![]() |
![]() |
![]() |
Jamiyat Mahorat maktabi
Suvqiyg'ir
18.05.2009 14:45
Ona tabiat o'simliklar, jonivorlar, hayvonot dunyosiga boy. Biroq, bugungi kunda ularning noyob turlari yo'qolib ketayotgani achinarlidir. Suvqiyg'ir ana shunday yo'qolib ketayotgan noyob turdagi qushlar sirasiga kiradi. Suvqiyg'ir tabiatan ko'chmanchi Paleartika kenja turiga mansub bo'lib, mamlakatimizning asosan Xorazm viloyatida uchraydi. Bu qush O'zbekistondan tashqari Yevropa, Osiyo va Afrika shimoli va janubida, Avstraliyaning okeanga tutash hududlarida ham uchraydi. Asosan tekisliklar va tog' etaklarida, suvi tiniq havzalarda hayot kechiradigan bu qushning soni ancha kamayib, yo'qolib ketish arafasida turibdi. Suvqiyg'irning bahorgi uchib o'tishi mart-may oylariga to'g'ri keladi. Daraxtlar, simyog'ochlar ustiga in qurib, o'ziga makon tutadi. Ayrim manbalarda qayd etilishicha, ular asosan may-iyun oylarida 2-3 ta tuxum qo'yib, 25 kun mobaynida bosib yotadi. Poloponlari iyun-iyul oylarida uchirma bo'ladi. Ko'pincha baliqlar bilan oziqlanadigan suvqiyg'irning hayotiga xavf soladigan omillardan biri suv rejimining o'zgarishi, yashash joylarining qisqarishidir. Hozirgi kunda bu noyob qushning soni sezilarli ko'paytirilmagan bo'lsa-da, hayvonat bog'larida parvarishlanadi. Suvqiyg'ir davlatimiz tomonidan muhofazaga olinib, O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan. O'rinbek TOG'AYMURODOV, «Jamiyat» Mahorat maktabi tinglovchisi
360 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Разработка и хостинг UZINFOCOM. Система управления сайтом MANAGER |
|