Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

Jamiyat Mahorat maktabi
Torg'oq
25.05.2009 14:56 / 426 marta o`qilgan

Ushbu qush kamyob bo'lib, ko'chmanchi janubi-g'arbiy Palearktika turiga mansub. U mamlakatimiz hududida janubiy Orolbo'yi, Kattaqo'rg'on, Chordara suv omborlari, Aydarko'l, Sirdaryoning quyi oqimida (uchib o'tish), shuningdek, Ukraina, Rossiya g'arbi, Qozog'istonning dasht hududlari (uyalash) hamda Shimoliy Afrika, Hindiston, Pokiston, Eron (qishlash) kabi davlatlar hududlarida uchraydi.

to`liq
Vatan qadri
25.05.2009 14:26 / 418 marta o`qilgan

- Qaldirg'och, iningni qanday topasan?

Men in qurgan uy ko'zimga oftob bo'lib ko'rinadi.

Qadimda bobolarimiz uzoq safarga chiqishayotib Yaratganga tavakkal qilgancha bugun va ertaning nasibasi borligiga ishongan holda  odimlasharkan. O'zlari bilan birga nondan tashqari bir siqim Vatan tuprog'ini olishni ham kanda qilishmas ekan. Aytishlaricha, bu muqaddas tuproq ularni yovuzlik, tuhmat, kasalliklar, ofatu g'aflatdan asrarkan.

to`liq
Universitetda o'tgan uchrashuv
18.05.2009 14:48 / 381 marta o`qilgan

Yaqinda O'zbekiston Milliy universitetida yoshlar o'rtasida OITS va giyohvandlik kabi illatlarning oldini olish masalalariga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda mutaxassislar, shifokorlar, professor-o'qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

to`liq
Ertaning masalasi bugun yechiladi
18.05.2009 14:46 / 435 marta o`qilgan

Fuqarolik jamiyatini o'rganish ins­tituti va Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamkorligida joylarda aholining ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, joriy yilda mamlakatimizda parlament va mahalliy kengashlarga bo'lib o'tadigan saylovlar jarayonida saylovoldi tar­g'ibot-tashviqot ishlarida partiya elektorati vakillarining faol ishtirokini ta`minlash masalalariga bag'ishlangan davra suhbatlari va ilmiy-amaliy seminarlar o'tkazilmoqda.

to`liq
Suvqiyg'ir
18.05.2009 14:45 / 338 marta o`qilgan

Ona tabiat o'simliklar, jonivorlar, hayvonot dunyosiga boy. Biroq, bugungi kunda ularning noyob turlari yo'qolib ketayotgani achinarlidir.

Suvqiyg'ir ana shunday yo'qolib ketayotgan noyob turdagi qushlar sirasiga kiradi.

to`liq
Mahorat amaliyot hosilasidir
18.05.2009 14:20 / 391 marta o`qilgan

Mahorat maktabida tinglovchi sifatida saboq olayotganimizga ham bir qancha vaqt bo'lib qoldi. To'g'risini aytganda, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondi mablag'larini boshqarish bo'yicha Parlament komissiyasi tomonidan qo'llab-quvvatlangan mazkur maktab tanlagan kasbimga bo'lgan mehrimni yanada oshirdi. Jurnalistikaga bo'lgan munosabatim yanada chuqurlashdi. Mahorat amaliyotda oshishiga ishonch hosil qildim. Chunki, bu yerda universitetda olayotgan nazariy bilimimizni yanada mustahkamlash bilan birgalikda, bevosita amaliyotda ham ishtirok etayapmiz.

to`liq
ACHCHIQNI ACHCHIQ KESADI
13.06.2008 17:11 / 516 marta o`qilgan
Tarixchilarning guvohlik berishicha, qalampir eramizdan bir necha ming yillar avval madaniylashtirilgan. U hozirda dunyoning biror-bir joyida yovvoyi holda uchramaydi. to`liq
OLTINDAN QIMMAT HIKMATLAR
13.06.2008 16:54 / 553 marta o`qilgan

Odilligi bilan tanilgan hukmdor No'`shiravon bir kuni vaziri Buzrugmehrni huzuriga chaqirib, shunday debdi:

- Ey Buzrugmehr! Sendan qisqa, lekin ma`noli, mazmuni maqsadni to'liq ifodalaydigan bir nechta so'z aytishingni istayman. Bu so'zlar dunyo va oxiratda menga yordam bersin va mendan keyingilarga ham foydasi tegsin. Qolaversa, ularga amal qilgan kishilar o'zlarining barcha dushmanlari ustidan g'alaba qozonsinlar.

Hukmdorning gaplarini eshitgan Buzrugmehr undan bir yil muhlat so'rabdi. So'ng ustozining oldiga boribdi. Bir yil davomida ustoziga turli savollar berib, javoblarini yozib olibdi. Keyinchalik barchasini to'plab, «Zafarnoma» nomli kitob yozibdi va No'`shiravonga taqdim etibdi. Kitobning bir necha sahifasini o'qib ko'rgan No'`shiravon qattiq ta`sirlangach, ushbu hikmatli so'zlarni oltin harflar bilan yozishni buyuribdi. Quyida ularning ayrimlarini e`tiboringizga havola etamiz.

TAHRIRIYAT

to`liq
VATANDAN TASHQARIDA VATAN YO'Q
13.06.2008 16:52 / 560 marta o`qilgan
Mahalla - Vatanning o'zak  nuqtasi, jamiyat poydevoridir. Osoyishtalik, tinchlik va barqarorlik qaror topgan yurtgagina bayramlar, to'yu tantanalar yarashadi. to`liq
NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLAR: SOLIQ TO'LASHDA IMTIYOZ BORMI?
13.06.2008 16:36 / 525 marta o`qilgan
O'zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasida O'zbekiston Respublikasida nodavlat notijorat tashkilotlarning soliq to'lovlariga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi. Fuqarolik jamiyatini o'rganish instituti va Huquqiy muammolarni o'rganish markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda nodavlat notijorat tashkilotlar, soliq idoralarining mas`ul xodimlari hamda jurnalistlar ishtirok etdi. to`liq

Sahifalar: 1 2 3