|
ZAMONAVIY TIBBIY YORDAM
03.08.2007 15:18 / 540 marta o`qilgan
sog'liqni saqlash tizimidagi islohotlarning muhim bo'g'ini Mamlakatimizda sog'liqni saqlash va ijtimoiy himoyaga doir konstitutsiyaviy huquqlarni ta`minlash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Tibbiyot tizimida boshlangan bunday islohotlar tobora chuqurlashib, miqyosi va ko'lami kengayib borayapti. Sog'liqni saqlash sohasini zamon talablari darajasiga ko'tarish bosh maqsadga aylangan. Aytish mumkinki, bu yo'lda muayyan ishlar qilindi va qilinmoqda. Jumladan, bundan sakkiz yil burun Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining (RShTYoIM) tashkil etilishi salmoqli, faxrlansa arzigulik ish bo'lgan edi. Muxbirimiz RShTYoIM Samarqand filiali direktori, tibbiyot fanlari doktori Jamshid ATXAMOV bilan suhbatlashdi. to`liq
|
|
JAMIYATNI DEMOKRATLASHTIRISHNING MUHIM BOSQICHI
28.07.2007 14:55 / 533 marta o`qilgan
 2008 yil 1 yanvardan boshlab O'zbekistonda o'lim jazosi bekor qilinishi mamlakatimizda chinakam huquqiy davlat barpo etish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo'lidagi muhim qadam bo'ldi. Binobarin, Yurtimiz mustaqillikka erishganidan buyon jinoyat va jazo tizimini liberallashtirish borasidagi vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. to`liq
|
|
AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI
28.07.2007 14:52 / 497 marta o`qilgan
davlat va jamiyat xizmatida XXI asr boshidanoq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qariyb butun dun±ni zabt etdi. Chunki, ushbu texnologiyalar asosida ishlovchi elektron tizim jahon ommasining turfa qatlamlari manfaatlariga, qiziqishlarini yetarli darajada hisobga oladi. Tizim salohiyati o'zaro aloqa va axborot ayirboshlashning yangi shakllari hamda imkoniyatlarini namoyon etadi. to`liq
|
|
XAYRIYA AKSIYASI BO'LIB O'TDI
28.07.2007 14:46 / 421 marta o`qilgan
"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashida "Qandli diabet bilan kasallangan bemor bolalar va o'smirlar uchun" xayriya aksiyasi bo'lib o'tdi. Mazkur tadbir hukumatga qarashli bo'lmagan "Sog'lom avlod uchun" xalqaro xayriya jamg'armasi hamda O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi hamkorligida tashkillashtirildi. to`liq
|
|
OMMAVIYLIKNI KO'ZLAGAN TURNIR
28.07.2007 14:43 / 442 marta o`qilgan
Sportning ommalashuvi va rivojlanishida turli turnirlar, musobaqalar muhim ahamiyatga ega. Binobarin, bunday tadbirlar bo'lajak Olimpiya, Osiyo va Jahon chempionlarini saralab olishda asosiy vosita hisoblanadi. Shu jihatdan kuni-kecha g'oliblari aniqlangan, badminton bo'yicha ilk bor tashkil etilgan "Kamolot kubogi" turniri mamlakatimiz Istiqloli bilan tengdosh o'g'il-qizlar orasidan mohir va chaqqon, iste`dodli va qobiliyatli sportchilarni tanlab olish bilan birga badmintonning yurtimizda yanada rivojlanishiga zamin yaratdi. to`liq
|
|
"Toshguzar - Boysun - Qumqo'rg'on" temir yo'li qurilishida
23.07.2007 11:46 / 539 marta o`qilgan
MUQARRARLIK MEZONLARI Ma`lumki, davlatimiz Rahbari shu yil 12 fevral kuni 2006 yil yakunlari va 2007 yilning muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasida bo'lib o'tgan majlisda qilgan ma`ruzasida iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlarga, ayniqsa, kommunikatsiya tizimlari - temir yo'l va avtotransport infratuzilmasi, elektr, gaz va suv tarmoqlarini rivojlantirishga jiddiy e`tibor qaratdi. Jumladan: "2007 yilda janubiy yo'nalishda - yangi Toshguzar - Boysun, Qumqo'rg'on temir yo'li bo'ylab poyezdlar qatnovini yo'lga qo'yish ko'zda tutilmoqda. Bu yirik loyihaga 450 million AQSh dollariga yaqin xorijiy va mahalliy investitsiya yo'naltirilganini alohida ta`kidlash lozim. to`liq
|
|
NAMANGANDA NAFOSAT VA EZGULIK BAYRAMI
23.07.2007 11:33 / 540 marta o`qilgan
To'maris - Sharq ayoli uchun jasurlik, chaqqonlik, matonat timsoli bo'lib kelgan. Bugungi o'zbek ayoli uchun, shubhasiz, bunday fazilatlar momomeros an`analardir. to`liq
|
|
"SHARQ TARONALARI" DUNYONI CHORLAMOQDA
23.07.2007 11:16 / 580 marta o`qilgan
Ko'hna Samarqand qadimdan ulug' shodiyonalar, to'yu tantanalar, qutlug' bayramlar maskani bo'lib kelgan. Sohibqiron Amir Temur davrida Konigil maydonida o'tkazilgan Navro'z shodiyonalari, katta-katta san`at bayramlarini tarixchilar zo'r iftixor bilan yozganlar. Ularda dunyoning yetti burjidan kelgan mehmonlar, san`atkorlar ishtirok etib, o'z san`atlarini namoyish etishgan. to`liq
|
|
BUNYODKOR AVLOD SHIJOATI
23.07.2007 11:07 / 678 marta o`qilgan
Mustaqillikning 16 yilligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, qator vazirlik, tashkilot va idoralar hamkorligida talabalarning yozgi ta`til davomidagi bo'sh vaqtlarini foydali mehnatga jalb etish va ularni ijtimoiy himoyalash maqsadida respublikamizdagi barcha oliy ta`lim muassasalarida "Bunyodkor" talabalar mehnat otryadlari tashkil etilgani haqida gazetamizning avvalgi sonlarida xabar bergan edik. to`liq
|
|
BOLALAR QUVONCHIDAN YASHNAYOTGAN OLAM
13.07.2007 15:20 / 668 marta o`qilgan
 Bugun yuksak tog'lar bag'ridagi xushhavo oromgohlarda baxtiyor farzandlarimizning sho'x ovozlari, shodon kulgulari yangramoqda. Zilol chashmalar, o'ynoqlab oqib yotgan irmoqlar ham ularning zavq-shavqlaridan fayzga to'lgan. Shahrisabzning go'zal Miroqi tog'larida joylashgan "Lochin" sog'lomlashtirish oromgohida bolajonlarning hayrat va hayajonga limmo-lim o'yin-kulgulari ertadan kechgacha tinmaydi. Bu maskanda har yili yozda ikki mingdan ortiq farzandlarimiz dam oladi. Oqsuv daryosi mavjlanib oqadigan xushhavo sohildagi bu oromgohda Sho'rtan gaz-kimyo majmui ishchi-xizmatchilarining farzandlari ham yozni maroqli o'tkazishmoqda. to`liq
|