![]() |
![]() |
![]() |
Jamiyat Mahorat maktabi
OLTINDAN QIMMAT HIKMATLAR
13.06.2008 16:54
Odilligi bilan tanilgan hukmdor No'`shiravon bir kuni vaziri Buzrugmehrni huzuriga chaqirib, shunday debdi: - Ey Buzrugmehr! Sendan qisqa, lekin ma`noli, mazmuni maqsadni to'liq ifodalaydigan bir nechta so'z aytishingni istayman. Bu so'zlar dunyo va oxiratda menga yordam bersin va mendan keyingilarga ham foydasi tegsin. Qolaversa, ularga amal qilgan kishilar o'zlarining barcha dushmanlari ustidan g'alaba qozonsinlar. Hukmdorning gaplarini eshitgan Buzrugmehr undan bir yil muhlat so'rabdi. So'ng ustozining oldiga boribdi. Bir yil davomida ustoziga turli savollar berib, javoblarini yozib olibdi. Keyinchalik barchasini to'plab, «Zafarnoma» nomli kitob yozibdi va No'`shiravonga taqdim etibdi. Kitobning bir necha sahifasini o'qib ko'rgan No'`shiravon qattiq ta`sirlangach, ushbu hikmatli so'zlarni oltin harflar bilan yozishni buyuribdi. Quyida ularning ayrimlarini e`tiboringizga havola etamiz. TAHRIRIYAT - Yoshlikda nima muhim? Qarilik qachon qimmatli? - Yoshlikda ilm o'rganish muhim. Keksalikda olgan ilmlar kelajak avlodlarga yaxshi o'rnak bo'la olgan taqdirdagina qimmatga ega. - Inson obro'sini nima yo'qotadi? - Fazilatlari bilan maqtanish. - Yigitlik qachon bilinadi? - Intiqom olishga kuchi yeta turib, kechira olgan paytda. - Kishining qaysi aybi zararli? - O'zi sezmagan aybi. - Bir joyga ekilib, ikki joyda hosil beradigan urug' qaysi? - Orif kishilarga qilingan yaxshilik. Chunki, bu yaxshilik evaziga yaxshilik qaytadi. - Inson qaysi paytda tubanlashadi? - To'rt holatda: kattalar xasislik qilganida, olimlar ilmi bilan g'ururlanganda, a±llardan ha± ko'tarilganda va erkaklar ±lg'on gapirganda. - Mol-dun± nima uchun kerak? - Insonlarning haqini berish, ota-onani boqish, dushmanni do'st, faqirni boy qilish uchun. - Tabibga murojaat qilmaslik uchun nimalarga rioya etish lozim? - Oz yeyish, oz uxlash, oz gapirish va hech kim bilan nizolashmaslik kerak. - Pastkashlik qanday yuzaga keladi? - Insonlarning qo'lidagi narsaga ko'z tikish bilan. - Insonlar qalbiga yo'l qanday topiladi? - Kishilarga to'g'ri munosabatda bo'lish va til bilan birovning ko'nglini og'ritmaslik orqali. - Kishining fazilati nimada ko'rinadi? - Minnatsiz tavoze ko'rsatishi va dun±da foydasini o'ylamasdan qilgan saxiyligida. - Yaxshilik nima? - Biron kishining aybini yuziga solmaslik, fosh qilib boshqalarga oshkor etmaslik. - Tanga foyda, ammo yegulik emas... - Yumshoq va oppoq kiyim, xushbo'y hid, yaxshilik, do'stlar bilan diydorlashish, bog'-rog'larni kezish, ulug' olimlarni zi±rat etish, muzdek suvda yuvinish, ichkilikdan uzoq bo'lish, ±tishdan oldin issiq ichib, boshqa hech nima iste`mol qilmaslik. «Jamiyat» Mahorat maktabi tinglovchisi Xurshid NE`MATOV tayyorladi. 577 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Ðàçðàáîòêà è õîñòèíã UZINFOCOM. Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER |
|