![]() |
![]() |
![]() |
Jahon ayvoni
«Oziq-ovqat banki»: ochlik muammosini bartaraf etishga ko'maklashmoqda
03.01.2012 17:11
Muntazam to'yib ovqat yemaslik, ochlik bugun dunyoning iqtisodiyoti qoloq mamlakatlari aholisi salomatligiga xavf solayotgan asosiy omillardan biridir. Xavfsiz, to'yimli va sifatli oziq-ovqat taqchilligi ana shunday mamlakatlarda istiqomat qilayotgan kishilar taqdirida noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
- Bugun dunyoda bir milliarddan ortiq odam doimiy ravishda to'yib ovqat yeyish imkoniga ega emas, - deydi BMT iqtisodchisi Manuel Mont. - Shu bois mazkur salbiy holatning oldini olish maqsadida turli ijtimoiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Ta`kidlash o'rinliki, bunda aksariyat tashabbuskorlar «uchinchi sektor» vakillari hisoblanadi. Ana shunday ijtimoiy loyihalardan biri Estoniyada amalga oshirilayotgan «Oziq-ovqat banki»dir. Loyihaning maqsadi mamlakatdagi kam ta`minlangan hamda ijtimoiy yordamga muhtoj insonlarga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishdir. Hozirda loyiha bir nechta tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilmoqda. «Rosbalt» axborot agentligining xabariga ko'ra, Yangi yil bayrami arafasida «Oziq-ovqat banki» tomonidan 30 mingdan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari jamlangan maxsus qop tayyorlangan. Bu o'tgan yilgi ko'rsatkichga nisbatan ikki barobar ko'pdir. Shuningdek, mamlakatda faoliyat yuritayotgan «Rimi» savdo majmuasi ham loyiha doirasida 3,5 mingdan ortiq shunday gumanitar qoplarni jamlaganini ma`lum qildi. Shuni alohida ta`kidlash o'rinliki, «Oziq-ovqat banki» loyihasi ijtimoiy sheriklikning ham yorqin namunasi hisoblanadi. Boisi hozirda mingdan ortiq korxona va tashkilotlar to'g'ridan-to'g'ri mazkur loyihada ishtirok etib kelmoqda. Xususan, 2011 yilda «Swedbank» «Oziq-ovqat banki» loyihasiga 1 800 yevro miqdorida mablag' ajratdi. Ma`lumotlarga ko'ra, oziq-ovqat mahsulotlari qoplarining har birining qiymati 25-30 yevro atrofida bo'lib, ularning umumiy qiymati qariyb 1 million yevroni tashkil etadi. Buning samarasi o'laroq, o'tgan yili mazkur turdagi gumanitar yordamni mingga yaqin kam ta`minlangan oilalar olgan bo'lsa, joriy yilda ularning soni 1600 dan ortdi. - Oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi va ularning narxi o'sishidan ushbu mahsulotlarning asosiy qismini chetdan sotib oluvchi davlatlar, xususan, Estoniya mamlakati ham sezilarli darajada jabr ko'rmoqda, - deydi «Oziq-ovqat banki» loyihasi ijrochi direktori Piyt Burfeyn. - «Oziq-ovqat banki» loyihasi doirasida esa ko'plab odamlarga zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda. Aytish joizki, hozirda bu loyiha dunyoning boshqa bir necha mamlakatida ham amalga oshirilmoqda. Shuni alohida ta`kidlash o'rinliki, fuqarolar o'rtasida nodavlat notijorat tashkilotlarga ishonchning ortishiga asosiy sabablardan biri ham bu mazkur tashkilotlarning aholi manfaatlari yo'lida olib borayotgan turli yo'nalishdagi loyihalari va sa`y-harakatlari hisoblanadi.
33 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Ðàçðàáîòêà è õîñòèíã UZINFOCOM. Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER |
|