Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

Jamiyat Mahorat maktabi
ACHCHIQNI ACHCHIQ KESADI
13.06.2008 17:11
Tarixchilarning guvohlik berishicha, qalampir eramizdan bir necha ming yillar avval madaniylashtirilgan. U hozirda dunyoning biror-bir joyida yovvoyi holda uchramaydi.

Qalampir ko'pgina mamlakatlarda, xususan, O'rta Osiyo, Ukraina, Kavkazda keng ko'lamda yetishtiriladi. Tibbiyotda esa, asosan qalampirning ikki xil turi qayd etiladi. Biri sabzavot sifatida ro'zg'orda ishlatilsa, ikkinchisidan tibbiyotda dori-darmon tayyorlashda foydalaniladi.

O'tkir qalampir navlari o'zining achchiq mevasi tufayli ishtaha ochuvchi, shamollash bilan bog'liq bo'lgan kasalliklarni - revmatizm, radikulit kabi xastaliklarda dorivorlik xususiyatiga ega.

Qalampirning chuchuk navi tarkibida quruq moddalar, qand, kraxmal, oqsil, moy, kletchatka, vitamin S kislotasi kabi moddalar bilan bir qatorda natriy, kaliy, magniy, kalsiy, temir, fosfor tuzlari ham mavjud.

O'tkir qalampir tarkibida esa chuchugidan farqli o'laroq, yuqorida keltirilgan moddalardan tashqari, o'ziga xos achchiq - alkoloid kapsoitsin moddasi, efir moylari, steroidli saponinlar va kartonoidlar bor.

Odatda, chuchuk qalampir sabzavot sifatida turli taom va salatlar, shuningdek, konservalar tayyorlashda keng ko'lamda ishlatiladi. Ammo o'tkir qalampir oshqozon, ichak, jigar, buyrak, shuning­dek, ekzema bilan og'rigan kishilarga zararli bo'lgani uchun tavsiya etilmaydi.

O'tkir qalampirning spirt­li qorishmasi ovqat hazmini yaxshilovchi, me`da shirasini uyg'unlashtiruvchi vosita hamdir. Qalampir bakteritsidlik xususiyatiga ega bo'lganligi tufayli uni oshqozon-ichak yo'lining buzilishida tomchi ko'rinishida iste`mol qilinadi.

Mohigul QOSIMOVA,

«Jamiyat» Mahorat maktabi tinglovchisi

543 marta o`qilgan