![]() |
![]() |
![]() |
Rasmiy
HAMON YODIMDADIR O'SHA LAHZALAR...
20.11.2008 10:17
Biz oilaviy futbol ishqibozimiz. O'zbekiston terma jamoasi 1994 yili Xirosimada futbol bo'yicha o'tkazilgan XII Osiyo chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritganda uyimizda o'zgacha kayfiyat, bayram tantanasi hukm surgandi.
O'shanda terma jamoamiz futbolchilarining maydon bo'ylab davlatimiz bayrog'ini hilpiratib yugurganlari ko'nglimda o'zgacha faxr tuyg'usini uyg'otgandi. Mag'rur hilpirayotgan bayrog'imizning o'sha lahzalardagi surati hali ham ko'z o'ngimdan ketmaydi. Mustaqillik yillarida davlatimiz bayrog'i jahonning ko'plab arenalarida baland ko'tarildi. Bunday paytlarda yuragim hapriqib, ko'nglimda shunday yurtning farzandi ekanimdan shukronalik uyg'onadi. Ayni paytda bayroq nafaqat davlat ramzi , balki yurt sha`ni, millat g'ururi, or-nomusi hamdir. Shuning uchun ham Vataniga sodiq bo'lishga, o'z xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga bel bog'lagan yurt himoyachilari - askarlarimiz ona yurt bayrog'ini o'pib qasamyod qilishlarida alohida ma`no va mazmun yashirin. Vatanimiz bayrog'i hamisha yuksaklarda mag'rur hilpirab tursin deb niyat qilaman. Adham ARSLONOV, O'zMU talabasi 455 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Разработка и хостинг UZINFOCOM. Система управления сайтом MANAGER |
|