Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

Sharhlovchi minbari
«Nazariya va amaliyot uyg'un bo'lsin»
27.04.2012 13:00 / 5 marta o`qilgan

«Jamiyat» ijtimoiy-siyosiy gazetasining 2012 yil 6 aprel sonida «Partiya mavzusiga ixtisoslashgan sharhlovchilar malakasini oshirish uslublarini ishlab chiqish va amalga oshirish» loyihasi doirasida tayyorlangan siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov bilan suhbat ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otdi. Shuningdek, ushbu loyiha doirasida o'tkazilayotgan seminar-treninglarda ishtirok etayotgan tinglovchilar tomonidan ham tajribali soha vakillari bilan suhbatlashish taklifi tushmoqda. Shu bois biz «O'zbekiston» teleradiokanali «Axborot» informatsion eshittirishlar muharririyati «Xalqaro hayot» bo'limi mudiri, «Oltin qalam» I Milliy mukofoti sovrindori, siyosiy sharhlovchi Sharofiddin To'laganovga murojaat etdik.

to`liq
Ixtisoslashuv - davr va zamon talabi
06.04.2012 13:44 / 6 marta o`qilgan

Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash Jamoat fondining granti asosida tahririyatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan «Partiya mavzuciga ixtisoslashgan sharhlovchilar malakasini oshirish uslublarini ishlab chiqish va amalga oshirish» loyihasi doirasida gazetamiz sahifalarida turkum maqolalar berib borilmoqda. «Sharhlovchi minbari» ruknida keng jamoatchilik e`tiboriga havola etilayotgan ushbu maqolalarda siyosiy sharhlovchining asosiy vazifasi, ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o'rni, shuningdek, bu jarayonda sharhlovchining partiya mavzusiga ixtisoslashuvi haqida so'z yuritilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda «siyosiy sharhlovchi kim? Partiya mavzusiga ixtisoslashgan sharhlovchi faoliyati qanday bo'lishi kerak?» degan savollarga javob topish maqsadida O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining tajribali siyosiy sharhlovchisi, «Shuhrat» medali sohibi, Xalqaro «ANTIQUE WORLD» (Antik Dunyo) ilmiy akdemiyasining akademigi Qobilbek Karimbekov bilan suhbatlashishga qaror qildik.

to`liq
Sport - ijtimoiy loyihalar asosi
14.03.2012 11:09 / 11 marta o`qilgan

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, yoshlarga, xususan, bolalarga insonparvarlik haqida uzundan-uzoq ma`ruza o'qigandan ko'ra, bu tuyg'uni amaliy ish orqali, xususan, jismoniy tarbiya va sport orqali ularning qalbiga singdirish ko'proq naf keltirar ekan. Shu bois bugungi kunda dunyoda mazkur yo'nalishda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar safi tobora kengaymoqda.

to`liq
Partiya nashrida siyosiy sharhlovchi
14.03.2012 11:08 / 28 marta o`qilgan

Siyosatshunoslarning fikriga ko'ra, hozirgi zamon jamiyatlarining siyosiy hayoti murakkab va ayni paytda serqirra bo'lib, unda ko'p sonli ishtirokchilar, ya`ni siyosat sub`ektlari ishtirok etadi. Ularning asosiy qismini siyosiy partiyalar tashkil etadi.

to`liq
Mashg'ulotlar boshlandi, ilk xulosalar bor...
24.02.2012 01:15 / 21 marta o`qilgan

Jamiyat» ijtimoiy-siyosiy gazetasi tahririyati tomonidan joriy yil yanvar oyidan e`tiboran amalga oshirilayotgan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash Jamoat fondi granti asosida «Partiya mavzusiga ixtisoslashgan sharhlovchilar malakasini oshirish uslublarini ishlab chiqish va amalga oshirish» loyihasi doirasida joriy yilning 9-10 fevral kuni O'zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Markaziy apparatida ilk o'quv mashg'uloti o'tkazildi.

to`liq
Siyosiy sharh san`ati: u qayerda, qanday o'rgatiladi?
17.02.2012 00:59 / 34 marta o`qilgan

Xabaringiz bor, «Jamiyat» ijtimoiy-siyosiy gazetasining 2012 yil 20 yanvar sonida e`lon qilingan «Dolzarb mavzudagi loyiha yoki siyosiy sharhlovchi kim?» sarlavhali maqolada shu sohaga tegishli muammolar xususida atroflicha so'z yuritilgan edi. Shuningdek, mazkur maqolada siyosiy sharhlovchi nafaqat jarayonlarni yoritib beruvchi, balki muayyan partiya g'oyalari va maqsad-vazifalaridan kelib chiqqan holda voqelikni tahlil qila olish salohiyatiga ham ega bo'lishi kerak, degan fikrlar bildirilgan, ayni paytda siyosiy partiyalar uchun bunday kadrlarga ehtiyoj qay darajada, bunday kadrlarni qayerdan topish mumkin degan savollar o'rtaga tashlangan edi.

to`liq