Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

Jamiyat Mahorat maktabi
Universitetda o'tgan uchrashuv
18.05.2009 14:48

Yaqinda O'zbekiston Milliy universitetida yoshlar o'rtasida OITS va giyohvandlik kabi illatlarning oldini olish masalalariga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda mutaxassislar, shifokorlar, professor-o'qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Aytish joiz, bugun ushbu muammo global miqyos­ga ko'tarildi. Dunyoda OITSga chalinganlar soni borgan sari oshib bormoqda. Ularning orasida eng ko'p tarqalish xavfi giyohvand moddalar iste`mol qiluvchi kishilar ekani hech kimga sir emas. Ularning orasida yoshlarning ham ko'pchilikni tashkil etishi achinarli holdir. Shu bois, yoshlar o'rtasida ushbu illatlarga qarshi kurashish borasida keng ko'lamli tushuntirish ishlari olib borish, sog'lom turmush tarzini targ'ib etish juda muhim vazifadir. 

Anjuman ishtirokchilari ta`kidlaganidek, bu borada yoshlar o'rtasida ushbu illatlarning zarari, oqibatlari haqida to'g'ri tushuncha berish muhim rol o'ynaydi. Ayniqsa, tadbirlarning ta`lim muassasalarida tashkil etilishi yaxshi samara beradi.

Maftuna SUYAROVA,

«Jamiyat» Mahorat maktabi tinglovchisi

 

405 marta o`qilgan