![]() |
![]() |
![]() |
Jahon ayvoni
BMT Bosh kotibi loqaydlikni tanqid qildi
03.01.2012 17:12
Ma`lumki, Somali davlati bugun sayyoramizdagi eng xavfli hududlardan sanaladi. Mamlakatdagi beqaror vaziyat tufayli aziyat chekayotgan tinch aholiga yordam ko'rsatish maqsadida bu yerda faoliyat olib borayotgan bir qator nodavlat notijorat tashkilotlar xodimlari hayoti ham mudom xavf ostida. O’tgan hafta mazkur mamlakatning Mataba shahrida BMT Jahon oziq-ovqat dasturi doirasida faoliyat yuritayotgan ikki nafar xodimi o'ldirilganligi haqida BMT rasmiy sayti xabar tarqatdi. Mazkur holat yuzasidan BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Somali hukumatiga rasmiy murojaat yo'llagan. Unda hukumat mamlakatda faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari uchun yetarlicha shart-sharoit yaratmagani uchun mamlakat rahbariyatini tanqid qilgan. Shuningdek, Bosh kotib o'zining insoniylik burchini bajarish chog'ida halok bo'lgan nufuzli tashkilot xodimlari oilalariga hamdardlik bildirgan. 29 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Разработка и хостинг UZINFOCOM. Система управления сайтом MANAGER |
|