Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

Jamiyat Mahorat maktabi
Vatan qadri
25.05.2009 14:26

- Qaldirg'och, iningni qanday topasan?

Men in qurgan uy ko'zimga oftob bo'lib ko'rinadi.

Qadimda bobolarimiz uzoq safarga chiqishayotib Yaratganga tavakkal qilgancha bugun va ertaning nasibasi borligiga ishongan holda  odimlasharkan. O'zlari bilan birga nondan tashqari bir siqim Vatan tuprog'ini olishni ham kanda qilishmas ekan. Aytishlaricha, bu muqaddas tuproq ularni yovuzlik, tuhmat, kasalliklar, ofatu g'aflatdan asrarkan.

Vatandan tashqarida baxt yo'q, har kim jonajon yurtida ildiz otsin. Olisdagi bir katta davlatda istiqomat qilayot­gan o'zbeklar oilasiga mehmon bo'lgan bir jurnalist taassurotlarini ko'zida yosh bilan aytib bergandi:

- Vatanning qadrini musofir bo'lmaguncha bilmas ekansan... Xorijdagi bir vatandoshimiz ijodxonasi tomon boshlarkan, kiraverishda eshik tepasida qo'yilgan kaftdek tumorni ko'ziga surtdi-da, so'ng ichkariga qadam bosdi. Razm solib qarasam, zarrin iplarda «Vatan tuprog'i» deya yozilgan edi... Ko'zimga yosh qalqidi. Surishtirsam, bu odam qatag'on yillarida vatandan chiqib ketayotganida olgan bir siqim tuprog'ini yarim asrdan buyon ko'z qorachig'idek asrab kelarkan.

Nemis adibi Gustav Freytag yozganidek, har kimning qalbida o'z xalqining jajji qiyofasi yashaydi. Bu qiyofa har joyda, har vaqtda, har qanday sharoitda zohir bo'ladi.

Shularni o'ylaganda bir fikr bezovta qiladi: musofir bo'lmay turib ham Vatanning qadriga yetsak bo'ladi-ku?

Shunday emasmi?!

Sarvar TO'RAYEV,

«Jamiyat» Mahorat maktabi tinglovchisi 

 

447 marta o`qilgan