![]() |
![]() |
![]() |
Ko`ngil mulki
«Har bir odam - butun bir olam»
05.08.2011 16:58
Davlatimiz rahbari «Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch» asarida badiiy adabiyotning o'ziga xos jihatlari xususida so'z yuritar ekan, «adabi±tning insonshunoslik, shoir va ±zuvchilar esa inson ruhining muhandislari, deb ta`riflanishi bejiz emas, albatta», deb ta`kidlaydi. Darhaqiqat, adabiyot, binobarin, shoir va yozuvchilarning qalb qo'ri bilan bitilgan asarlari inson ruhiyati, his-tuyg'ulari, tafakkurini, ma`naviy dunyosini boytishda eng kuchli vosita bo'lib xizmat qiladi. Shu ma`noda, insonshunoslik faniga umrini baxshida etib, inson ruhi muhandislarining asarlari haqida dadil fikr-mulohazalarini bildirib kela±tgan taniqli adabi±tshunos olim, O'zbekiston Respublikasi fan arbobi Abdug'afur Rasulov bilan suhbatimiz bugungi dorilomon kunlar, adabiyotning millat taqdirida tutgan o'rni, shuningdek, adabiyotshunoslikning bugungi ahvoli xususida kechdi. - Eng ulug', eng aziz ne`mat bo'lgan mustaqillik jannatmonand yurtimizning jahonaro tanilishiga mustahkam zamin yaratdi, - deydi suhbatdoshimiz. - Bugun yurtimizning har bir go'shasida bo'layotgan o'zgarishlarni, har bir soha rivojidagi taraqqiyotini ko'rib shu yurtning farzandi bo'lgan har bir insonning ko'nglida faxr tuyg'usi uyg'onishi shubhasiz. Eng muhimi, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo. Shu o'rinda mustaqillikning, tinchlikning naqadar ulug' ne`mat ekanini o'quvchilarning yana bir bor dildan his qilishlari uchun bolaligim bilan bog'liq davrlarni esga olsam. Odatda, bolalik - poshsholik deyishadi. Ana shu damlarning qanday kechishi bu zamonga, davrga bog'liq ekan. Zamon notinch, onalar yuzida g'am, ko'zida shashqator yosh bo'lsa, bolaning podsholigi ne bo'lardi. Bularni so'zlashimga sabab, sakkiz yoshga to'lganimda ikkinchi jahon urushi tugagan, ko'p xonadonlarda bolalarga otalari o'rniga onalari, buva hamda buvilari bosh bo'lib qolgandi. Bizning uyimiz hozirgi Beshyog'och bozori yaqinida joylashgandi. Shularni eslasam nonga navbatga turganimiz, obkashda suv tashiganimiz bir-bir ko'z oldimga keladi. Odamlar nonga qator bo'lib navbatda turar, ±mg'irli, qorli kunlardayam tartibni biror kishi buzmasdi. Bir nonni to'rtga bo'lib, kishi boshiga bir qismdan taqsimlab berardi. Yaxshi pishmagan non xamiri pichoqqa ±pishib ketar, sotuvchi esa uni sidirib tashlab, o'z ishini davom ettirardi. U paytda elektr chirog'i yo'qligi bois moychiroqdan foydalanilar, odamlar kerosinni ham navbat turib olishardi. Ammo navbat o'ziga xos edi. Kerosin tarqatiladigan manzilga borib bir toshni nomerlab kelib, ro'zg'or yumushlarini bajarish mumkin edi. Boshqalar ham xuddi shunday qilardi. Kerosin kelganda esa o'sha toshni olib o'z joyini egallar va tartib bilan chiroqmoyi olinardi. Shukrki, bugun u kunlar ortda qoldi. Hozir hamma sharoit mavjud, kun sayin yurtdoshlarimizning turmushi farovon bo'lib borayapti. Farovonlik bor joyda albatta, taraqqiyot, binobarin, ko'ngillarda xotirjamlik bo'ladi. 20 yil davomida yurtimizda bosqichma-bosqich amalga oshirilgan va oshirilayotgan islohotlar buyuk va muqaddas bo'lgan mustaqil Vatanimizning taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etib, ta`bir joiz bo'lsa, har bir yurtdoshimiz hayotida bo'layotgan o'zgarishlarda ifodasini topmoqda. - Ustoz, suhbatimizni faoliyatingizga doir mavzu bilan davom ettirsak. Olimning hayoti va ijod yo'li anchayin mashaqqatli kechadi. Shunday emasmi? - Ilmning sabrni sinaydigan, toqatni ham toldiradigan mashaqqatli yo'lini igna bilan quduq qazishga qiyos etadilar. Gohida olim quduq qazish uchun ishlatiladigan ignaning tor teshigidan o'tishiga ham to'g'ri kelishi haqida o'ylab qolaman. Mana, Ozod (Sharafiddinov) akani olaylik, u kishi allaqachon adabiyotshunos olim, nozik didli munaqqid sifatida tan olingan, kitobxonlar qalbidan joy olgan edi. Ustoz o'z ko'nglini maftun, aql-zakovatini band etgan Cho'lponning o'tli she`rlari, betakror nasriy asarlarisiz XX asr o'zbek adabiyoti kemtik bo'lib qolishini butun borlig'i bilan his qildi. Shuning uchun doktorlik ilmiy ishini Cho'lpon ijodi bo'yicha qilishni diliga tugib yurdi. Biroq sho'rolar davri mafkurasi bunga yo'l bermadi. O'tgan asrning 50-yillari oxirlarida qatag'on qurbonlari oqlana boshladi. Lekin... Cho'lpon oqlanmadi. Shoir: «Menda-da qanot bor, lekin bog'langan... Bog' yo'qdir, shox yo'qdir, lekin devor bor», deganicha qolaverdi. Ajabki, Cho'lponni tanigan, bilgan, uning etagidan tutib adabiyotga kirib kelganlar o'zini panaga oldi. Maydonda go'yo Don Kixot bo'lib Ozod aka qoldi. Bundan ko'rinadiki, olimda ilmiy izlanishlarga layoqat bilan birga kezi kelganda jasorat ham kerak bo'ladi. Bu uyg'unlik pirovardida, ilmning ochilmagan qo'riqlarini, binobarin, adabiyotshunoslikda o'z fikriga, qarashiga ega olimni kashf etishi shubhasiz. - Sizning-cha, «Uslub - yozuvchining adabiyotdagi betakror qiyofasi, o'zligi». Demak, uslub shakllanmaydi. U ijodkorning tiynatida bo'ladi, degan xulosaga kelishimiz mumkinmi? - Ha, uslub - yozuvchining adabiyotdagi betakror qiyofasi, o'zligi. Uslub - yozuvchi falsafasi in`ikosi deganman. Rost-da, she`r ko'p bo'lsa-yu, uning ortida shoir ko'rinmasa? Hikoya bosilsa-yu uning muallifi «bu - menman» deb turmasa? Qadimdan «otadan ko'rgan o'q otadi, onadan ko'rgan to'n bichadi», degan naql bor. Ota bilan bolaning o'xshashligi, qalban bir-biriga intilishi dostonu ertaklarda, baxshilar ijodida azaldan aytilib kelinadi. Xo'sh, bularning iste`dodga va uslubga aloqadorligi nimada, dersiz? Shuni unutmangki, odam o'zini qurshagan olam bilan aloqaga kirishish ehtiyoji-la tug'iladi. Harakat - odam va olam aro uzluksiz bog'liqlikdir. Mohiyatdan olganda esa odamning o'zi ham tugal bir olam. Faqat katta olamga nisbatan kichik olam, xolos. Badiiy ijod yozuvchidan uning o'zligini, ma`naviy-ruhiy olamini ko'rsatib berishini, kamolot darajasini talab qiladi. Ya`ni, ijodkordan qalbidagi rost so'zni so'raydi. Uslubni sodda qilib tushuntirganda, ibtidodan bugungacha qancha inson o'tganligi va bugundan intihoga qadar yana qancha odam tug'ilsa, ularning hech birining barmoq izi boshqasida takror bo'lmasligi va iste`dod ana shu barmoqdagi betakror muhrni adabiyotga bera olsagina, u el orasida yozuvchi yo shoir bo'lib ardoqlanadi, e`zoz topadi. Ijodkorda uslub bo'lsa, ha±t saboqlari orqali sayqallanishi mumkin, ammo bordan yo'q bo'lmaydi. Adibning darajasi esa Asqad Muxtorning mana bu she`ridagi kabi: ... Kasr - odam emish shu turgan ko'yi. Surat - uning asli salmog'i-yu, Mahraj - o'z haqida o'ylagan o'yi! Ajab tushlar... Balki tush emasdir? O'ngda-ku, shunaqa qoida bo'ladi: Mahraj qancha katta bo'lsa, axir, Kasr shuncha mayda bo'ladi... - Bugungi kunda milliy adabiyotimizning rivoji uchun davlatimiz tomonidan katta e`tibor qaratilmoqda. Albatta, bu boradagi ishlar o'z samarasini bermoqda. Shu sohada bo'layotgan o'zgarishlar ushbu jarayonda faol ishtirok etib kelayotgan adabiyotshunos olim sifatida sizni ham quvontirishi shubhasiz... - Albatta, shunday. Davlatimiz rahbarining «Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch», «Adabiyotga e`tibor - ma`naviyatga, kelajakka e`tibor» asarlarida adabiyotning, binobarin, soha vakillarining jamiyatimizdagi o'rni va ta`siriga yuksak baho berilib, milliy adabiyotimizni rivojlantirish bo'yicha yozuvchilar, adabiy jamoatchilik oldida turgan dolzarb vazifalar yuzasidan atroflicha fikr bildirilgan. Ne baxtki, bu fikrlar bugungi kunda hayotda amaliy tasdig'ini topmoqda. Endi bevosita savolingizga keladigan bo'lsak, milliy adabiyotimizning jahon adabiyoti darajasiga ko'tarilishi badiiy saviyasi baland asarlarni dunyoning eng faol tillariga pishiq va puxta tarjima qilib xorijda chop ettirish orqali erishiladi. Dunyo xalqlari bahra olishi mumkin, deb tavsiya etiladigan badiiy barkamol asar, albatta, adabi±tshunoslar va jamoatchilik nazaridan o'tishi zarur. - Adabiyotimiz ostonasidagi yosh iste`dodlar haqida fikringiz... - Hozirgi kunda adabiyot olamiga o'z so'zi bilan dadil kirib kelayotgan yoshlar har tomonlama qo'llab-quvvatlanmoqda. Davlatimiz rahbarining 2010 yil 26 fevral kuni qabul qilingan «O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida «Ijod» fondini tashkil etish to'g'risida»gi Qarori yoshlarga e`tibor va g'amxo'rlikning yana bir yorqin namunasi bo'ldi. Uzoqqa bormaylik, o'zingiz ko'rib-bilib turganingiz Yozuvchilar uyushmasi huzurida «Ijod» fondi tashkil etilganidan buyon uyushmada yoshlar kulgisi, dadil va o'ktam ovozi eshitila boshladi. Ularning kalomini uyushma qoshidagi kengashlarda xalq shoirlari, xalq yozuvchilari, taniqli adabiyotshunos olimlar tinglayapti. Maqsadu maslagini bilayapti. Kuzatishlarimga asoslanib aytadigan bo'lsam, bugungi adabiyot eshigi oldida turgan yosh ijodkorlarning yozganlaridan ikki umumiy xususiyat ko'zga tashlanmoqda. Birinchisi, o'zini daxldor deb bilgan san`at turiga va o'ziga bo'lgan talabchanligi yuqori. Ikkinchisi, o'z ko'nglini, o'zligini namoyon etishda sira ham sinalgan yo'llardan yurmasligi. Bularni ko'rib muhtaram Prezidentimizning «Bu Vatanda iste`dodsiz bolaning o'zi yo'q», degan so'zlari xayolimdan o'tadi. Darhaqiqat, dong'i dunyoga ketgan allomalarga beshik bo'lgan ona yurtimizda iste`dodlar ko'plab topiladi. Bugungi kunda yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e`tibor ularning salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim omil bo'lmoqda. Yuqorida ta`kidlaganimizdek, tinch va farovon yurtda yashayapmiz. Mustaqillik bergan imkoniyatlardan unumli foydalanib, istiqlolni, jannatmonad o'lkamizni tarannum etish har bir yosh ijodkorning muqaddas burchidir. Nurilla ChORIYEV suhbatlashdi 96 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Ðàçðàáîòêà è õîñòèíã UZINFOCOM. Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER |
|