![]() |
![]() |
![]() |
Jamiyat Mahorat maktabi
Torg'oq
25.05.2009 14:56
Ushbu qush kamyob bo'lib, ko'chmanchi janubi-g'arbiy Palearktika turiga mansub. U mamlakatimiz hududida janubiy Orolbo'yi, Kattaqo'rg'on, Chordara suv omborlari, Aydarko'l, Sirdaryoning quyi oqimida (uchib o'tish), shuningdek, Ukraina, Rossiya g'arbi, Qozog'istonning dasht hududlari (uyalash) hamda Shimoliy Afrika, Hindiston, Pokiston, Eron (qishlash) kabi davlatlar hududlarida uchraydi. Torg'oq ko'pincha tekisliklardagi suv havzalarining botqoqlashgan qirg'oqlarida yashaydi. Bu qushning 30-40 yil muqaddam umumiy soni 10-20 tadan iborat mayda galalari uchib o'tgani qayd etilgan. Bugunga kelib, yakka holda yoki mayda guruh (3-5) bo'lib uchrab turadi. U asosan suv umurtqasizlari bilan oziqlanadi. Mamlakatimiz hududidan bahorgi mavsumda fevral-aprel oylarida, kuzgi mavsumda esa iyul-oktyabr oylarida uchib o'tadi. Janubiy Orolbo'yida suv rejimining o'zgarishi va Qozog'iston cho'llarining o'zlashtirilishi tufayli torg'oqning yashashi uchun qulay bo'lgan sharoit va mintaqalar kamayib ketgan va ular sonining qisqarishiga olib kelgan. Torg'oqni ovlash taqiqlangan, «O'zbekiston qizil kitobi»ga kiritilgan ushbu noyob qush Sudochye, Tuzkon ko'li buyurtmaxonasida muhofaza ostiga olingan. O'rinbek TOG’AYMURODOV, «Jamiyat» Mahorat maktabi tinglovchisi 447 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Ðàçðàáîòêà è õîñòèíã UZINFOCOM. Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER |
|