|
Muammoning o'ziga xos yechimi
02.02.2012 22:29 / 5 marta o`qilgan
Ma`lumki, bugungi
kunda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda
fuqarolik jamiyatining muhim bo'g'inlaridan hisoblangan nodavlat notijorat tashkilotlarning
o'rni beqiyos bo'lib, ular hozirda ijtimoiy hayotning qariyb barcha sohalarida
samarali faoliyat ko'rsatmoqda. Shu bois ko'plab mamlakatlarda «uchinchi
sektor» vakillariga davlat tomonidan moddiy-moliyaviy ko'mak berish
masalalariga alohida e`tibor berilmoqda.
to`liq
|
|
Savodxonlik - global masala
02.02.2012 22:22 / 5 marta o`qilgan
Hozirgi kunda
dunyoning bir qator mamlakatlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
(AKT) rivojlantirishga ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning strategik
yo'nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Bu borada, ayniqsa, ijtimoiy
hayotning barcha sohasiga yangi innovatsion loyihalarni joriy etish muhim
ahamiyat kasb etadi.
to`liq
|
|
Halokatlar soni ortmoqda
30.01.2012 15:12 / 4 marta o`qilgan
Dunyoda sanoatning
rivojlanishi tufayli so'nggi yuz yillikda tabiatga yetkazilgan zarar bir necha
barobar ortdi. Natijada tabiat muvozanati buzilib, inson hayoti uchun ham
xavfli bo'lgan omillar ko'paya boshladi.
to`liq
|
|
«Reyting» e`lon qilindi
09.01.2012 10:22 / 26 marta o`qilgan
Ma`lumki, keyingi yillarda
bevosita insoniyat faoliyati bilan bog'liq ekologik muammolarning oldini olish,
ularni bartaraf qilishda ekologik nodavlat tashkilotlarning roli ortib
bormoqda. Ular turli hududlarda sodir bo'layotgan ekologik o'zgarishlar haqida
ma`lumotlar to'plash, jamiyatni, odamlarni ularning oqibatlari xususida ogohlantirish
kabi vazifalarni o'z zimmasiga olishgan.
to`liq
|
|
«G’ayriinsoniy marosim»ga chek qo'yildi
09.01.2012 10:21 / 40 marta o`qilgan
Xabaringiz bor, Ispaniya va Lotin
Amerikasining bir qator davlatlarida buqalar jangi, ya`ni korrida o'tkazish
udumi bor. Biroq 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab, Ispaniyaning Kataloniya
avtonom viloyatida mazkur turdagi musobaqalarni o'tkazish qonun yo'li bilan
taqiqlandi, deb xabar beradi «Euronews».
to`liq
|
|
Tuproq unumdorligini muhofazalash
09.01.2012 10:19 / 8 marta o`qilgan
Keyingi
yillarda dunyo miqyosida unumdor yerlar maydoni kamayib borayotgani
kuzatilmoqda. Tuproq antropogen ta`sir natijasida ifloslanmoqda, sho'rlanish va
cho'llanish jarayonlari kuchaymoqda, suv va shamol eroziyasi yer unumdor
qatlamining yemirilishiga olib kelmoqda. Shu bois qator davlatlarda mazkur
global ahamiyat kasb etayotgan masala yechimi borasida bir qator qonun
loyihalari ishlab chiqilmoqda.
to`liq
|
|
BMT Bosh kotibi loqaydlikni tanqid qildi
03.01.2012 17:12 / 18 marta o`qilgan
Ma`lumki, Somali davlati bugun sayyoramizdagi eng xavfli hududlardan
sanaladi. Mamlakatdagi beqaror vaziyat tufayli aziyat chekayotgan tinch aholiga
yordam ko'rsatish maqsadida bu yerda faoliyat olib borayotgan bir qator
nodavlat notijorat tashkilotlar xodimlari hayoti ham mudom xavf ostida.
to`liq
|
|
«Oziq-ovqat banki»: ochlik muammosini bartaraf etishga ko'maklashmoqda
03.01.2012 17:11 / 14 marta o`qilgan
Muntazam to'yib ovqat yemaslik, ochlik bugun dunyoning iqtisodiyoti qoloq mamlakatlari aholisi salomatligiga xavf solayotgan asosiy omillardan biridir. Xavfsiz, to'yimli va sifatli oziq-ovqat taqchilligi ana shunday mamlakatlarda istiqomat qilayotgan kishilar taqdirida noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. to`liq
|
|
«Global kelishuv»: aholini ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgan dastur hisoblanadi
24.12.2011 14:00 / 15 marta o`qilgan
Sir emas,
hozirgi kunda bozor iqtisodiyotiga asoslangan munosabatlar aksariyat
mamlakatlar tanlagan yo'ldir. Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, bozor
iqtisodiyotiga o'tish bosqichma-bosqich amalga oshirilgandagina jamiyatda
ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik saqlanib qoladi. Deyarli barcha mamlakatlarda
o'tish davrining dastlabki bosqichlarida ishlab chiqarish hajmining qisqarishi,
ishsizlik sur`atlari o'sishi,
shuningdek, aholi turmush darajasining pasayishi, kishilar hayot farovonligi
o'rtasidagi tafovutning kuchayishi kuzatiladi. Shu bois mazkur jarayonda
aholini ijtimoiy himoyalashning aniq mexanizmini ishlab chiqish va amalga
oshirish ustuvor yo'nalishlardan biridir.
to`liq
|
|
Fuqarolik institutlarini saralash zarurati
18.12.2011 20:05 / 21 marta o`qilgan
Globallashuv davrida fuqarolar manfaatlarini har tomonlama himoya qilish demokratik davlatlar oldida turgan eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Hozirda ayrim mamlakatlar mazkur vazifani to'la-to'kis va samarali ado etish maqsadida turli xil yangi qonun loyihalarini ishlab chiqmoqda. to`liq
|