Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

Ko`ngil mulki
Dildagi zarif yog'dular
03.01.2012 16:57 / 14 marta o`qilgan

... O'sha kuni san`atsevar bu yigitga omad kulib boqdi. 1988 yilning mart oyi, chekka bir qishloqda o'tayotgan tantana bois uning orzusi ushaldi. Aniqrog'i, shu kuni u bu yerga qo'shiq ijro etish uchun taklif etilgandi. Yuragida ajib bir  hayajon bilan bo'lajak  hofiz qo'shiq boshladi:

Panjaradan moyil-moyil boqqan yor,

Yor qaro ko'zlaring na tilar mandan.

Shirin jonim ishq o'tina yoqqan yor,

Yor qaro ko'zlaring na  tilar mandan...

to`liq
Hayrat ulashayotgan shoir
24.12.2011 14:01 / 11 marta o`qilgan

Inson ruhi hayratlar bilan tirik! U hayratlardan oziqlanib, gurkirab o'sadi! Afsuski, bunday inja ne`matni «supermarket» peshtoqlaridan izlab topib bo'lmaydi. Uni maxsus buyurtma qilib xorijdan ham keltirish qiyin. Va bunga aslo hojat ham yo'q. Hayrat... har soniya, har qadamda uchraydi.

to`liq
«Shunday bir tavsifga eturman jur`at»
18.12.2011 19:34 / 7 marta o`qilgan

...Sahar chog'i, ko'nglini nomsiz sog'inch o'rtadi uning. Aslida bu ajib tuyg'uni nomsiz deb bo'lmaydi. Faqat  uni  teran his qilmaymiz. Yurakning mangu hamrohi ekanligini chuqur anglab yetolmaymiz. Vatan! Ko'ngillarda uning suvrati. U otadek suyanch, onadek mehribon. Vatanga suyanib, tayanib, mehridan unib-o'sib yashash, farzand uchun sharafdir! Buyuk sharaf, buyuk iftixor.

to`liq
Tasvirdagi talqinlar
18.12.2011 19:30 / 13 marta o`qilgan

Hammasi otasi unga fotoapparat sovg'a qilgan kundan boshlandi. U shu-shu qir, adir, tog'lar qo'yniga chiqib, tabiat manzaralarini suratga olishni odat qildi. Bu qiziqish keyinchalik uni videokamera bilan do'stlashtirdi. Endi u hayotning turli manzaralari jonli aks etgan lavhalarni videotasmalarga muhrlay boshladi.

to`liq
Hayrat tavajjuhlari
24.11.2011 22:50 / 14 marta o`qilgan

Talabalik paytlarimizda saboqdoshlarimizning ko'pchiligi taniqli adabiyotshunos olim va dramaturg Shuhrat Rizayevning chiqishlarini kuzatib borishardi. Olimning o'zbek adabiyoti va san`atiga doir tadqiqotlari — risola, darslik, qo'llanma, majmualari, tafakkur va hayratlari mahsuli bo'lgan maqolalari, esse va bitiklari allaqachon ko'pchilikning ko'ngil mulkiga aylangan. Ayniqsa, bu ijodkorning yozish uslubining ravonligi tahsinga loyiq. Biror maqolasini o'qishga kirishdingizmi, kiprik qoqmay so'nggi nuqtasiga yetib qolganingizni bilmaysiz.

to`liq
Ijod zavqi va mashaqqati
21.10.2011 01:54 / 29 marta o`qilgan

«Bu dargohda insonlar turli taqdirlar bilan yuzma-yuz kelib, ularning quvonchu shodliklariga sherik, g\'am tashvishlariga hamroh bo\'ladi. Sahnadagi  taqdirlar talqini har bir kishining ruhiyati, ma`naviyatiga ta`sir etib, uni o\'z hayotining kecha va buguni, ertasi haqida mushohada qilishga, xulosa chiqarishga undaydi. Shuning uchun teatrni   ma`rifatparvar Mahmudxo\'ja Behbudiy ta`rifi bilan aytganda «Ibratxona»  deb atash mumkin».

to`liq
Ohanglarda mehr yashar, muhabbat yashar
14.10.2011 09:56 / 31 marta o`qilgan

Yaqinda bir davrada zamonaviy qo'shiqchilik xususida gap ketganda bir kishi shunday deb qoldi: – Mustaqillik yillarida chin ma`noda Vatan haqidagi qo'shiqlar ko'paydi. E`tirof etish joizki, mamlakatimizda ushbu mavzuda kuy-qo'shiq yaratish borasida o'ziga xos maktab yaratildi.  

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, iste`dodli bastakor Musoxon Nurmatov aytgan bu so'zlar meni u kishi bilan suhbatga undadi.  to`liq
«Har bir odam - butun bir olam»
05.08.2011 16:58 / 61 marta o`qilgan

  Davlatimiz rahbari «Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch» asarida badiiy adabiyotning o'ziga xos jihatlari xususida so'z yuritar ekan, «adabi±tning insonshunoslik, shoir va ±zuvchilar esa inson ruhining muhandislari, deb ta`riflanishi bejiz emas, albatta», deb ta`kidlaydi. Darhaqiqat, adabiyot, binobarin, shoir va yozuvchilarning qalb qo'ri bilan bitilgan asarlari inson ruhiyati, his-tuyg'ulari, tafakkurini, ma`naviy dunyosini boytishda eng kuchli vosita bo'lib xizmat qiladi. Shu ma`noda, insonshunoslik faniga umrini baxshida etib, inson ruhi muhandislarining asarlari haqida dadil fikr-mulohazalarini bildirib kela±tgan taniqli adabi±tshunos olim, O'zbekiston Respublikasi fan arbobi Abdug'afur Rasulov bilan suhbatimiz bugungi doril­omon kunlar, adabiyotning millat taqdirida tutgan o'rni, shuningdek, adabiyotshunoslikning bugungi ahvoli xususida kechdi.

to`liq
Adabiyot abadiy yashaydi
27.05.2011 13:54 / 69 marta o`qilgan

Ma`naviy olamni boyitishda badiiy             adabiyotning o'rni beqiyos. Binobarin, u odamzot ruhiyatiga ta`sir etib, tafakkur dunyosini kengaytiradi, go'zal his-tuyg'ular, tizginsiz xayolotga oshno etadi. Ha, chinakam adabiyot tubsiz dengizga o'xshaydi.

to`liq
Ko'zimning nuri, ko'nglim huzuri
11.03.2011 21:21 / 82 marta o`qilgan

Yaqinda O'zbek  davlat drama teatrida yozuvchi Erkin A`zam asari asosida rejissyor Sayfiddin Meyliyev sahnalashtirgan "Jiydaliklar" spektaklini tomosha qilgandim. Mazkur spektakldagi personajlardan birini O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Shohida Uzoqova maromiga yetkazib,  ishonarli tarzda ijro etgan. Oradan  biroz vaqt o'tib, o'sha spektakldagi ijro turtki bo'ldimi  Shohida Uzoqova bilan uchrashdim.

to`liq

Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7