![]() |
![]() |
![]() |
Jamiyat Mahorat maktabi
Mahorat amaliyot hosilasidir
18.05.2009 14:20
Mahorat maktabida tinglovchi sifatida saboq olayotganimizga ham bir qancha vaqt bo'lib qoldi. To'g'risini aytganda, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondi mablag'larini boshqarish bo'yicha Parlament komissiyasi tomonidan qo'llab-quvvatlangan mazkur maktab tanlagan kasbimga bo'lgan mehrimni yanada oshirdi. Jurnalistikaga bo'lgan munosabatim yanada chuqurlashdi. Mahorat amaliyotda oshishiga ishonch hosil qildim. Chunki, bu yerda universitetda olayotgan nazariy bilimimizni yanada mustahkamlash bilan birgalikda, bevosita amaliyotda ham ishtirok etayapmiz. Biz tahririyat faoliyati bilan tanishish barobarida xabar, axborot yozishdan tortib, tahririyat ishini yo'lga qo'yishgacha, umuman, gazetachilikning butun sir-asrorlarini o'rganayapmiz. Tahririyatda biz uchun, ijodiy jamoa bilan yonma-yon ishlash, gazeta chiqarish jarayonida to'la ishtirok etish imkoniyati yaratilgan. Mahorat maktabi mashg'ulotlari jarayonida taniqli jurnalistlar bilan uchrashuvlar ham uyushtirilayotir. Ustozlar tajribasi biz uchun o'rnak. Shu ma`noda, suhbatga taklif etilayotgan ustoz-jurnalistlar, mutaxassislar o'z fikr-mulohazalari va tajribasi bilan kasb sirlaridan voqif etib borayotgani nainki bugun, balki kelajakda ham faoliyatimizda juda asqotishi, shubhasiz. Bir so'z bilan aytganda, Mahorat maktabi biz uchun juda foydali bosqich vazifasini o'tamoqda. Bundan barcha tinglovchilar - tengqurlarim qatori men ham bag'oyat mamnunman. Sherzod BOLLIYEV, «Jamiyat» Mahorat maktabi tinglovchisi
419 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Разработка и хостинг UZINFOCOM. Система управления сайтом MANAGER |
|