Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

Muhokama uchun mavzu
Dildagi dardlar mulohazaga undaydi
18.12.2011 19:23 / 24 marta o`qilgan

«Jamiyat» ijtimoiy-siyosiy gazetasining 2011 yil 2 dekabr sonida «Dildagi dardlar» sarlavhasi bilan e`lon qilingan maqola bizda katta taassurot qoldirdi. Qo'shiqchilik, xususan, milliy estradamizning yutuq-kamchiliklari haqida atroflicha so'z yuritilgan ushbu maqolada muallif to'g'ri ta`kidlaganidek, bugungi kunda jamiyat va munosabatlar ichra yashayotgan barchamiz, istaymizmi yo'qmi, «qo'shiq» mikroolamining fuqarolarimiz.

Bu fikrlarda jon bor, albatta. Zero, texnologiyalar tobora taraqqiy etayotgan hozirgi zamonda har bir joyda va vaqtda qo'shiq tinglash imkoniyati tobora oshib bormoqda.

to`liq
Dildagi dardlar
18.12.2011 18:41 / 24 marta o`qilgan

So'zdirki nishon berur o'lukka jondin,

So'zdirki berur jong'a xabar jonondin.

Insonni so'z ayladi judo hayvondin,

Bilkim, guhari sharifroq yo'q ondin.

Hazrat  Alisher Navoiyning «Nazm-ul javohir» («Nazm javohirlari») asaridan olingan bu to'rtlik - ruboiy so'zning  qadri  haqida, o'rni va ahamiyati xususida mukammal tushuncha beradi. Ha, so'z  o'likka jon, jonga esa jonondan nishon-belgi, xabar berib, insonning tirikligini ayon etadi. So'z insonni maxluqot dunyosidan ayirib, eng ulug' ne`mat - ongga, tafakkurga, mushohadaga qodir etuvchi, sezgi-instinktlar emas, balki his-tuyg'u, ehtiroslar bag'ishlovchi ne`mati, dunyodagi barcha sharif-e`zozli, mo'`tabar hodisalardan  sharifroq asl gavhar  deydi so'z mulkining sultoni ulug' bobomiz. Bu ta`rifdan o'tkazib, hech bir boshqa ijodkor balandroq sifatlar berolmagan bo'lsa-da, biroq so'z san`ati paydo bo'lgan zamonlardan beri barcha ulug' mutafakkirlar so'z haqida noyob fikrlar qoldirganlar.

to`liq
Ta`minotchi va iste`molchi
18.02.2011 11:07 / 335 marta o`qilgan

qars ikki qo'ldan...

Ma`lumki, poytaxtimiz aholisining katta qismi ko'p qavatli uylarda istiqomat qiladi. Shu bois ularni uzluksiz elektr energiya, tabiiy gaz, toza ichimlik suv bilan ta`minlash dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Bunda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 avgustda qabul qilingan 245-sonli "Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori hayotga keng joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

to`liq
Talabaga atalgan menyu
07.02.2011 16:25 / 423 marta o`qilgan

yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalaridagi ayrim oshxona va bufetlar faoliyatiga bir nazar

Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda jismoniy va ma`naviy barkamol avlodni tarbiyalashdek o'ta muhim, dolzarb vazifaga davlat siyosati darajasida e`tibor qaratib kelinmoqda. Ta`kidlash joizki, yosh avlod kelajagi yo'lida hayotga tatbiq etilayotgan keng ko'lamli islohotlar unib-o'sib kelayotgan farzandlarimizning zamon talab qilayotgan darajada bilim olishi, intellektual salohiyatini oshirishi, sog'lom bo'lib kamol topishi va hayotga dadil, hal qiluvchi kuch bo'lib kirib borishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

to`liq
Ishonchni oqlash mas`uliyati
24.12.2010 14:50 / 200 marta o`qilgan

Kimki hayotining har bir daqiqasini chuqur mazmun bilan boyita olsa, o'z umrini behuda o'tkazmagan bo'ladi. Shu bois ahli donishlardan biri «Mazmunli umr hayot shukuhidir» degan ekan. Bugun yurtimizning qay go'shasiga bormang, odamlar hayotga yangicha nazar, intilish va izlanish ruhi bilan yashayotganliklariga guvoh bo'lasiz. Bu tahririyatimizga yil davomida kelgan yuzlab xat-xabarlardan ham ko'rinib turibdi.

to`liq
Vaqt kutib turmaydi
13.11.2010 00:24 / 324 marta o`qilgan

Ma`lumki, har yili  yurtimizda sanoat korxonalari, o'quv muassasalari va turar-joy binolarida kuz-qish mavsumi oldidan keng ko'lamli ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi. 

to`liq
Yoshlar tashkilotlari: zimmadagi mas`uliyat hissi
17.09.2010 14:15 / 347 marta o`qilgan

2010 yilning mamlakatimizda «Barkamol avlod yili» deb e`lon qilinishi hamda bu borada Davlat dasturi qabul qilinishi munosabati bilan davlat hamda jamoat tashkilotlari oldiga bir qator dasturiy vazifalar qo'yildi. Ular tomonidan amalga oshirilgan ishlarda Fuqarolik jamiyatini o'rganish instituti Toshkent shahar axborot-tahlil markazi doimiy ravishda hamkorlik munosabatlarini o'rnatib, kuzatuvlar olib bordi. Masalan, yurtimizda faoliyat yuritayotgan to'rt siyosiy partiya Toshkent shahar Kengashlarining yoshlarga oid faoliyati alohida o'rganildi. Ta`kidlash lozimki, qariyb barcha siyosiy partiyalarning yoshlar qanotlari faoliyati tumanlarda jamoatchilik asosida tashkil etilgan, shahar miqyosida esa alohida yo'nalish sifatida mablag' ajratib yo'lga qo'yilgan.

to`liq
Muvaffaqiyatlar mezon emas
13.09.2010 20:59 / 309 marta o`qilgan

Transport-kommunikatsiya tizimi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo'lib, yurtimizda mustaqillik yillarida ushbu sohani rivojlantirishga qaratilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, Toshg'uzor-Boysun-Qumqo'rg'on va Uchquduq-Miskin-Nukus yo'nalishidagi temir yo'llarning qurilib ishga tushirilishi aholi uchun keng qulayliklar yaratib berdi.

to`liq
Boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari: yoki el sog'lig'ini mustahkamlashga xizmat qiluvchi yana bir huquqiy asos
14.08.2010 00:32 / 194 marta o`qilgan

Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq navqiron avlodni har tomonlama sog'lom etib voyaga yetkazishga ustuvor vazifalardan biri sifatida e`tibor qaratilgan edi. Bugungi kunda esa ushbu ishlarning uzviy davomi sifatida aholi salomatligini mustahkamlash, sog'lom farzand­ni dunyoga keltirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida keng ko'lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

to`liq
Kelajakka mas`ullik
13.08.2010 18:56 / 249 marta o`qilgan

Butunjahon Sog'liqni saqlash tashkilotining ma`lumotida qayd etilishicha, Yer yuzidagi 1,5 milliarddan ortiq odam organizmida yod tanqisligi seziladi. Ularning ellik foizga yaqini buqoqqa chalingan, olti foizi esa yod yetishmasligidan bosh miya faoliyatida salbiy o'zgarishlar kelib chiqqan.

to`liq

Sahifalar: 1 2 3