![]() |
![]() |
![]() |
Ogohlik
Yong'in xavfsizligi: doimiy hushyorlikni talab etadi
18.12.2011 19:38
Qashqadaryo viloyati nafaqat qishloq xo'jaligi sohasida, balki ayni vaqtda sanoati rivojlanib borayotgan hududlarimizdan biri bo'lib, u mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotida salmoqli o'rin egallab kelmoqda. Viloyat hududida joylashgan neft va gaz sanoati korxonalarining moddiy va ma`naviy ashyolarini yong'indan muhofaza qilish korxona rahbarlari, mehnatni muhofaza qilish xizmati hamda viloyat yong'in xavfsizligi xizmati xodimlari zimmasiga ulkan mas`uliyat yuklaydi. «Yong'in xavfsizligi» oyligida ushbu yo'nalishlar bo'yicha «Gissarneftgaz» qo'shma korxonasining ishlab chiqarish ob`ektlarida ham bir qator tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Korxonaning shimoliy Nishon, Beshkent, Shimoliy Fuzor gaz kondensat konlari, Shakarbuloq neft koni, gazni separatsiyalash qurilmalari birlamchi yong'in o'chirish vositalari, yengliklar va dastaklar bilan ta`minlandi. Shuni alohida ta`kidlash joizki, avtoxo'jalik boshqarmasiga tegishli bo'lgan barcha transport vositalari, jumladan, neft va gaz kondensat tashishga mo'ljallangan maxsus texnikalar OP-5 rusumli kukunli o't o'chirgichlar bilan to'liq jihozlandi. Korxonada yangi ishga tushirilgan kondensat yig'ish va tayyorlash qurilmasi hududida yong'inga qarshi qalqonlar, hajmi 400 metr kub bo'lgan yong'inga qarshi zahira suv hovuzi, qurilmani yong'indan saqlash uchun suv olgichlar hamda boshqa shu kabi asbob-uskunalar qurilish me`yorlari va qoidalari talabi asosida ishga shay holatga keltirib qo'yildi. Bu kabi ishlar korxonada neft-gaz mahsulotlarini qazib chiqarish, saqlash va tashish jarayonida yong'in xavfsizligini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega bo'lib, joylarda yong'inlar kelib chiqishining oldini oladi. Har bir fuqaro O'zbekiston Respublikasining «Yong'in xavfsizligi to'g'risida»gi Qonuni talablarini to'liq his etib, o'z ishiga ongli ravishda yondashgan taqdirdagina yong'inlarning oldini olishga erishamiz. O'z yashash va ishlash joyimizni yong'indan asrash, osoyishtalikni ta`minlash har birimizning burchimizdir. Zero, ogohlik - muqaddas burch! Abdulla NORMATOV, «Gissarneftgaz» qo'shma korxonasi Bosh direktori, Elbek SHOMURODOV, Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi xizmati boshlig'i
65 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Ðàçðàáîòêà è õîñòèíã UZINFOCOM. Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER |
|