Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

Ko`ngil mulki
ORZU BILAN ULG'AYGAN UMR
28.03.2008 22:02 / 661 marta o`qilgan

«Farg'ona tong otguncha», «Daromadi ushshoq», «Dugoh» kabi mumtoz ashulalarni maromiga yetkazib ijro etayotgan san`atkor Zulayho Boyxonova o'zining «Gar sog'insam», «Ovvoramiz», «O'zligingni unutma», «Ey ko'ngil», «Kechalar» singari lirik qo'shiqlari bilan allaqachon minglab muxlislar ko'nglidan joy olib ulgurgan.

to`liq
SAN`AT G'UNCHALARI KAMOL TOPMOQDA
08.02.2008 15:08 / 418 marta o`qilgan
Xalqimiz o'zining yuksak musiqiy salohiyati, musiqa san`atiga ulkan muhabbati bilan azaldan jahon ahlining e`tirofini qozongan. Istiqlol yillarida zamonaviy o'zbek san`ati dunyo miqyosida yanada ulkan obro'-e`tibor topayapti. Bunda iqtidorli yoshlarning xizmatlari beqiyos. to`liq
QO'SHIQ - MILLATNING QALBI
08.02.2008 15:03 / 449 marta o`qilgan

Daraxt yaproqlari raqsiga hech e`tibor berganmisiz? Ular ham sabolar qo'shig'iga tebranib, o'yin tushadi. Dunyo - biz tinglab, adog'iga yetmagan qo'shiq. Ko'nglimiz ajib  ohanglardan tebranadi. Ular bizning ruhiyatimizni erkalaydi. Qo'shiq ko'ngillarni bir-biriga bog'lovchi rishtadir. Bugungi suhbatdoshimiz -  O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Erkin Ro'zimatovga bir necha savollar bilan murojaat qildik.

to`liq
BAXT VA BAXTIYORLIK IZHORI
26.01.2008 19:33 / 452 marta o`qilgan

yoxud taniqli shoir va tarjimon, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Matnazar Abdulhakim hayotidan bir lavha

Shoir bilan ilk bor tanishganimda,  hayajondan o'zim haqimda gapirishga rosa ikkilanganman. Qo'limdagi daftarni qanday bersam ekan? Yoki she`rlarimni o'qib chiqib, fikringizni ayting, deymanmi? Bu gaplarni qanday aytaman? Nima bo'pti, she`r yozsang, bizda bundaylar ko'p, deb aytmaydimi? Do'stlarim qo'yarda-qo'ymay mashqlarimni Matnazar akaga ko'rsatishim kerakligini aytishganidan so'ng, Yozuvchilar uyushmasining Xorazm viloyat bo'limiga ming andisha bilan kirib borgan edim.

to`liq
GUL BARGIDAGI SHABNAM
26.01.2008 19:30 / 537 marta o`qilgan

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, teatr va kino aktrisasi Lola Eltoyeva bilan suhbat

Sahna inson hayotining ko'zgusiga o'xshaydi. Bugun goho teatrning hayotimizdagi o'rnini kino va televideniye egallab olayotgandek bo'lib tuyuladi. Ammo har bir san`at turining o'z o'rni,  muxlislari bor.

to`liq
«CHODIR XAYOL» QAHRAMONLARI
06.01.2008 20:00 / 454 marta o`qilgan

bugungi zamonaviy teatrlarimiz sahnasida ham yashamoqda

Qadimda ibtidoiy odamlar uchun oddiygina yog'och parchasi va hayvonlarning terisidan qo'g'irchoqlar yasash o'z-o'zini anglash yo'lidagi bir harakat bo'lgan bo'lsa, vaqt o'tib diniy marosimlarda qo'llana boshladi. Asrlar o'tib qo'g'irchoqning ko'rinishi ham, mazmun-mohiyati ham o'zgardi. U xalqning ovunchog'iga, dardkashiga va haqiqat uchun kurashuvchi qahramoniga aylandi.

O'zbeklarda Kachal Polvon, turklarda Karagyoz, ruslarda Petrushka, italyanlarda Pulchinello, inglizlarda Ponch qo'g'irchoqlari o'z xal­qining zakovati, olijanobligi, erksevarligini mujassamlashtirgan. Ayni vaqtda kamchiliklarini ham ro'y-rost aks ettiruvchi qo'g'irchoqlar sifatida mashhur bo'ldi.

to`liq
IJOD MAS`ULIYATI
06.01.2008 19:59 / 378 marta o`qilgan

Milliy sahna san`atini ravnaq toptirish, elga manzur asarlari bilan tomoshabinlar didini shakllantirishda Mannon Uyg'ur nomidagi Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrining ham o'z o'rni bor. Teatrning badiiy rahbari, O'zbekiston san`at arbobi Mansur Ravshanov bilan suhbatimiz mavzusi teatrning o'ziga xos an`analari va yangi asarlari xususida bo'ldi.

to`liq
"OQ TULPOR"LI XONANDA
30.11.2007 13:57 / 436 marta o`qilgan

yoxud el xizmatiga kamarbasta inson

"Oq tulporim bor edi, beklar unga zor edi" misralari bilan boshlanadigan qo'shiq allaqachon xalqimizning qalbidan joy olib ulgurgan. Chunki, bu qo'shiqda milliylik, joziba, shuningdek, jonivorlarga-da mehr-muhabbat tuyg'ulari mujassam. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Toshpo'lat Matkarimovning xalqona ruhdagi boshqa qator qo'shiqlari ham el orasida mashhur. "Aynamov", "O'lanchi yigit", "Tog' qizi", "Yurak" singari qo'shiqlari allaqachon muxlislarga yod bo'lib ketdi. U kuylayotganda bag'rikeng xalqimiz, azim tog'larimiz, bepoyon dashtu qirlarimiz ko'z o'ngimizda bir-bir gavdalanadi. Xonandaning o'zligi ham ana shunda. Ammo bu gal san`atkorning qo'shiqchilik faoliyatiga emas, jamiyatning faol bir a`zosi sifatidagi ishlariga ko'proq e`tibor qaratmoqchimiz.

to`liq
VATAN TUYG'USI
23.11.2007 11:48 / 505 marta o`qilgan

ona muhabbati kabi beqiyos

Musiqa kishiga orom baxsh etadi, ezgulik va go'zallikka da`vat etadi. Qo'shiqni sevgan qalbdan yomonlik chiqmaydi... Shuning uchun ham ota-bobolarimiz bizni bolalikdan bu sehrli olamga oshno etib, turli doston va qo'shiqlar tinglashni o'rgatishgan.

to`liq
ISTE`DOD SHU`LASI
04.11.2007 19:20 / 462 marta o`qilgan

Ichki ishlar vazirligiga qarashli "Turon yulduzlari" ansamblini san`at shinavandalari yaxshi biladilar. Mazkur ansamblda el-yurt hurmatini qozongan ko'plab san`atkorlar jam bo'lgan. Ulardan biri - milliy hamda harbiy vatanparvarlik ruhidagi qo'shiqlarning mohir ijrochisi Tojibar AZIZOVA. U 1994 yildan boshlab ushbu ansamblda yakkaxon xonanda bo'lib faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Uning Uvaysiy g'azali bilan aytilgan "Tokay", "Mandin o'rgandi" qo'shiqlari muxlislar orasida juda mashhur.

to`liq

Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8