![]() |
![]() |
![]() |
Jahon ayvoni
«Reyting» e`lon qilindi
09.01.2012 10:22
Ma`lumki, keyingi yillarda bevosita insoniyat faoliyati bilan bog'liq ekologik muammolarning oldini olish, ularni bartaraf qilishda ekologik nodavlat tashkilotlarning roli ortib bormoqda. Ular turli hududlarda sodir bo'layotgan ekologik o'zgarishlar haqida ma`lumotlar to'plash, jamiyatni, odamlarni ularning oqibatlari xususida ogohlantirish kabi vazifalarni o'z zimmasiga olishgan. Yaqinda Rossiya Federatsiyasida faoliyat yuritayotgan «Yashil patrul» umumrossiya jamoat tashkiloti tomonidan mamlakat atrof-muhiti va ekologiyasini ifloslantirayotgan korxonalarning maxsus «reytingi» e`lon qilindi, deb xabar tarqatdi Rossiyaning «Novosti» axborot agentligi. Mazkur «reyting» nodavlat notijorat tashkilotlar ma`lumotlari, fuqarolar murojaatlari hamda turli tadqiqotlar asosida yuzaga kelgan. Aytish joizki, korxonalar atrof-muhit va ekologiyaga ta`siri bo'yicha bir necha guruhlarga bo'lingan bo'lib, reytingdagi «peshqadamlik»ni Sibir va Ural hududlarida joylashgan korxonalar band etgan. Eslatib o'tish joizki, Rossiya hukumati o'tgan yili Janubiy Afrika Respublikasining Durban shahrida tashkil etilgan BMTning iqlim o'zgarishlari bo'yicha 17 konferensiyasi doirasida ishtirok etib, Kioto protokolidan chiqishini ma`lum qilgan edi. Bu esa, o'z navbatida, mazkur mamlakatning atrof-muhit va ekologiyani asrash borasidagi obro'yiga salbiy ta`sir ko'rsatgan. Shu bois hozirda Rossiyadagi bir qator ekologik nodavlat tashkilotlar mamlakat hukumatini Kioto protokolini keyingi besh yillikkacha uzaytirishga chaqirgan. Timur AHMEDOV 45 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Ðàçðàáîòêà è õîñòèíã UZINFOCOM. Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER |
|