![]() |
![]() |
![]() |
Jahon ayvoni
Muammoning o'ziga xos yechimi
02.02.2012 22:29
Ma`lumki, bugungi kunda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda fuqarolik jamiyatining muhim bo'g'inlaridan hisoblangan nodavlat notijorat tashkilotlarning o'rni beqiyos bo'lib, ular hozirda ijtimoiy hayotning qariyb barcha sohalarida samarali faoliyat ko'rsatmoqda. Shu bois ko'plab mamlakatlarda «uchinchi sektor» vakillariga davlat tomonidan moddiy-moliyaviy ko'mak berish masalalariga alohida e`tibor berilmoqda. Biroq ayrim «uchinchi sektor» vakillari mazkur mablag'larni amalga oshirish bo'yicha moliyaviy hisobotlarni o'z vaqtida topshirmayotgani, o'z navbatida, davlat tashkilotlariga bir qancha qiyinchilik tug'dirib, ayni paytda ularga nisbatan ishonchsizlik ham uyg'otmoqda. Bu muammoning o'ziga xos yechimi Rossiya Federatsiyasi Penza viloyati adliya organi tomonidan ishlab chiqildi, deb xabar beradi «PenzaNews» internet nashri. Xabarda aytilishicha, mazkur davlat tashkiloti «2011 yil uchun nodavlat notijorat tashkilotlarning eng yaxshi xisoboti» deb nomlangan tanlov o'tkazishga qaror qilgan. Mazkur tanlov samaradorligi mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan e`tirof etilmoqda. Timur AHMEDOV, «Jamiyat» muxbiri 20 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Ðàçðàáîòêà è õîñòèíã UZINFOCOM. Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER |
|