Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

Jahon ayvoni
Halokatlar soni ortmoqda
30.01.2012 15:12
Dunyoda sanoatning rivojlanishi tufayli so'nggi yuz yillikda tabiatga yetkazilgan zarar bir necha barobar ortdi. Natijada tabiat muvozanati buzilib, inson hayoti uchun ham xavfli bo'lgan omillar ko'paya boshladi. 

Yaqinda aholi soni bo'yicha Afrika mintaqasida yetakchi davlatlar qatoriga kiruvchi Nigeriyadagi Niger daryosiga «Shell» kompaniyasiga tegishli «Bonga» tankeridan ko'p miqdorda neft birikmasi oqib chiqqan, deb xabar beradi «Euronews». Aytish joizki, mazkur holat nafaqat mintaqa flora va faunasiga katta zarar yetkazdi, balki hududda joylashgan 13 ta aholi punkti uchun ham ulkan xavf tug'dirish bilan birga, mahalliy aholining asosiy daromad hamda ozuqa manbai hisoblangan baliqlarning nobud bo'lishiga sabab bo'lgan.

RATA-TASS xabariga ko'ra, ana shunday holat Braziliya qirg'oqlarida ham sodir bo'lgan. «Chevron» kompaniyasiga tegishli bo'lgan bir necha burg'ulovchi platformalardan 3 ming tonnaga yaqin neft oqib chiqishi natijasida ulkan hudud ekologik jihatdan katta zarar ko'rdi. Shu bois Braziliya hukumati kompaniyadan 10,6 milliard AQSh dollari miqdoridagi kompensatsiya pulini talab etmoqda. Shuningdek, hukumat qaroriga asosan endilikda «Chevron» kom­paniya­si Braziliyaga tegishli hududlarda faoliyat yuritmasligi belgilangan.

Shuni alohida ta`kidlash o'rinliki, yuqoridagiga o'xshash holatlar hozirda Yangi Zelandiya va Yaponiya qirg'oqlari bo'ylarida ham qayd etilmoqda.  Mazkur yo'nalishda faoliyat yuritayotgan ekologik nodavlat tashkilot vakillarining ta`kidlashicha, bunday vaziyatning yuzaga kelishiga asosiy sabab tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik va xavfsizlik choralariga yetarli darajada e`tibor qaratilmayotganidir.

Timur AHMYeDOV

tayyorladi.

14 marta o`qilgan