Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

Jahon ayvoni
«G’ayriinsoniy marosim»ga chek qo'yildi
09.01.2012 10:21

Xabaringiz bor, Ispaniya va Lotin Amerikasining bir qator davlatlarida buqalar jangi, ya`ni korrida o'tkazish udumi bor. Biroq 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab, Ispaniyaning Kataloniya avtonom viloyatida mazkur turdagi musobaqalarni o'tkazish qonun yo'li bilan taqiqlandi, deb xabar beradi «Euronews».

Ma`lumki, korrida yakunida buqa ming­lab insonlar ko'z o'ngida o'ldiriladi. Aynan shu sababdan ham jamoat tashkilotlari bu marosim g'ayriinsoniy ekanini va inson psixologiyasiga salbiy ta`sir ko'rsatishini qayd etib, bu «marosim»ga qarshi to'plangan 300 mingdan ortiq imzoni viloyat parlamentiga taqdim etgan. Mazkur murojaat parlament tomonidan ma`qullanganidan so'ng 2012 yilning dastlabki kunidan boshlab kuchga kirishi belgilangan edi.

Ma`lumot o'rnida aytish joizki, shunga o'xshash cheklov 1991 yilda Ispaniyaga tegishli bo'lgan Kanar orollarida ham kuchga kirgan.

  Timur AHMEDOV 

 

58 marta o`qilgan