Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

Mulohaza
O'zimizga bog'liq ozodalik
03.11.2011 21:59 / 19 marta o`qilgan

Ertalab boshlangan kunning rejalari bilan ko'tarinki kayfiyatda ishga yo'l olar ekanman,  yo'l chetidagi plastik qopchalarda tashlab ketilgan axlatlarga ko'zim tushib, beixtiyor kayfiyatim buzildi. «Tavba,  kim bunday noma`qulchilikni qildi ekan?» degan savol xayolimda kechishi bilan ko'z o'ngimda javob ham topila qoldi.

to`liq
Erinchoqlik kasallikmi?
07.07.2011 22:17 / 55 marta o`qilgan

Bekorchidan xudo bezor, deb bejizga aytishmaydi. Bekorchilik yalqovlikdan kelib chiqadi. Bu illatdan xalos bo'lish mumkinmi? Psixologlarning fikricha, buning iloji bor. Quyida soha mutaxassislarining fikri bilan tanishasiz.

to`liq
Bolaga imkon bering
07.07.2011 22:15 / 51 marta o`qilgan

Ota-onalar jigarbandlarini o'z boshlaridan o'tkazgan qiyinchiliklardan, azobu uqubatlardan saqlashga harakat qiladilar. Ularning maqsadi ezgu ekaniga shak-shubha yo'q. Biroq ba`zan ota-ona bolasini zarur erkinlikdan chegaralab qo'yadi.

to`liq
Gard «yuqmagan» qurut: yoxud ehtiyotkorlik zarar qilmaydi
17.06.2011 14:50 / 57 marta o`qilgan

Inson  sog'lig'i hamma narsadan ustun. Uni asrash nafaqat o'zimizga, atrofimizdagilarga ham bog'liqdir.

to`liq
Ham FOYDA, ham ZARAR
17.06.2011 14:49 / 83 marta o`qilgan

Ba`zan inson biror yumush bilan mash­g'ul bo'lmagan paytda ham o'zida charchoqni his etadi, bosh og'rig'i, asabiylashish, lohaslikni sezadi. Mutaxassislarning fikricha, bunday holat xonaga o'ziga xos ko'rk bag'ishlab turgan zamonaviy texnik jihozlar ta`sirida yuzaga kelishi ham mumkin ekan.

to`liq
Qo'shiqning jozibasi nimada?
17.06.2011 14:48 / 53 marta o`qilgan

Aytish o'rinliki, bugungi kunda mamlakatimizda yosh xonandalarga, umuman san`at ahliga katta e`tibor qaratilmoqda. Mana shunday e`tibor tufayli yosh qo'shiqchilar mumtoz hamda milliy estrada yo'nalishida samarali ijod qilib kelmoqda. Darhaqiqat, hozir san`atning milliy yo'nalishida ham yoshlarimiz namunali ijod qilib, uni dunyoga tanitishda o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Bundan tashqari, ular maqom qo'shiqlarini ham maromiga yetkazib ijro qilishmoqda. Biroq...

to`liq
Shovqinga tobingiz qalay?
10.06.2011 12:45 / 67 marta o`qilgan

E’tibor qilganmisiz, quloqni qomatga keltiruvchi kuy-qo'shiqlarni eshitib, «huzurlanishga» chog'langan yoshlar, ko'p hollarda yoshi ulug'larni tanbehiga uchraydi. Shunda ba`zi yigit-qizlar bunday dakkilardan to'g'ri xulosa chiqarish o'rniga, tanbeh egalariga nisbatan «Shovqinga tobi yo'q» yoki «Asabi chatoq» qabilida xulosa yasashadi. Xo'sh, aslida me`yoridan ortiq baland tovush, shovqin-suronning inson salomatligiga qanday salbiy ta`siri bor?

to`liq
Bunda lozim ogohlik va sergaklik
10.06.2011 12:44 / 67 marta o`qilgan

«Jamiyat» ijtimoiy-siyosiy gazetasining 2011 yil 8 aprel sonida «Yashash kerak - chegarada turgandek sergak» sarlavhasi bilan e`lon qilingan maqola menda katta taassurot uyg'otdi. Maqola muallifi to'g'ri ta`kidlaganidek, axborot texnologiyalarining mislsiz rivoj topishi axborot oqimining davlatlar, mintaqalar, qit`alar o'rtasidagi chegaralardan bemalol hatlab o'tishiga sharoit yaratmoqda. Bu esa, har bir mamlakatning axborot xavfsizligi tizimida «axborot urushi», «axborot xuruji» degan tushunchalariga alohida e`tibor qaratishini talab qilmoqda.

to`liq
E`tibor ham yuksak rag'batdir
20.05.2011 12:19 / 60 marta o`qilgan

Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ta`lim tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni munosib tarbiyalash ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasining «Ta`lim to'g'risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda Maktab ta`limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi asosida tizimda tub o'zgarishlar ro'y berdi. Bu esa, o'z navbatida, ta`lim sifatiga ijobiy ta`sir ko'rsatmoqda.

to`liq
Sarishtalik ostonadan boshlansa...
20.05.2011 12:17 / 82 marta o`qilgan

Vatan hissi hech bir inson uchun begona emas. Hatto endigina tug'ilgan murg'ak chaqaloqning ham o'z mitti Vatani - beshigi bor. Shunday ekan, o'zimiz yashab turgan zaminni, aziz go'shamizni go'zal, toza, obod holda ko'rish, ularni kelgusi avlodga ham chiroyli ko'rinishda qoldirish bizning insoniylik burchimiz.

to`liq

Sahifalar: 1 2 3 4 5