Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

Siyosiy partiyalar
Uch tomonlama hamkorlik
02.02.2012 22:00 / 3 marta o`qilgan

O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi va partiyaning Toshkent shahar kengashi hamkorligida «Mustahkam va sog'lom oila - jamiyat taraqqiyotining tayanchi» mavzuida davra suhbati bo'lib o'tdi. Unda O'zbekis­ton Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi va partiya Markaziy Kengashi vakillari, Xalq deputatlari Toshkent shahar va Olmazor tuman Kengashlaridagi deputatlik guruhlari rahbar va a`zolari, elektorat vakillari hamda jurnalistlar qatnashdi.

to`liq
Rejali ish mohiyati
30.01.2012 15:17 / 6 marta o`qilgan

Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» deb e`lon qilingan 2011 yilda yurtimizda barcha jabhada beqiyos yutuqlar qo'lga kiritildi. Ijtimoiy-siyosiy hayotimizda katta o'zgarishlar bo'ldi. Bunga, avvalo, «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturida ko'zda tutilgan ustuvor vazifalar ijrosi hamda davlatimiz rahbarining O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrda bo'lib o'tgan qo'shma majlisidagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da ilgari surilgan g'oyalarni ro'yobga chiqarish borasida amalga oshirilgan izchil islohotlar tufayli erishildi.

to`liq
Orzular ro'yobiga xizmat qilish saodati
09.01.2012 10:27 / 19 marta o`qilgan

Kuchli iqtisodiy salohiyatga ega Toshkent viloyatining mamlakatimiz taraqqiyotidagi ulushini yuksaltirishda yoshlarning ham alohida o'rni bor. Shu bois tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent viloyat kengashi faoliyatida ayni jihatga alohida e`tibor qaratiladi.

to`liq
Mustahkam oila - jamiyat tayanchi
03.01.2012 16:55 / 36 marta o`qilgan

Yaqinda O'zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy Kengashi «Ayollar qanoti» va O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamkorligida kirib kelayotgan 2012 yilning mamlakatimizda «Mustahkam oila yili» deb e`lon qilinishi munosabati bilan «Mustahkam oila - jamiyat tayanchi» mavzusida tadbir o'tkazildi.

to`liq
Siyosiy va huquqiy madaniyat: o'zaro ta`sir jarayonida bir-birini to'ldirib, boyitib boraveradi
18.12.2011 19:33 / 19 marta o`qilgan

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»ga bag'ishlangan dasturiy ma`ruzasida mamlakatimizning istiqboldagi taraqqiyotini o'zida aks ettiruvchi qator vazifalarni belgilab bergan edi. Xususan, ma`ruzada: «Jamiyatning demokratiya yo'lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati, ko'p jihatdan, odamlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasiga bog'liqdir. Yuksak huquqiy madaniyat - demokratik jamiyat poydevori va huquqiy tizimning yetuklik ko'rsatkichidir. Shu munosabat bilan, bugungi siyosiy-huquqiy voqealikni hisobga olgan holda, mamlakatimizda huquqiy ta`lim va ma`rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar targ'ibotini tubdan yaxshilashga yo'naltirilgan maqsadli keng ko'lamli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish zarur. Ushbu dasturning amalga oshirilishi aholining inson huquq va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lishi, fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg'usining yanada ortishini ta`minlaydi», - deb qayd etib o'tgan edi.

to`liq
Elektorat manfaatlari doimiy e`tiborda
18.12.2011 19:05 / 12 marta o`qilgan

Ma`lumki, O'zbekiston xalq demokratik partiyasi ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni o'zining doimiy elektorati deb biladi. Binobarin, partiyaning harakat va saylovoldi dasturlarida ham ayni jihat alohida ustuvorlik kasb etgan. Shu bois partiya Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Konsepsiyani hayotga izchil tatbiq etishda o'z amaliy ishtirokini kuchaytirish, «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturi, qolaversa, partiyaning dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, 2011 yil davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o'rinlarini yaratishga bag'ishlangan iqtisodiy forumlarni o'tkazib kelmoqda.

to`liq
Qonun loyihalari - jamoatchilik muhokamasida
18.12.2011 18:39 / 16 marta o`qilgan

Davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi jamiyatimizning bugungi va kelgusi taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi dasturilamaldir. Konsepsiyada ilgari surilgan qonunchilik tashabbuslari bugungi tezkor davr talab etayotgan o'ziga xos ehtiyoj va zaruratning hosilasi hamda 20 yil ichida mamlakatimizda bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinayotgan izchil islohotlarning mantiqiy davomidir.

to`liq
Faollik va tashabbuskorlik tadbiri
24.11.2011 22:22 / 35 marta o`qilgan
Yurtimizda istiqlol yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarni bilimli, zakovatli, yetuk, har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish yo'lida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
to`liq
Ortga nazar - kelajakka nigoh
21.10.2011 01:59 / 28 marta o`qilgan
Kuni kecha O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining V plenumi bo'lib o'tdi. Unda Partiya doimiy elektorati manfaatlaridan kelib chiqqan holda O'zXDP tashkilotlari va deputatlik guruhlarining Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirishdagi amaliy ishtiroki samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi
to`liq
Faollik va tashabbuskorlik bahsi
30.09.2011 13:43 / 34 marta o`qilgan

Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlashga alohida e`tibor qaratilmoqda. Bu borada ularning turli sohalarga oid bilim  va ko'nimasini yuksaltirish, mahoratini namoyish etishga qaratilgan madaniy-ma`rifiy tadbirlarning ham munosib o'rni bor.  O'zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo'mitasi  tomonidan har yili an`anaviy tarzda  o'tkazib kelinayotgan «Donolik va tashabbuskorlik - siyosiy yetakchilik mezoni» ko'rik-tanlovi ham ana shu maqsadlarga yo'naltirilganligi bilan ahamiyatlidir.

to`liq

Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14