![]() |
![]() |
![]() |
Rasmiy
OCHIQ VA ERKIN SAYLOV
29.09.2007 15:47
milliy va xalqaro qonun talablari asosida o'tadi 25 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik va saylovni o'tkazish jarayonlarini xolisona yoritishga oid bitim imzolandi. Bitimni O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug'bek Abdusalomov va O'zbekiston Milliy teleradiokompaniya raisi Alisher Xo'jayev imzoladilar. Ushbu hujjat O'zbekiston Respublikasi saylovi bilan bog'liq jarayonni televideniye va radio orqali yoritib borishda huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi. Ochiq va erkin saylovlarning demokratik prinsiplarga mos xolda o'tkazilishida ommaviy axborot vositalarining o'rni benihoya katta. Saylov jarayoni "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida"gi Qonun talablari asosida OAVda keng yoritib boriladi. Bunda, ayniqsa, televideniye va radio alohida o'rin tutadi. Milliy teleradiokompaniyaning "O'zbekiston" telekanali orqali saylov jarayonini yoritib boruvchi maxsus ko'rsatuvlar tashkil etiladi. Haftaning chorshanba va shanba kunlari - eng qulay paytlarda saylovchilar saylov kampaniyasining borishi haqidagi ma`lumotlar bilan tanishtirib boriladi. Ushbu telekanalning tanlanishidan maqsad esa - uning katta auditoriyaga ega ekanligi. Ko'rsatuv va eshittirishlarni nafaqat mamlakatimizda, balki sun`iy yo'ldosh va internet orqali dunyoning istalgan nuqtasidan ko'rish va tinglash mumkin. Shu nuqtai nazardan milliy saylov qonunchiligimizni saylovchilar orasida tushuntirish borasidagi ishlarni samarali tashkil etish, saylov jarayonining ochiqligi, oshkoraligi va transparentligini ta`minlash, saylovchilarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, o'tkazilayotgan saylov jarayonidagi asosiy tadbirlarning bosqichlari, muddatlari va mazmuni haqida saylovchilarni o'z vaqtida xabardor qilish maqsadida mazkur bitim imzolandi. O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi saylov kampaniyasining borishi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazishga bag'ishlangan tadbirlarning muddati, tartibi va mazmuni to'g'risidagi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tayyorlangan tele va radio dasturlarini yoritishda texnik jihatdan yordam ko'rsatadi. - Asosiy maqsad - saylov jarayonini ochiq va erkin, "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida"gi Qonun va xalqaro talablarga qat`iy rioya qilingan tartibda o'tkazilishini ta`minlash, - deydi O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug'bek Abdusalomov. - Shuningdek, saylovchilarimizga saylovda erkin ishtirok etish, siyosiy partiyalar va nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan har tomonlama tanishish va saylov kuni o'zlari munosib deb topgan nomzodlarga ongli ravishda ovoz berishlari uchun barcha sharoitlarni yaratishdan iboratdir. Saylovoldi tashviqoti davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi. Shuningdek, Milliy teleradiokompaniya xarajatlari ham saylov kampaniyasi byudjeti hisobidan to'lanadi. "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida"gi Qonunga asosan, saylovoldi tashviqoti O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro'yxatga olingan kundan e`tiboran boshlanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga, siyosiy partiyalarga, saylovchilar tashabbuskor guruhlariga O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng huquq beriladi. Saylovga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek, har bir saylov uchastkasida saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko'rsatgan siyosiy partiyalardan, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan bittadan kuzatuvchi, matbuot, televideniye va radio vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar. Tadbirda ko'plab ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar va o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Xolis MIRZO 2007 yil 28 sentyabr 39 (52) 692 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Разработка и хостинг UZINFOCOM. Система управления сайтом MANAGER |
|