Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

Sport
Ikki o'yindan to'rt ochko
09.09.2011 00:22

Ma`lumki, 2014 yili Braziliyada futbol bo'yicha jahon chempionatida qatnashish uchun o'tkazilayotgan Osiyo qit`asi saralash musobaqasining uchinchi bosqichi doirasidagi dastlabki tur o'yinni yurtdoshlarimiz 2 sentyabr kuni Tojikiston milliy terma jamoasiga qarshi o'tkazib, g'alabaga erishgan edi. 6 sentyabr kuni "Paxtakor" markaziy stadionida bo'lib o'tgan O'zbekiston va Yaponiya milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda esa durrang natija qayd etildi.

Aytish joizki, birinchi o'yinlarida g'alabaga erishgan har ikkala terma jamoa o'rtasida o'tgan ikkinchi tur uchrashuvi keskin va murosasiz kurashlar ostida o'tdi. Uchrashuvning 8-daqiqasida terma jamoamiz sardori Server Jeparov hisobni ochdi. Uchrashuvning ikkinchi bo'limi 65-daqiqasida Shinji Okazakining bosh bilan bergan zarbasi evaziga hisob tenglashdi. Shundan so'ng har ikki terma jamoa a`zolari ko'plab xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirgan bo'lsalar-da, hisob o'zgarmadi.

"C" guruhidagi ikkinchi uchrashuvda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi futbolchilari o'z maydonida Tojikiston milliy terma jamoasini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, dastlabki uch ochkoni qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvni 11 oktyabr kuni safarda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi futbolchilariga qarshi o'tkazadi.

 

53 marta o`qilgan