|
|
Jarayon
|
DEMOKRATIK O'ZGARISHLARNING YUKSAK BAHOSI
13.07.2007 14:51 / 527 marta o`qilgan
yoxud kunchiqar mamlakat nigohida O'zbekiston Istiqlolning o'n olti yilligini nishonlash arafasida turgan O'zbekiston uchun dunyo darvozalari allaqachon ochilgan. Zero, bugungi kunda bir necha o'nlab mamlakatlarda yurtimiz bayroqlari hilpirab turishi barcha o'zbekistonliklarni va, ayniqsa, o'sha o'lkalarga tashrif buyurib, mamlakatimizga bo'lgan qiziqish va ehtiromni o'z ko'zi bilan ko'rgan yurtdoshlarimiz g'urur va iftixor tuyg'usini his qilishlari ayni haqiqatdir. to`liq
| |
INSONPARVARLIK - ENG OLIY MEZON
06.07.2007 12:40 / 467 marta o`qilgan
Mamlakatimiz huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo'lidan izchillik bilan rivojlanib bormoqda. Bu jarayonda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta`minlashga e`tibor yanada ustuvorlik kasb etmoqda. Mamlakatimizda nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi sohalarida, balki sud-huquq tizimida ham amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari bugun jamiyatimiz hayotida ro'y berayotgan ijobiy o'zgarishlarda namoyon bo'lmoqda. to`liq
| |
MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH VA HUQUQIY MADANIYAT
06.07.2007 12:17 / 482 marta o`qilgan
fuqarolik jamiyati qurishning asosiy shartlaridan biridir Ushbu fikr so'nggi yillarda matbuotda, nufuzli minbarlaru davra suhbatlarida tez-tez tilga olinmoqda. Chunki, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o'tishdek mas`uliyatli bir davrda malakali kadrlarga hamda aholi huquqiy ongi va madaniyatini yanada ko'tarishga ehtiyoj va zarurat bor. Buning uchun birinchi galda huquq-tartibot sohasi mutaxassislaridan yetuk bilim, katta mas`uliyat va eng muhimi, xolislik mezoniga qat`iy amal qilish talab etiladi. Bunga to'laqonli rioya qilish uchun huquqshunoslarimizdan tezkor davrimizda kechayotgan islohotlar, jahonshumul o'zgarishlardan boxabar bo'lib turishlari, muttasil malaka oshirib borishlarini davrning o'zi talab etmoqda. Xo'sh, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar ko'lami qay darajada? Ana shu savol bilan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi rahbari Normeyli NORPO'LATOVga murojaat qildik. to`liq
| |
TOSHKENT - "ISLOMMADANIYATI POYTAXTI"
29.06.2007 12:23 / 487 marta o`qilgan
tarixiy ahamiyatga molik ushbu jahonshumul e`tirof dunyo diqqatini jalb etmoqda Toshkentning "Islom madaniyati poytaxti" degan yuksak maqomga erishgani dunyo xalqlarining yurtimizga bo'lgan qiziqishini yanada orttirayapti. Yaqinda Toshkent islom universitetida "Markaziy Osiyoda islom qadriyatlari: bag'rikenglik va gumanizm" mavzuida xalqaro ilmiy anjuman bo'lib o'tgani va unda bildirilgan fikr-mulohazalar buning yaqqol isbotidir. to`liq
| |
SUD-HUQUQ ISLOHOTI:
29.06.2007 12:05 / 612 marta o`qilgan
INSONNING HAYOTI, QADR-QIMMATI, HUQUQ VA ERKINLIGINI TA`MINLASh YO'LIDA Inson bu dunyoda qanchadan-qancha ne`matlardan bahramand bo'lib yashaydi. Har birining o'z o'rni va ahamiyati bor. Lekin ona-yurt mehri, Vatan muhabbati ana shu ne`matlar ichida alohida ajralib turadi. to`liq
| |
FAOL YOSHLAR - KELAJAK BUNYODKORLARI
18.06.2007 16:15 / 459 marta o`qilgan
Fuqarolik jamiyatini o'rganish instituti Farg'ona filiali tashabbusi bilan "Yoshlarning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligi" mavzuida seminar-trening bo'lib o'tdi. to`liq
| |
KUN TARTIBIDA: FUQAROLIK JAMIYATINI O'RGANISH ISTIQBOLLARI
18.06.2007 16:07 / 427 marta o`qilgan
Yaqinda Fuqarolik jamiyatini o'rganish instituti loyiha rahbarlari va filiallar faollarining o'quvi bo'lib o'tdi. to`liq
| |
GO'ZAL TA`RIFLI SHAHAR
09.06.2007 15:18 / 800 marta o`qilgan
Mamlakatimiz Prezid entining 2005 yil 9 noyabrdagi "Marg'ilon shahrining 2000 yilligini nishonlash to'g'risida"gi qarori ijrosi doirasida Marg'ilon shahrining fayzi, tarovati, ko'rki-chiroyi yanada ortib borayapti. Shahar ko'chalari, mavzelari, mahallalarini kezsangiz, bunga yana bir bor guvoh bo'lasiz. Ayniqsa, yuksaklikdan nazar tashlasangiz, hunarmandlar, ipakchilar shahri ulkan qurilish maydonini eslatadi. Ko'chasiga asfalt yotqizilmagan, aqalli bitta qurilish ob`ekti kirib bormagan mahalla, guzar deyarli qolmadi. Marg'ilon shahri Farg'ona vodiysining janubi-sharqida joylashgan bo'lib, maydoni 4083 gektarni tashkil etadi. Aholisi 190,2 ming kishi. Shaharda 30 dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladi. Shaharda 54 ta mahalla va 24 ming aholi yashaydigan Yangi Marg'ilon shaharchasi mavjud. Shaharda 9800 dan ortiq talaba ta`lim oladigan 11 ta kasb-hunar kolleji, akademik litsey va 39500 o'quvchi tahsil oladigan 38 ta umumta`lim maktabi bor. Marg'ilon shahar markaziy kutubxonasi va uning 12 ta bo'limlarida 150 mingdan ortiq kitoblar jamlangan. Shuningdek, shaharda tarixiy muzey, xalq teatri, 5 ta madaniy klub, 3 ta musiqa maktabi, 2 ta kinoteatr, madaniyat va istirohat bog'lari va xiyobonlar aholi xizmatida. to`liq
| |
ISHONCHNOMANI YANGILASH
09.06.2007 15:17 / 410 marta o`qilgan
bugungi kun talabiga aylandi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2006 yil mart oyida qabul qilingan "Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroridan so'ng mazkur soha mutasaddilari zimmasidagi mas`uliyat yanada oshdi. to`liq
| |
JAMOAT TRANSPORTI
09.06.2007 15:12 / 642 marta o`qilgan
unda haydovchi va yo'lovchi xavfsizligi kafolatlanadi
Tabiiyki, ishga yoki boshqa biror manzilga otlanganimizda, avtobus, tramvay, trolleybus, shuningdek, taksi yoxud marshrut yo'nalishida harakatlanuvchi mikroavtobuslar xizmatidan foydalanamiz. Xo'sh, bu borada bizning sog'-omon manzilga yetib olishimiz qay darajada kafolatlangan? Aytaylik, yo'l davomida avtomobilning biror texnik qismi ishdan chiqib qoladi yoki haydovchining sog'ligida nuqsonlar bor... to`liq
|
|