![]() |
![]() |
![]() |
Jahon ayvoni
Fuqarolik institutlarini saralash zarurati
18.12.2011 20:05
Globallashuv davrida fuqarolar manfaatlarini har tomonlama himoya qilish demokratik davlatlar oldida turgan eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Hozirda ayrim mamlakatlar mazkur vazifani to'la-to'kis va samarali ado etish maqsadida turli xil yangi qonun loyihalarini ishlab chiqmoqda. «Wallanews» nashrining xabariga ko'ra, Isroil parlamenti Knessetda bo'lib o'tgan navbatdagi yig'ilishda nodavlat notijorat tashkilotlarni saralashga oid yangi qonun loyihasini ko'rib chiqqan. Mazkur qonun loyihasiga binoan mamlakatda faoliyat yurituvchi uchinchi sektor vakillarini uch guruhga bo'lish ko'zda tutilgan. Birinchi guruh faoliyatida siyosiy qarashlar aks etmagan, davlat ko'magi asosida faoliyat yurituvchi tashkilotlarni o'z ichiga oladi. Aytish joiz, faqat ushbu guruhga mansub tashkilotlargina xalqaro tashqi grantlarni olishi mumkin. Ikkinchi guruhdan jamoat tashkilotlari o'rin egallagan bo'lib, ular faqatgina davlat grantlari asosida faoliyat yuritadi. Uchinchi guruhga esa yuqoridagi ikki guruhdan farq qiluvchi tashkilotlar joylashtirilgan. Ular olgan tashqi grantlardan 45 foizini soliq tariqasida davlat byudjetiga to'lashi nazarda tutilgan. Biroq ular Knesset moliyaviy komissiyasiga murojaat asosida soliqlardan to'liq ozod etilishi mumkin.
31 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Разработка и хостинг UZINFOCOM. Система управления сайтом MANAGER |
|