildi. Ushbu tadbir Toshkent Davlat madaniyat instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Germaniyaning Gyote instituti hamkorligida tashkil etildi. Unda soha mutaxassislari, xalqaro ekspertlar, talaba yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari Keln shahar kutubxonasi tomonidan sohani rivojlantirish bo'yicha ishlab chiqilgan maxsus konsepsiya, ushbu muassasa xizmat ko'rsatish faoliyati, kutubxona veb-sahifasi haqida ma`lumot oldilar. — Hozirgi kunda kutubxona marketinggi o'zgarib bormoqda, — deydi Fogt Xanneler. — Boisi ushbu muassasalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalar yordamida virtual kutubxonalar, xalqaro kitob ayirboshlash, elektron buyurtma singari yangi xizmat turlari paydo bo'lmoqda. Shundan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, axborot-kutubxonalarda xizmat darajasi yuqori bo'lishini davr taqozo etmoqda. Tadbirda ta`kidlanishicha, Keln shahar kutubxonasi xizmatidan har yili o'rta hisobda 18 million kishi foydalanadi. Shuningdek, ushbu muassasa 3 millionga yaqin foydalanuvchiga internet orqali xizmat ko'rsatadi. Bu har 7 soniyada kutubxonada mavjud muayyan axborot manbai o'z qiziquvchisini topadi degani. Foydalanuvchilarning asosiy qismini 40 yoshgacha bo'lgan kishilar tashkil etadi. Ochiq muloqot ruhida o'tgan tadbirda talaba yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar. Timur AHMEDOV, «Jamiyat» muxbiri 45 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Ðàçðàáîòêà è õîñòèíã UZINFOCOM. Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER |
|