Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

Jarayon
Tashabbus yozgan qanot
09.04.2010 23:25 / 132 marta o`qilgan

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy bo'g'inlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham ushbu tarmoqqa bo'lgan e`tibor yildan-yilga ortib bormoqda. Bu esa, o'z navbatida, ijobiy samarasini berayotir. Masalan, o'tgan yil mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 50 foizi aynan kichik biznes sub`ektlari hissasiga to'g'ri keldi. Bu, 2000 yilga nisbatan 20 foizga ko'p demakdir.

to`liq
Iftixorga munosib yutuqlar
09.04.2010 23:22 / 146 marta o`qilgan

Yaqinda poytaxtimizdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida O'zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta`lim, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi, «Polvonlar milliy ensiklopediyasi» jamiyati, Kurash xalqaro assotsiatsiyasi, Sharq yakkakurashlari va jang san`ati markazi hamkorligida «Barkamol avlod tarbiyasida milliy sport o'yinlarining o'rni va ahamiyati» mavzuida ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, partiya faollari, tegishli mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari, sportchilar, talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

to`liq
Baxt va bahor bayrami
09.04.2010 23:01 / 175 marta o`qilgan

Yangilanish va ezgulik timsoli bo'lgan Navro'z elimizning ardoqli bayramlaridan biri sanaladi. Davlatimiz rahbari «Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch» asarida ta`kidlaganidek: «Barchamiz doimo orziqib kutadigan va katta xursandchilik, shodiyona bilan o'tkazadigan Navro'z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining, ko'p ming yillik qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasi bo'lib kelmoqda».

to`liq
G’oyalar yarmarkasi: fan va sanoatni yanada yaqinlashtirdi
09.04.2010 22:21 / 146 marta o`qilgan

1-3 mart kunlari poytaxtimizdagi "O'zekspomarkaz"da III Respublika innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi bo'lib o'tdi. Sanoat, qishloq xo'jaligi, farmatsevtika, sog'liqni saqlash, axborot texnologiyalari, fan va ta`lim yo'nalishlari bo'yicha tashkil etilgan yarmarkada O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta`lim, Sog'liqni saqlash, Qishloq va suv xo'jaligi vazirliklari, Fanlar akademiyasi hamda boshqa idoralar tasarrufidagi 120 dan ortiq ilmiy-tadqiqot, oliy ta`lim, tajriba-konstruktorlik muassasalari vakillari, kichik innovatsiya korxonalari va ixtirochilar o'zlarining 600 dan ortiq  texnologiyalari, ishlanma va g'oyalari bilan ishtirok etdi. Jumladan, yarmarkada yosh olimlar va talabalarning 63 ta, "Kelajak ovozi" tanlovi g'oliblarining esa 18 ta ishlanmalari taqdim etilgani e`tiborlidir.

to`liq
Iqtisodchi qizning izlanishlari
09.04.2010 22:01 / 156 marta o`qilgan

Bugungi kunda iste`dodli, bilimli va zukko yoshlarga qaratilayotgan e`tibor, ularni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar yurtimizning porloq kelajagi uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Bunda, ayniqsa, o'sib kelayotgan yoshlarning adabiyot, san`at, siyosat, iqtisodiyot hamda boshqa turli sohalardagi qiziqish va intilishlarini rag'batlantirish, yangi iste`dodlarni kashf etish maqsadida ta`sis etilgan turli mukofotlar, stipendiyalar, o'tkazilayotgan ko'rik-tanlovlar hamda ijodiy musobaqalar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

to`liq
Kichik biznes istiqbollari
09.04.2010 16:07 / 130 marta o`qilgan

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishdagi ulushi yil sayin ortib bormoqda. 2009 yilda tayyorlangan mahsulotlar salmog'ining 50 foizi ana shu tarmoq vakillari hissasiga to'g'ri kelgani ham amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy samara berayotganini ko'rsatdi.   

to`liq
Ma`naviy yuksalish mezonlari
10.01.2010 13:25 / 360 marta o`qilgan

Davlatimiz rahbarining «Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch» asarida odamzod uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo'lib kelgan ma`naviyatning ma`no-mazmuni, uning inson va jamiyat hayotidagi o'rni va ahamiyati, bu murakkab va serqirra tushunchaning nazariy va amaliy tomonlari har tomonlama keng qamrovli fikr va xulosalar orqali tahlil etiladi.

to`liq
Saylov: ochiq-oshkora, demokratik tamoyillarga mos ravishda o'tdi
04.01.2010 13:34 / 265 marta o`qilgan

Yakuniga yetgan yilning eng muhim tadbiri - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputatlar saylovi bo'lib o'tdi.

to`liq
Yuksak orzular bilan ezgu manzillarga
04.01.2010 13:29 / 220 marta o`qilgan

Inson qalbidagi orzu-niyatlar ummoni har birimizni ertangi kun umidi bilan yashashga undaydi. Ayniqsa, Yangi yil ostonasidagi o'y-xayollar chek-chegara bilmaydi. Yigirma birinchi asrning yana bir yilini tarixga kuzatar ekanmiz, yil davomida el-yurtimiz hayotidagi muhim va unutilmas voqealarni, boshimizdan kechirgan quvonchli kunlarni eslab, boshlangan yangi yilda yutuq va muvaffaqiyatlarimiz salmog'i bundan-da yuksakroq bo'lishini niyat qildik. 

to`liq
Yangi yil shukuhi
04.01.2010 13:19 / 196 marta o`qilgan

Ezgu niyat va yuksak orzular og'ushida kutib olingan Yangi yil bayrami o'tgan yilgi ishlarimizni sarhisob qilib, yaxshi niyatlar bilan keyingi yilga zamin tayyorlaydigan unutilmas bir kundir. Aytish joiz, yangi yil yaqinlashishi bilan mamlakatimizning barcha go'shalarida yangi yil archalari bezatilib, turli ko'ngilochar tadbirlar o'tkazilishi yaxshi an`ana tusini olgan. An`anaga muvofiq, yurtimizda bu yil ham Yangi yil tantanalarini yuqori saviyada o'tkazishga jiddiy tayyorgarlik ko'rildi.

to`liq

Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53