Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

Manaviyat
Ijtimoiy sheriklik tamoyillari ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlar himoyasida
03.11.2011 21:41

Ma`lumki bugun kunda mamlakatimizda taraqqiyotning «o'zbek modeli» asosida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash borasida keng ko'lamli islohotlar olib borilmoqda. Bu yo'nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishda O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashining ham munosib o'rni bor.

Yaqinda O'zbekiston Milliy matbuot markazida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida  ayni paytda ijtimoiy sheriklik tamo­yillari asosida xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish yo'nalishida mazkur tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, chora-tadbirlar xususida atroflicha so'z yuritildi.

Tadbirda qayd etilganidek, davlatimiz rahbarining 2010 yil 12 noyabrda Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi  «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»ga bag'ishlangan ma`ruzasida «Ijtimoiy sheriklik to'g'risida»gi qonunni ishlab chiqish bo'yicha taklifi kasaba uyushmalari faoliyatini yanada takomillashtirishda muhim mezon bo'lib xizmat qilayotir. Ayni paytda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Adliya vazirligi, O'zbekiston kasaba uyushmalari mutaxassislari, taniqli olimlardan tarkib topgan ekspertlar guruhi tomonidan mavjud qonunchilik puxta o'rganilib,  mazkur qonun loyihasining konsepsiyasi ishlab chiqildi.

- Joriy yilda tashkilotimiz tomonidan mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan hamda barcha bo'g'indagi kasaba uyushma tashkilotlariga har tomonlama yordam ko'rsatuvchi bir qator me`yoriy-huquqiy hujjatlar ko'rib chiqildi, - deydi O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi Tanzila Norboyeva. - Aytish joizki, ish beruvchilar va kasaba uyushmalari o'rtasidagi jamoa shartnomaviy munosabatlarni ijtimoiy sheriklik tamoyillari asosida mustahkamlashda, umuman, kasaba uyushmalari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda, ayniqsa, tashkilotimiz hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi o'rtasidagi Bosh kelishuv muhim huquqiy asos bo'layotir. 2011-2013 yillar uchun ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo'yicha imzolangan mazkur hujjat kasaba uyushmalari va ijro hokimiyati, davlat va jamoat tashkilotlari o'rtasida ijtimoiy sheriklik aloqalarini yo'lga qo'yish, xodimlar va oila a`zolarining ijtimoiy himoyasi, mehnat muhofazasi, sog'lomlashtirish, yoshlarning ma`naviy tarbiyasiga oid ishlar samaradorligini oshirishga munosib xizmat qilmoqda.  Kasaba uyushma a`zolarini ishdan noqonuniy bo'shatilishidan himoya qilish maqsadida jamoa shartnomalariga xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishdan avval, albatta, kasaba uyushma qo'mitasining roziligini olish lozimligi to'g'risidagi band kiritilgani ham mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda alohida ahamiyat kasb etadi, deb o'ylayman.

Matbuot anjumanida shuningdek, yangi ish o'rinlari yaratish bo'yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta`minlash maqsadida joylarda jamoa kelishuvlari va shartnomalarini tuzishda «Ustoz-shogird» tizimining samarali ishlashini ta`minlashga qaratilgan tadbirlar xususida ham atroflicha so'z yuritildi. Amaliyot o'tayotgan kollej o'quvchilariga mehnatni muhofaza qilish, ish vaqti, ta`tillar va boshqa mehnat shartlari sohalarida qo'shimcha imtiyozlar berish, korxonalarda birinchi yil mehnat qilayotgan bitiruvchilar - yosh mutaxassislarga bir martalik to'lov berish va qo'shimcha ish haqi o'rnatish kabi imtiyozlar, bundan tashqari, yosh xodimlar, mutaxassislar o'rtasida kasb mahoratini yuksaltirish bo'yicha o'tkazilayotgan tanlovlar yaxshi samara berayotgani alohida qayd etildi.

Matluba XURRAMOVA

50 marta o`qilgan