|
SOLIQDAN QARZ - 20 MILLION RUBL
22.06.2007 11:58 / 432 marta o`qilgan
Soliq to'lashdan bo'yin tovlagani uchun Rossiya Qizil xoch jamiyati rahbariyatiga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi, deb xabar tarqatdi Interfaks agentligi. Tergov ma`lumotlariga ko'ra, jamiyatning soliqdan qarzlari qariyb 20 million rublni tashkil etadi. to`liq
|
|
NODAVLAT TASHKILOTLAR "RAHNAMOSI"NING ISTE`FOSI
22.06.2007 11:56 / 482 marta o`qilgan
Amerika hukumatining yuqori lavozimdagi amaldori bilan bog'liq yangi janjal tobora avj olayotir. Bu mojaro markazida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (YUSAID) direktori Rendall Tobias turibdi, deb yozadi "PRESS- uz.info" axborot agentligi. to`liq
|
|
FAOLIYAT VAQTINCHA TO'XTATILDI
22.06.2007 11:55 / 406 marta o`qilgan
Ta`lim va ommaviy axborot vositalari sohasidagi loyihalar fondi ("Internyus" jamoat tashkilotining vorisi) Rossiyada o'z faoliyatini vaqtincha to'xtatgani haqida bayonot tarqatdi. Mazkur markaz 2006 yilda Adliya vazirligiga hujjatlarni o'z vaqtida topshirmagani uchun sudga tortilgan edi, deb yozadi Kommersant.ru. to`liq
|
|
QAYG`ULI REKORD
22.06.2007 11:54 / 439 marta o`qilgan
2006 yil jurnalistlar uchun tarixdagi eng shafqatsiz yil bo'lganligi ta`kidlanadi Xalqaro matbuot institutining Venada e`lon qilingan yillik ma`ruzasida. O'tgan yili dunyo bo'yicha ommaviy axborot vositalarining 100 ta vakili turli tajovuz va tahdidlar oqibatida hayotdan ko'z yumgan. to`liq
|
|
MUHIMI - XOLISLIK, SIYOSIY BETARAFLIK
22.06.2007 11:52 / 426 marta o`qilgan
Yaqinda Berlindagi "Betaniyen" jamoatchilik san`at markazi faollari Qirg'izistonda nodavlat tashkilotlarining qanday rivojlanayotgani masalasini muhokama qildi, deb xabar beradi "Nemis to'lqini" ma`lumotlariga asosan "Press-uz.info" axborot agentligi. Muhokamaga ekspert sifatida Markaziy Osiyoning mazkur davlatida faoliyat yuritayotgan nodavlat tashkilotlari vakillaridan biri taklif etilgan. to`liq
|
|
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI HAQIDA
22.06.2007 11:50 / 433 marta o`qilgan
VA AXBOROT XAVFSIZLIGI SOHALARINING HUQUQIY MASALALARI MAVZUSI TALABALAR MUHOKAMASIDAXXI ASR BOSHLANMASIDANOQ UNGA AXBOROT ASRI, DEYA NOM BERILGAN EDI. Darhaqiqat, bugun axborot va kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayaptiki, bir vaqtlar aql bovar qilmas bo'lib ko'ringan hodisalar oddiylikka aylangan. Afsuski, bu rivojlanish faqatgina taraqqiyot uchun xizmat qilayapti, deb aytolmaymiz. So'nggi paytlarda internet va boshqa axborot texnologiyalari orqali turli huquqbuzarlik, jinoyat va axloqqa to'g'ri kelmaydigan behayolik targ'iboti bilan bog'liq materiallar ham tarqatilayotganining guvohi bo'lmoqdamiz. Bunday illatlarning oldini olish, tegishli xalqaro va ichki huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, shu sohada tadqiqotlar olib borish masalasi muhim ahamiyatga ega. to`liq
|
|
INTERNETDAGI YOLG`ON
22.06.2007 11:46 / 434 marta o`qilgan
VOQELIKNI BUZIB KO'RSATADI, JAMOATCHILIK FIKRINI CHALG'ITADI Bugungi kunda turmushimizni internetsiz tasavvur qilish qiyin. Chunki u hayotimizning barcha jabhalarini qamrab olishga ulgurdi. Bu global tizim insoniyatga bir talay qulayliklar yaratish bilan birga ayrim muammolarni ham yuzaga chiqarmoqda. Xususan, ba`zi siyosiy kuchlar o'z manfaatlari yo'lida axborotlarni soxtalashtirish, yolg'on ma`lumotlar tarqatish yo'li bilan jamoatchilikni chalg'itishga urinmoqda. Bu esa unga qarshi jiddiy kurash olib borishni taqozo etmoqda. to`liq
|
|
TASHKILOT OFIS TEKSHIRILMOQDA
22.06.2007 11:44 / 463 marta o`qilgan
Ayni paytda "Internews Network" (Internyus Netvork) tashkilotining Moskvadagi qarorgohi Rossiya huquq-tartibot idoralari vakillari tomonidan tintuv qilinmoqda, deb xabar tarqatdi Rossiya ommaviy axborot vositalari. to`liq
|
|
HARBIYLAR TOVON TO'LAMOQDA
22.06.2007 11:43 / 452 marta o`qilgan
Amerikaning Fuqarolar erkinligi ittifoqi tashkiloti talabiga binoan Pentagon Iroq va Afg'oniston fuqarolarining amerikalik harbiylarga nisbatan qo'zg'atilgan da`volardan bir qismini oshkor etdi, deb yozadi. The Guardian gazetasi. to`liq
|
|
MISI CHIQAYOTGAN FIRIBGARLIK
22.06.2007 11:41 / 451 marta o`qilgan
AQSh davlat departamenti va u bilan bog'liq tuzilmalarning sobiq ittifoq hududida "demokratiyani yurgizish yuzasidan" amalga oshirgan qizg'in, shu bilan birga o'ta xufiya faoliyati nihoyat Farb jurnalistlarining ham e`tiborini tortdi, deb yozadi "Press-uz.info" axborot agentligi. Xususan, fransuz hujjatli film ijodkorlari tomonidan yaratilgan va "Rossiya" telekanali orqali namoyish etilgan "Revolyutsiya. Som. AQSh. Sharqning zabt etilishi" filmi buning yaqqol misoli bo'lib, unda "rangli" inqiloblarni amalga oshirish texnologiyalari haqida so'z yuritiladi. to`liq
|