Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

Jamiyat Mahorat maktabi
VATANDAN TASHQARIDA VATAN YO'Q
13.06.2008 16:52
Mahalla - Vatanning o'zak  nuqtasi, jamiyat poydevoridir. Osoyishtalik, tinchlik va barqarorlik qaror topgan yurtgagina bayramlar, to'yu tantanalar yarashadi.

Go'zal Toshkentning «Ko'kcha» dahasidagi «Islomobod» mahallasining o'ziga xos tarixi va an`analari bor. Bu yerdan ko'plab olimu fuzalolar, hunarmand-ustalar yetishib chiqqan. Mahallada har bir bayram hamjihatlik asosida o'tkaziladi. Bayramlarga shu mahallada tug'ilib, ayni paytda xorijda istiqomat qila±tgan vatandoshlarimiz ham mehmon bo'lib turishadi. Ulardan biri - isroillik Yoqub Baratov Navro'z bayrami arafasida o'z fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashdi:

- Aslida men jannatmonand di±r­da, ana shu azim shaharda, shu mahallada tug'ilib, o'sib-ulg'ayganman, - deydi u hayajon bilan. - Dun± kezib shunga amin bo'ldimki, O'zbekistondagi mehmondo'stlik boshqa hech qayerda yo'q. Isroilga borganimda, O'zbekistonim bilan haqli ravishda faxrlanib yashayman. 

Mahalladagi har bir bayram tantanalari milliy cholg'u asboblari - karnay-surnay sadolari ostida kechadi. Mehmonning har bir mahalladoshi bilan tanisa-tanimasa quchoq ochib ko'rishishi, hayajonlanishi zamirida uning ona-yurtiga bo'lgan behisob sog'inchi aks etib turibdi. Ko'zlaridan siza±tgan ±shlarni sekin artib qo'yarkan, xa±lga toldi. Ehtimol, mahalladoshlarini ko'rib, qay bir xotirasi uyg'onib ketgandir. Shu kunlarga yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar aytayotgandir.

- Men taqdir taqozosi bilan Isroilga oila a`zolarim bilan ko'chib ketdim, - deya so'zida davom etdi u. - U yerda yetarlicha mablag', boylikka ega bo'ldim, hamma narsa bor, faqat O'zbekistonni topolmadim. Aniqrog'i, Vatandan tashqarida Vatan yo'q ekan! Bu benazir di±r­ga bo'lgan mehrimni ifoda etishga ojizman, siz buni tasavvur ham qilolmaysiz! Bugungi Toshkentni ko'rib, ko'zim yayraydi. Uning ko'rki, fayzu tarovati, jamoli o'zgacha. Shahar yanada go'zallashib, chiroy ochibdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahrining 2200 yilligini nishonlashga tay±rgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida»gi qarorini  matbuotda o'qib, hayajonlanib ketdim. Yurtim doimo ohanrabodek o'ziga tortaveradi meni. Xullas, polopon o'z uyiga talpingani singari men ham O'zbekis­tonga talpinaveraman. Bu, muqaddas sog'inchdir!

Dilrabo OBIDOVA,

«Jamiyat» Mahorat maktabi tinglovchisi

593 marta o`qilgan