![]() |
![]() |
![]() |
Jamiyat Mahorat maktabi
Ertaning masalasi bugun yechiladi
18.05.2009 14:46
Fuqarolik jamiyatini o'rganish instituti va Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamkorligida joylarda aholining ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, joriy yilda mamlakatimizda parlament va mahalliy kengashlarga bo'lib o'tadigan saylovlar jarayonida saylovoldi targ'ibot-tashviqot ishlarida partiya elektorati vakillarining faol ishtirokini ta`minlash masalalariga bag'ishlangan davra suhbatlari va ilmiy-amaliy seminarlar o'tkazilmoqda. Shu yil 11-12 may kunlari Xorazm viloyatining Urganch shahrida mazkur yo'nalishdagi navbatdagi ana shunday mintaqaviy seminar-trening bo'lib o'tdi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Fuqarolik jamiyatini o'rganish instituti vakillari O'zLiDePning Xorazm viloyati, Qoraqalpog'iston Respublikasi kengashlarining «Ayollar qanoti» faollari hamda siyosatshunos olim va mutaxassislar ishtirok etgan tadbirda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishida jamoat tashkilotlarining o'rni hamda O'zbekistonda siyosiy partiyalar faoliyatining siyosiy-huquqiy asoslari, shuningdek, respublikamizda xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari borasidagi masalalar ishtirokchilar diqqat markazida bo'ldi. Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili Davlat dasturida hamda Prezidentimiz Islom Karimovning «Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish - davr talabi» nomli ma`ruzasidan kelib chiqadigan partiya faollari oldidagi dolzarb va ustuvor vazifalarning bajarilishi hamda uni partiyaning quyi tizimlari faoliyatiga kengroq tatbiq etish borasidagi asosiy chora-tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Seminar-treningda fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish uchun saylov qonunchiligi va unga kiritilgan o'zgartirish hamda qo'shimchalar, ularning mazmuni, shuningdek, saylovlar jarayonida eng faol sub`ekt hisoblanadigan siyosiy partiyalar, ularning saylovlardagi ishtiroki hamda bu boradagi xorijiy mamlakatlar tajribasiga oid ma`lumotlar haqida siyosatshunos mutaxassislarning ma`ruzalari tinglandi. Bugungi kunda davlat qurilishi va boshqaruvi tizimini rivojlantirishda, xususan, qonunchilik hokimiyatining roli, ta`sirini kuchaytirish, ijro etuvchi hokimiyat organlari tashkiliy huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, qonunlar va hukumat qarorlarini bajarish mexanizmi qanday yo'lga qo'yilgani, demokratik usullardan foydalanish va jamoatchilik nazoratini o'rnatish kabi masalalar to'g'risida batafsil to'xtalib o'tildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari O'zbekistonda saylovlarni tartibga soluvchi me`yoriy-huquqiy hujjatlar ahamiyati va mohiyati bilan yaqindan tanishib, davlat hokimiyati organlarining shakllanishida birlamchi omil hisoblangan saylov orqali hokimiyat tizimini shakllantirish qonuniyatlari, ularning tadrijiy rivoji va tashkiliy-huquqiy asoslarini o'rganish yuzasidan ham batafsil ma`lumotlarga ega bo'ldi. Mutaxassislarning jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, uning kelib chiqish sabablari va oqibatlari yuzasidan qarashlari bilan o'rtoqlashildi. Xususan, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda 2009-2012 yillarga mo'ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturini amaliyotga keng tatbiq etish jarayonlarida siyosiy partiya faollari ishtirokini kuchaytirish nihoyatda zarur ekani qayd etildi. Ayni paytda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, hududlardagi korxonalarga zamonaviy texnologiyalarni keng jalb etish, yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilik o'rtasidagi kooperatsiyani rag'batlantirish barobarida yangi ish o'rinlarini yaratish masalalari moliyaviy inqirozning mamlakatimiz iqtisodiy hayotiga ta`sirini kamaytirishi, bunday dolzarb masalalar esa bugunning kechiktirib bo'lmas vazifalaridan ekani ta`kidlandi. Seminar-trening jarayonida davomli tarzda interfaol mashg'ulotlar tashkil qilinib, ko'plab tashabbuslar, taklif-mulohazalar to'plandi. Bildirilgan tashabbus va takliflar, loyihalar asosida joriy yilda mamlakatimizda bo'lib o'tadigan saylovlar oldidan va saylov jarayonlarida partiya «Ayollar qanoti»ning maxsus harakat Dasturini ishlab chiqishga kelishib olindi. Tadbir yakunida saylov jarayonlarida hamda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishida siyosiy partiyalar faollari va xodimlarining xotin-qizlar bilan ishlash masalalariga qaratilgan loyihalari taqdimoti bo'lib o'tdi. Zohid USMONOV, «Jamiyat» Mahorat maktabi tinglovchisi
475 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Ðàçðàáîòêà è õîñòèíã UZINFOCOM. Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER |
|